90
7- MA’RUZA. PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI HISOBI
Reja:
1. Pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobining vazifalari
2. Kassa muomalalarini hisobga olish
3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi
4. Banklarda ochilgan maxsus hisobvaraqlarda bajariladigan pul muomala larining hisobi
5.
Valyuta muomalalari hisobi
Tayanch so‘z va iboralar:
pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari, hisob-kitob schyoti, kassa
kirim va chiqim orderlari, valyuta muomalalari hisobi, avans hisoboti, to’lov topshiriqnomasi, bank
ko’chirmasi, bank korporativ plastik kartochkasi
Iqtisodiy kategoriyaga amal qiluvchi har bir mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul
bulib, bozor iqtisodiyotiga utish va unda ish yuritishda uning urni va axamiyati yanada oshib boradi.
Darhaqikat, pul - «bozor tili» deb bejiz aytilmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar
bahosi, to‘lovlar, daromad va harajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va
mikro darajada faqat pulda ifoda qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlanishi jarayonida
shartnomaviy asoslari mehnat vositalari va kreditlarini harid qilish, mah-sulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish
bobida bitimlar to‘zayotgan korxonalar o‘rtasida muno-Mbatlar kengayib bormokda. Bundan tashqari,
byudjet, banklar, sugurta organlari, turli lsamoat tashkilotlari, xayriya fondlari, bevosita xodimlar va
xokazolar bilan to‘lov m)'omalalari amalga oshirilmokda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va
fukarolarnnng goyatda keng va xilmaxil doirasi bilan amaliy alokalar korxona xo‘jalik faoliyatining
muntazam va obyektiv jixdtdan mukarrar belgisiga aylanmokda. Korxonalar o‘rtasidagi har xil to‘lovlar
va o‘zaro hisob-kitoblar moddiy, mehnat yoki bevosita pul munosabatlari asosida paydo bo‘lishi mumkin,
lekin oxirokibatda ular odatda muayyan tomonning foydasiga pul qarzi tusini olgan mulkiy majburiyat
kurinishida namoyon bo‘ladi.
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag‘lari, xoh u o‘z mablagi bulsin, xoh qarzga
olingan bulsin, kassada saklanuvchi pul qoldiklari va oborotda foyda-laniladigan tushumning bir
kismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida sakla-nishi lozim. Bank korxonaning
hisobvaraqlaridan pulni o‘tkazish va berish to‘g‘risidagi chamda bank qoidalari va bank bilan korxona
o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa muomalalarni o‘tkazish haqidagi farmoyishlarini
bajaradi. Hisob-kitobschyotidan to‘lovlar Mol yetkazib beruvchilardan olingan material va asosyy
vositalar uchun, byudjet va sug‘urtaga bo‘lgan qarzlarini to‘lash uchun, ish haki berish uchun kassaga pul
mablag‘lari olinishi va boshqa maksadlar uchun amalga oshiriladi. Dar bir to‘lov korxona bilan, ya’ni
hisob-kitob egasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi, lekin quyidagi xrllarda bank korxonaning
hisob-kitob schyotidan mablag‘larni boshqa tashkilotlar hujjatlari asosida echib oladi: moliya
organlarining buyruklari asosida, agar soliqlarning to‘lash muddati utib ketgan bo‘lsa; kreditdan
foydalanganlik uchun foiz; bank xizmati uchun va hokazo. Nakd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishda
tomonlarning mas’uliyati har bir ishtirokchi uchun belgilanadi. Masalan, Mol yetkazib beruvchi uchun bu
- shartnomaga va yuklab junatilgan mahsulotga muvofiq amalga oshirilgan pul ekvivalentini o‘z vaqtida
olish, haridor uchun Mol yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlarining bajarilishi.
Shu bilan birga banklar ham mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, mijozlar oldida qabul kilgan
majburiyatlar bajarilmagani uchun moddiy javobgar bo‘ladi; ularning vaznfalari - to‘lov
muomalalarini o‘tkazishning belgilangan qoidalariga qat’iy rioya etilishini amalda ta’minlash,
91
xizmat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi
krnunida ko‘zda tutilgan huquqlarini biron-bir tarzda bo‘zishga va iqtisodiy manfaatlarini
kamsitishga yul kuymaslik uchun qoidalarni qo‘llash amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirish,
ishlab chiqish va to‘lov muomalalarini tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishdir.
Korxonalar tomonidan byudjet va turli fondlar o‘rtasidagi qarzlarni o‘zish pul to‘lov vositasida
amalga oshiriladi. Likvid aktivlar bo‘lgan pul mablag‘lari yordamida korxonalar mablag‘larining pul
shakllari ishlab chiqarish zahiralari, mehnat qurollari va xokazolarga aylantirilishi, pul tushumini
va undan urin olgan sof daromadni olish amalga oshiriladi. Shunday kilyb, to‘lov tizimi va to‘lov
muomalalari mablag‘lar doiraviy oborotini ta’minlashning eng muhim omili bulib maydonga
chiqadi, ularni o‘z vaqtida tugallash esa ishlab chiqarishning uzluksiz jarayonini ta’minlashning zaruriy
sharti bulib xizmat qiladi. To‘lovlar, asosan, naqd pullarni ishlatmasdan, k orxonaning bankda ochgan
hisob-kitob, valyuta yoki boshkd xil hisobvaraqdari orqali yoki navd pullar bilan o‘zaro hisob -
kitoblar kurinishida amalga oshiriladi (naqd pulsiz yoki naqd pulli hisob-kitoblar).
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o‘tkazish korxonalarning o‘zlari belgilagan ish haqd
fondlariga, xizmat safarlari va xo‘jalik harajatlari limitlariga rioz qilishlarini har tomonlama nazorat
kilish, korxonaning davlat byudjeti bilan soliqlar, yigimlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob kilishini, Mol
yetkazib beruvchilarning hisob-varaklari va to‘lov talabnomalariga o‘z vaqtida xaq to‘lashni kuzatib
borish, korxonaga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan ssudalar berish va mazkur
ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini ko‘zatish va xokazolar imkonini beradi.
Bank orqali nakd pulsiz o‘tkazishlar yuli bilan to‘lovlar shakli yordamida nafaqat Mol yetkazib
beruvchilar bilan ulardan kelib tushgan moddiy boyliklar uchun yoki hari dorlar bilan ular sotgan
mahsulotlar, bajargan ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar, balki shuningdek byudjet bilan soliqlar
bo‘yicha, turli xil debitor va kreditorlar, bosh (asosiy) kompaniya yoki birlashma bilan (ichki doiraviy,
ichki xo‘jalik hisob-kitoblar), kasaba uyushma tashkiloti bilan hisob-kitoblar hamda bir kancha boshqa
to‘lovlar amalga oshiriladi.
Pul mablag‘larining nisbatan kichik summalaridan xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha,
hisobot beruvchi shaxslar bilan xizmat safarlari harajatlari, kassa orqali muomala qilinadigan nakd
pullarga harid qilingan yoki sotilgan boyliklar (qimmatliklar) uchun navd pulli hisob-kitoblar kdlishda
foydalaniladi. Pul mablag‘lari barcha hisob-kitoblarda vositachi bo‘lgani sababli, tabiiyki, respublika
xalk xujaligida mab-laglarning bir maromdagi doiraviy aylanishini, bozor iqtisodiyoti sohasida faoliyat
yuritishni ta’minlash uchun barcha o‘zaro to‘lovlar va o‘zaro Hisob-kitoblar to‘g‘ri va o‘z vaqtida
bajarilishi zarur. O‘z navbatida, pul mablag‘lari, to‘lov, Hisob-kitob va kredit muomalalarini o‘z vaqtida
hamda samarali amalga oshirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Korxonaning moliya buxgalteriyasi, odatda, barcha to‘lov va hisob-kitob muomalalari
ni bajaradi, moliyaviy, to‘lov, Hisob-kitob va kredit muomala-lari hisobini, ushbu muo-
malalarni qonunlarga muvofiq o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish
ustidan nazoratni
amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag‘lari bilan birgalikda kisqa
muddatli
investitsiyalar
katta
ahamiyatiga
egadir.
Mamlakatimizda
investitsion
muhitni
barpo
etish
hamda
investitsion
faoliyatni
rivojlantirish
ishlari
amalga
oshirilayotgan
vaqtda
qisqa
muddatli
investitsiyalarning
iqtisodiyotdagi
urni
yanada
oshadi.
Iqtisodiy
tizimda pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning amal qilishini
tartibga solish va takomillashtirish, eng avvalo, ularning hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks
ettirilishiga bog‘liqdir.Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag‘lari va qisqa muddatla investitsiyalarni
hisobga olish bobida quyidagi asosiy vazifalar turadi.
-korxonaning pul mablag‘larini samarali bonshcharish maksadlari uchun zarur axborot bilan
ta’minlash;
Mazkur sharoitlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan naqd pulsiz
o‘tkazishlar hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
92
-hisob registrlarida to‘lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag‘larining mavjudligi hamda
harakatini to‘liq va tezkor aks ettirish, zero korxona pul mablag‘larining korxona amaliy faoliyatining
asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi; mablag‘laridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va
smetalarga muvofiq amaldagi qoidalarigarioya qilish;
-pul mablag‘lari va o‘zaro hisob-kitoblar holatining inventarizatsiyasini tashkil belgilangan
muddatlarda o‘tkazish;
-kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar mavjudligi va
butligini nazorat qilish;
-pul resurslarining xdrakat okimini prognozlash va pul mablag‘larining harakati makbul holga
keltirishni tartibga solish bo‘yicha tegishli boshqaruv Qarorlarini muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq
muomalalarni o‘z vaqtida hisobga olishni talab etadi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot pul qanday yig’ilgani va qanday ishlatilganini ko’rsatuvchi hisobot
hisoblanadi. Quyidagi uchta omil pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni
ko’rsatadi:
1.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladigan daromad/xarajat yoki foyda/zarar
biznesning iqtisodiy holati to’g’risida to’liq ma’lumot bermaydi, sababi moliyaviy natijalar to’g’risidagi
hisobotda pul ko’rinishida bo’lmagan birliklar ham aks ettiriladi. Masalan: eskirish, aktivlarning chiqib
ketishi, pul kp’rinishida bo’lmagan dividendlar va kelgusi davr xarajatlari, dragumon qarzlar va boshqalar.
2.
Inventarlarni sotib olishga sarflangan pullar yoki yig’ib olinishi kechiktirilgan qarzlar savdo, foyda
va inventar hajmini oshirib ko’rsatadi, aslida esa mavjud bo’lgan pul ehtiyoylarni qondirishga yetmasligi
mumkin.
3.
Ko’pchilik bizneslarda jamg’arilib boriladigan schotlardan keng qo’llaniladi. Jamg’arilgan
daromadlar va xarjatlar ustida to’g’irlashlar olib borish kerak bo’ladi. Bu vaziyatda kompaniyalar bankdan
qarz olish yoki aktsiyalari qiymatini oshirish maqsadida foydasini oshirib ko’rsatishi mumkin.
Yuqoridagi uchta omil biznesni korxananing aniq va to’g’ri holatini yoritib berish uchun pul oqimlari
to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga undaydi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni ikki xil usulda tayyorlash mumkin: bilvosita va bevosita.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |