Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

Soddalashtirilgan shakl 
Qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagi 
mezonlar bo‘yicha ajratiladi: 
Ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat 
ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, 
chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar. 
Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni: 
a)
engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel 
sanoati va qurilish materiallari sanoatida - 100 kishidan; 
b)
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishidan; 
c)
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi (sug‘urta kompaniyalaridan 
tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa, ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalarda - 
25 kishidan oshmagan kichik korxonalar. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining xo‘jalik faoliyatlari 
talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotlar kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilik asosida 
belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi. 
Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil qilinishi uchun kichik korxonalar va mikrofirmalar 
korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining namunaviy hisobvaraqlar rejasi 
asosida mablag‘lar va ularning manbalari hisobini asosiy hisobvaraqlarda yuritish imkonini beruvchi va bu 


87 
orqali umuman buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta'minlash imkonini 
beruvchi xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining qisqartirilgan ishchi Rejasini 
tuzish huquqiga egadirlar. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini quyidagi 
talablarga rioya qilgan holda o‘z ishlari mohiyatiga mustaqil ravishda moslashtirib olishlari mumkin: 
-
yagona uslubiyat asosi (ikkiyoqlama yozuv tamoyili)ga; 
-
tahliliy va jamlama hisob ma'lumotlarining o‘zaro bog‘liqligiga; 
-
barcha xo‘jalik operatsiyalarining registrlarda yalpi aks ettirilishiga; 
-
hisobga olishning boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga olishga; xo‘jalik faoliyatini boshqarish va 
nazorat qilish uchun, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlar ma'lumotlarini to‘plash va tizimlashtirishga. 
Buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib barcha xo‘jalik operatsiyalarini boshlang‘ich 
hisob axboroti ma'lum bir moddiy tashuvchilarining to‘liq hujjatlashtirilishi hisoblanadi. 
Hisobga olishning kelgusi bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
- buxgalteriya hisobi registrlarida qo‘llaniladigan boshlang‘ich hisob hujjatlarida keltirilgan 
ma'lumotlarini qayd etish; 
-
moliyaviy hisobotlarni tuzish; 
-
buxgalteriya registrlari ma'lumotlaridan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun zarur bo‘lgan 
axborotni olish uchun foydalanish. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladigan boshlang‘ich 
hujjatlar shakllari mazkur subyekt mohiyatini aks ettiruvchi timsollar qo‘shilgan holdagi tegishli 
namunaviy shakllarida ko‘zda tutilgan majburiy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak. 
Shu tariqa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli chog‘ida registrlarning ikkita turidan 
foydalanilishi mumkin: 
-
xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari; 
-
Tegishli hisobga olish obyektlarining hisobga olish qaydnomalari (C-1-dan C-11-songacha ilovalarga 
binoan). 
Subyektlar o‘z faoliyati mohiyatining talablarini hisobga olgan holda boshlang‘ich hujjatlarning 
taklif etilayotgan shakllariga qo‘shimcha ustunlar va satrlarni kiritish huquqiga egadirlar. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari mablag‘larning mavjudligi va ularning ma'lum bir 
sanaga bo‘lgan manbalari va moliyaviy hisobot tuzishni aniqlash mumkin bo‘lgan tahliliy va jamlama 
hisob registri bo‘lib hisoblanadi. 
Qaydnomalar tahliliy hisob registrlari bo‘lib hisoblanadi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini yo boshlang‘ich hujjatlar ma'lumotlari asosida, yoki 
bo‘lmasa qaydnomalarning yakuniy ma'lumotlari asosida to‘ldirish mumkin. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini qaydnomalar ko‘rinishida, uni operatsiyalar hisobi 
butun hisobot yili davomida yuritiladigan oyga yoki daftar shaklida ochilgan holda, yuritish mumkin. 
Bunda Daftar birma-bir tiqilishi va raqamlangan bo‘lishi kerak. Uning so‘nggi varag‘ida, rahbar va bosh 
buxgalterlarning imzolari bilan, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning muhr izi bilan tasdiqlanuvchi, 
keltirilgan varaqlar soni yozib qo‘yiladi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari har bir mablag‘lar va ular mavjud bo‘lgan manbalar 
turi bo‘yicha hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiqlar summalari yozuvlari bilan ochiladi. Undan so‘ng 
"Operatsiyalar mazmuni" ustunida har bir boshlang‘ich hujjat asosida ushbu oyning barcha xo‘jalik 
operatsiyalari xronologik ketma-ketlilik asosida pozitsion usulda yozib boriladi. Bunda, Daftarda "Nazorat 
summasi" ustunida qayd etilgan har bir operatsiyaga oid summalar ikkiyoqlama yozuv usulida mablag‘lar 
va ularning manbalari muvofiq turlarini hisobga olish hisobvaraqlarining "Debet" va "Kredit" ustunlari 
bo‘yicha bir vaqtning o‘zida aks ettiriladi. 


88 
Barcha hisobvaraqlar debitorlik oborotlarining umumiy yakuni kredit oborotlari umumiy yakuni va 
"Nazorat summasi" yakuniga teng bo‘lishi kerak. 
Xo‘jalik operatsiyalari daftarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun barcha zarur hisobvaraqlar 
keltirilishi mumkin. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat Buxgalteriya balansi - 1-son shakl, Moliyaviy natijalar 
to‘g‘risida hisobot - 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadilar. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish