Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


 Loyihani nazorat qilish va tartibga solish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

8.3. Loyihani nazorat qilish va tartibga solish 
Nazorat shunday jarayonki, bunda loyiha rahbari undagi qo’yilgan maqsadlar 
ro’yobga chiqishini, shuning yurishiga to’siq bo’luvchi sabablarni belgilaydi, loyiha 
bajarilishiga zarar kelishidan oldin (muddatlar kechikishi, ishlatilayotgan mablag’lar, 
baholarning mo’ljaldan oshib ketishi, sifatning pasayishi va b.k.), topshiriqlarning 
bajarilishini izga solishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilinishini asoslaydi. 
Agar reja, smetalarning ba’zi parametrlari mo’ljaldagi ko’rsatkichlardan oshib ketsa, 
nazorat loyiha rahbari ularga o’zgartirishlar kiritish imkonini beradi.
Loyihaning amalga oshirilishini maromidan chiqaruvchi ham tashqi va ham 
ichki omillar ta’sir
qiladi.
Bu esa hisoblangan (vaqtinchalik va narxiy) 
parametrlarning o’zgarishiga olib keladi. 
Loyiha atrofidagi o’zgaruvchan muhit mavjudligi tufayli rahbarlarda ishlar 
bajarilishi yo’nalishiga o’z vaqtida o’zgartishlar kiritish bo’yicha choralar ko’rish va 
qo’l ostidagilarga buni asoslab berishga imkoni bo’lmay qolishi mumkin.


161 
Bunday sharoitda qo’yilgan maqsadlarga erishishning muhim vositalaridan biri 
loyihaning oshirilishini nazorat qilishdir. Nazorat shunday jarayonki, uning 
ko’magida loyihachi - menejer o’z qarorlarining to’g’riligini, loyiha qanday amalga 
(muddatli, bahosi, mablag’lari bo’yicha) oshirilayotganligi, o’zgartirish kiritish 
zarurligini belgilaydi. 
Nazorat 
vazifalari.
Nazorat 
vazifalari 
quyidagilardan 
iborat-loyiha 
bajarishning holati haqida zarur ma’lumotlarni olib, ularni rejadagi ko’rsatkichlar 
bilan taqqoslash va rejadan chetga chiqishni belgilash natijasida bitim tuzish xaqida 
signal deb nomlangan ishlanma tayyorlanadi. Nazorat ushbularni ta’minlashi zarur: 
- monitoringni (loyiha amalga oshirilishining barcha jarayonlarni muntazam va 
rejali ko’zatish); 
- taqvimiy rejalarda, byudjetlarda, mehnat ashyoviy, moliyaviy me’yoriy 
harajatlarga hisobiy ehtiyojlarda jamlangan qator kriteriy va cheklovlar yordamida 
loyiha amalga oshirilish maqsadlaridan chetlashishlarni aniqlashni; 
- yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bashoratini;
 
- loyihaga o’zgartirish kiritish bo’yicha qarorni zaruratini asoslashni. 
Loyihaning ro’yobga chiqishi borasida raxbarlar uning ishga tushirilishini 
doimo nazorat qilishadi. Ular loyiha bo’yicha qilingan ishlar va uning rejaga mos 
kelishini ko’rib chiqib, ular orasida jiddiy tafovut yo’qligini aniqlashadi. Loyiha 
boshqaruvida bu tafovutlar chetga chiqish deb ataladi. Afsuski, chetga chiqish 
ko’pchilik hollarda ro’y beradi. Bizlar hozircha bashorat san’atini mukammal 
egallamaganmizki, kelajakda nima yuz berishini aniq tasavvur qila olmaymiz, kelajak 
bizning tasavvurimizda mavxum tutun xolida ekan, bizning loyiha rejalarimiz 
nomukammal bo’lib qolaveradi. 
Chetga chiqish darajasi chetga chiqishning maqbul darajalari loyiha 
boshlanishidan aniqlanishi zarur. Masalan, tipovoy qurilish loyihasida maqbul chetga 
chiqish darajasi oz, chunki quruvchi katta ish tajribasiga ega bo’lib, qanday 
qilinganda ishni muddatida va sifatli bajarish mumkinligini biladi. Bundan tashqari 
uylar ma’lum bir narxga quriladi (ya’ni quruvchilar o’z xizmatini ma’lum bir bahoga 
oldindan sotishga rozilik berishadi). Agar chetga chiqish harajatlar bo’yicha juda 


162 
ko’payib ketsa, jiddiy serharajatlarga olib kelib, quruvchilar zarar ko’rishadi. 
Shunday qilib, quruvchilar loyihadan chetga chiqishni past darajada tutishga 
qiziqishadi. 
Tadqiqot loyihasida maqbul chetga chiqishlar ancha ko’p, masalan, 20 % 
chamasini tashkil etishi mumkin. Tadqiqotlar o’zida ma’lum ulush noaniqlikka ega 
bo’lgani tufayli, izlanishlar rejasi so’zsiz taxminiy bo’ladi. Bizlar o’z tadqiqotlarimiz 
natijasi to’g’risida eng taxminiy tasavvurga ega bo’lgan xolda, ish yakuni dastlabki 
takliflarimizdan katta chetga chiqishlar bo’lishiga ko’nikishimiz zarur. 
Nazorat jarayoni asosida loyihaning surilishi xaqida ma’lumot to’plash va 
ko’rib chiqish yotadi. Bunday axborot mavjud bo’lgan xolda loyiha raxbarlarida 
navbatdagi xarakatlar va quriladigan choralarni tanlash imkoniyati bo’ladi. Masalan, 
grafikdagi rejadan orqada qolish maqbul chegaradan oshib ketsa, ular ma’lum sonli 
juda zarur topshiriqlarni bajarilishini tezlashtirishga qaror qilib, zarur qo’shimcha 
hajmdagi mablag’ ajratishi mumkin. Agar ma’lum guruh topshiriqlarda ularning 
xodimlari rejadagidan 40 % kam mablag’ sarflashganini aniqlashsa, raxbarlar so’zsiz 
bu chetga chiqishni taftish qilinishiga qaror qilishadi, zero mablag’ tejalishi 
ko’pincha ma’lum ishlar umuman bajarilayotganidan yoki ishda 
«
burchaklar 
kesilayotgan» idan dalolat beradi. 
Nazoratni boshqaruv faoliyati sifatida hisob va statistik nazorat bilan 
aralashtirish to’g’ri emas, shu bilan birga hisobot va statistika organlari amaliyot 
uchun muhim masalalarni xal qiladi. 
Hisob kuzatish, o’lchash, qayd etish, saqlash, ma’lumotlarga ishlov berish 
bilan cheklanadi. Hisoblash vazifasiga u yoki bu kriteriylar bo’yicha chetga chiqishga 
baho berish kirmaydi. 
Nazoratning mavzusi dalillar va voqealar, muayyan qarorlarning bajarilishini 
tekshirish, chetga chiqish sabablarini oydinlashtirish, axvolni baholash, oqibatlarni 
bashorat qilish. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish