To‘lov talabnomasi hisob-kitob hujjati bulib, Mol yetkazib beruvchi yuk jo‘natuvchi va
vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi
talabini o‘z ichiga oladi. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O‘zbekiston
Respublikasi xukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va vlarni ta’minlash
zaruratidan kelib chiqib belgilanadi. To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni
oluvchi unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkassa uchun to‘lovchiidan muayyan summani bank orqali
to‘lash talab qilingan hisob-kitob hujjatiniim etadi. To‘lovchilarning aktseptli yoki aktseptsiz talabli
hisob-kitoblari korxona o‘rtasida yuklab junatilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilganatlar uchun, boshqa to‘lovlar bo‘yicha esa - amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko‘zda
tutilgan hollarda kullanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy hujjat,
shartnoma bandiga, albatta, xavola qilinishi kerak.
Olingan aktsept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aktsept muddati tugagan kunning
ertasiga tulanadi. To‘lovchi unga xizmat ko‘rsatadigan bank muassasasiga mazkur muassasasi
talabnomani olgan kundan sung 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunini Hisobga olmaganda,
aktseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish xuquqiga egadir. Zarurat tug‘ilganda korxonaning so‘roviga
binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aktsepti muddatiini 10 kunga qadar o‘zaytirishi mumkin.
Bank tomonidan 10 kun mobaynida rozilik (aktsepti) olinmagan takdirda bunday talabnomalar bank
muassasasiga kaytarilib, hujjat aktseptlanmagani ko‘rsatiladi. Aktseptdan voz kechishlarni qabul qilish
huquqi berilgan mansabdor shaxslar doirasi bank rahbari tomonidan belgilanadi. .
Inkassa topshiriqnomalariga binoan to‘lovlar hisobi korxonalar hisobvaraq -
laridagi mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan uchirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi: byudjetga
to‘lovlar bo‘yicha , jarimalarni undirishda va mablag‘larni hisobdan o‘chirishning so‘zsiz tartibi
belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning farmonlari bo‘yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan
hujjatlar bo‘yicha. Mablag‘larnihisobvaraqlardan so‘zsiz tartibda hisobdan uchirish undiruvchilarning
to‘lov talabnoma-torshiriknomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.