Uchinchi shaxslar
– fuqarolik huquqida, bevosita fuqarolik huquqiy
munosabatlarida ishtirok etmaydigan, lekin, vujudga kelgan huquqiy munosabatda
muayyan darajada huquq va majburiyat tug’diradigan sub’ektlar.
Faktoring
(ingl. factor – agent, vositachi) – kichik va o’rta firma (mijoz)larga
tijorat banklari va ularning sho’’ba faktor-firmalari tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy
xizmatlar turi. 16-17-asrlarda savdo vositachilari tomonidan amaliyotga kiritilgan,
keyinchalik mijozga aylanma kapital uchun kredit berishning bir turiga aylandi.
Faktoringda faktor-firma mijoz (tovar etkazib beruvchi)lardan qarzdorlarning qisqa
muddatli qarzlarini undirish huquqini sotib oladi va firmalarning qarzlarini
(majburiyatlarini) mijozga to’laydi, ya’ni qarzni qaytarish muddatidan oldin uning 70-90
%ini mijozga qaytaradi, qarzning qolgan qismi, foizlar chegirilgan holda qarzdorlar
faktor-firma oldidagi o’z qarzini batamom uzganidan keyin qaytariladi. Faktoringda
mijoz o’zining qarzdorlaridan qarzni undirish huquqini faktor-firmaga o’tkazadi.
Ayniqsa, G’arb davlatlarining iqtisodiy amaliyotida keng qo’llaniladi. Faktoring
283
bo’yicha kreditlar muddati 90–120 kun atrofida, kredit foizlari rasmiy bank stavkasidan
yuqori turadi.
Faza
(yun. phasis – paydo bo’lish) – biror jarayonning taraqqiyot yo’lidagi
davr.
Fan-texnika taraqqiyoti
– fan bilan texnikaning o’zaro bog’liq, yagona,
ilgarilab boruvchi taraqqiyoti.
Fermer xo’jaligi
– xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan erda qishloq
xo’jaligi mahsuloti etishtirish bilan shug’ullanadigan xo’jalik (yuridik shaxs).
Firma
– (ital. firma – imzo) – korxona, kompaniya, xo’jalik va tijorat
tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va
boshqalarga ko’ra xilma-xil firmalar bor.
Foyda
– tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni
ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortgan qismi. Korxonalar va tadbirkorlar
xo’jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri. Foyda pulda
ifodalanadi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi
tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda
topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining
rivojlanishini ta’minlaydi.
Fond birjasi
– qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalar oldi-sotdi
qilinadigan birja. Fond birjasining asosiy vazifalari: bo’sh turgan pul va qimmatli
qog’ozlarni sotishni tashkil etish orqali jamg’arilgan pul kapitalini safarbar etish va
to’plash; xususiy xo’jalik sub’ektlari va davlat investitsiyalarini ularning qimmatli
qog’ozlari xaridini tashkil etish yo’li bilan moliyalashtirish; qimmatli qog’ozlarning
yuqori darajadagi likvidligini, ya’ni qimmatli qog’oz egalari uchun yo’qotishlarsiz
tezda pul mablag’lariga aylanishini ta’minlash.
Fond bozori
, qimmatli qog’ozlar bozori – moliya bozorining qimmatli
qog’ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug’ullanadigan sohasi. Fond
bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, ya’ni kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablag’larini to’plash hamda
taqsimlash; qimmatli qog’ozlar paketlaridan foydalangan holda mulk egaligini
284
o’zgartirish; qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi yo’li bilan bozorni qayta taqsimlash;
qimmatli qog’ozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirish va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |