166
8.4. Loyihadagi o’zgarishlarni boshqarish. Loyiha bo’yicha ishlarni
monitoringi
Loyihaning vaqti va bahosi bo’yicha bajarilishini solishtiruvchi ko’rsatkichlar
tizimi ishlab chiqilganki, bu loyihaning amalga oshirilayotganligi xaqida
umumlashtirilgan ko’rsatkichlarga ega bo’lish mumkin. Rahbarlikning xar qanday
darajasi uchun bu ko’rsatkichlar, tegishli hisobotlar, grafiklar EHM yordamida
hisoblab chiqilishi va chizib berilishi mumkin.
Loyihaning amalga oshirilish ko’rsatkichlarini baholash uchun haqiqiy
bajarilgan ishlar hajmi o’lchanishi zarur. Tasavvur qilaylikki, mazkur ishni
bajaruvchi jamoa, uni bajarish davrida o’zgarishsiz qoladi va bu jamoaning ish
unumdorligi doimiy, amalda bajarilgan ish vaqtga mutanosib. Shuni yodda tutish
kerakki, mutanosiblik xaqidagi taxmin ishning davomiyligi uning hajmi asosida va
jamoaning kerakli nufuzidagi holat uchun yaroqlidir. Bu holda ish hajmini bevosita
o’lchash o’rniga uning rejadagi va amaldagi boshlanishi va tugash paytlar nisbati
bilan tavsiflanadi.
Rejadagi xarajatlarni mehnat manbalari, uskunalar va materiallarni barcha
ishlar ro’yxati bo’yicha aniqlash mumkin. Mehnat va uskunalar harajati odatda ishlar
davomiyligi bo’yicha chiziqli tarzda taqsimlanadi. Materiallar asta-sekin ehtiyojga
qarab sarflanadi, tegishli harajatlar ob’ektlar yoki ish turlari bo’yicha hisoblanadi.
Loyihaga samarali o’zgarishlar kiritish
Sozlanish jarayoni;
Monitoring va tezkor axborotning tayyorlanishi;
Modellarni yangilash;
Shaxobchali modellarni hisoblash va taqvimiy rejani ro’yobga chiqarish.
Yangi reja bo’yicha ish grafigining tahlili uni amalga oshirish bo’yicha
yechimlar tayyorlash;
Tezkor rejalar ishlab chiqish va uni ijrochilarga yetkazish;
Loyihani amalga oshirishning borishini sozlanishining asosiy vazifalari
tarkibiga quyidagilar kiradi: amaldagi ish bajarilishi bo’yicha nazorat, rejali
167
topshiriqlardan chetga chiqishni aniqlash va tahlil qilish, loyihaning qo’yilgan
maqsadlariga erishishni o’z vaqtida va samarali ta’minlanishi uchun sozlash va
tashkiliy texnologik, iqtisodiy va texnikaviy yechimlarni amalga oshirish.
Sozlash jarayoni. Sozlash jarayoni ushbu tamoyillarning qabul qilingan
davriylik (sutka, hafta, o’n kunlik, oy) bilan qaytarishdan iborat:
- majmua holati xaqida tezkor axborot to’plash va tayyorlash va uni loyiha
rahbariyatiga yetkazish;
- modellarni yangilash va ularni hisoblash (qayta hisoblash) ma’lumotlar
tayyorlash;
- shaxobchali modellarni hisoblash (qayta hisoblash) va taqvimiy rejalarni
ro’yobga chiqarish;
- majmuaviy ishlar amaldagi holatini tahlil qilish va uning bundan keyingi
amalga oshirishi bo’yicha yechimlar tayyorlash;
- majmuaviy ishlarning bundan keyingi amalga oshirilishi bo’yicha muxokama
o’tkazish va yechimlar qabul qilish;
- tezkor taqvimiy rejalar (yil choraklari, oylik, xaftalik-sutkalik va b.q.) ishlab
chiqish va ma’sul ijrochilar va tegishli darajadagi raxbarlarga yetkazish.
Tezkor axborot tayyorlash ishlarniig borishi va uning dastlabki tafsilotlari
o’zgarishi kutilganda, lekin, bajarilishi zarur bo’lgani haqida barcha tezkor axborot
ma’sul ijrochi tomonidan (raxbarlari yoki tegishli xizmatlar) loyiha komandasiga
taqdim etiladi.
Bu axborot shahobchali modelni hisoblash va tahlil qilish uchun tezkor kirish
axborotning muhim tarkibiy qismi bo’lib, shuningdek, me’yoriy ma’lumot manbasini
sozlashga xizmat qiladi, quyidagi ma’lumot turlarida bo’ladi:
- bajarilayotgan ishlar holatini baholash;
- kelgusidagi ishlar dastlabki baholarni aniqlash;
- ishlar (voqealar)ning boshlang’ich tarkibiga o’zgartirish;
- shaxobchali modelga yangi ish va tafsilotlarni kiritish;
- modellardan avval mo’ljallangan ish va tafsilotlarni chiqarish;
- ishning (davomiyligi, muddati, mehnat talabligi va b.q.) xaqiqiy
168
parametrlarini -to’plash, rejadan og’ish sabablari va b.q.
Tezkor axborot majmuasini yaxlitligidan parametrlarining o’zgarishi xaqida
ma’lumotlarni o’ziga jamlashi kerak: majmua yoki uning aloxida davrlari ko’rsatmali
tugallanishi muddatlarini, turli xil manbaning miqdori yoki foydalanish talablarini
chegaralish va sh.k.
Odatda kutilmagan hodisalar natijasida loyihni amalga oshirishdagi davomiylik
rejalashtirilganda farqlanishi mumkin. Shundan ko’ra xaqiqiy qymat harajatlari
bahosidan farqlanishi mumkin. Bundan tashqari ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab
chiqarilgan loyihaga bu vaqt oralig’ida talablar o’zgaradi. Shunday qilib loyihaning
boshlang’ich rejasi ayrim omillar ta’siri natijasida ya’ni:
- loyiha muddatining o’zgartirilishi;
- qiymat materiallarini qayta ko’rib chiqish;
- loyihaning texnik shartlarini o’zgartirish;
- boshqarish siyosatini o’zgartirish;
- ish bajarish uslubini o’zgartirish;
- talablarning o’zgarishi;
- ish davomiyligini baholashdagi qayta ko’rib chiqish;
- ishlar o’rtasidagi aloqalarning noto’g’ri rejalashtirish;
- ta’minotchilar yoki pudratchilarning qo’yilmalarini muhlatining tugatilishi;
- operatsiyalar uchun talab qilingan resurslarni qayta ko’rib chiqish;
- resurslarni boshlang’ich reja asosida foydalanishning imkoniyati yo’qligi;
- kutilmagan texnik qiyinchiliklar;
- kutilmagan tashqi shartlar (yomon ob-havo namoyishi)
- iqtisodiy konyunktura o’zgarishi.
Loyihani boshqaruvchi vujudga keladigan o’zgarishlarga e’tiborli bo’lish
lozim, oxirgi natijalarga ta’sirini to’g’ri baholay olishi, harajatlar hamda natijalarni
tahlil qilishi kerak.
O’zgarishlar quyidagilarga ta’sir etadi:
- loyiha bahosi va samarasiga;
- loyihaning turli muddati va davomiyligiga;
169
- loyiha qiymati va byudjetiga;
-bajarilgan
ishlarning
sifatiga
va
natijalarga
bo’lgan
talabning
spetsifikatsiyasiga;
Loyihaga o’zgarishlarning kiritilishi quyidagilarni tahlil qiladi:
- qo’shimcha harajatlarni vujudga kelishi;
- loyihani amalga oshirilishining rejali muddatining buzilishi;
- loyihaning natijasi va talab qilinayotgan sifatiga erishish imkoniyatining
yo’qligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |