84
-
Sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi:
-
Buxgalteriya hisobi xo 'j alik j arayonlarini;
-
Nazoratni olib
borish va oylik, choraklik, yillik hisobotlarni tuzishda kerakli ko‘rsatkichlarga
ajratib aks ettirish;
-
Korresondentsiyalanuvchi schyotlar oldindan ko‘rsatilgan hisob registrlari (jurnal-order,
yordamchi vedomostlar)da aks ettiriladi.
-
hisob registrlari bir oy uchun qo‘llaniladi.
Jurnal-order shakl qo‘llanishi natijasida quyidagi imkoniyatlarga aga bo‘linadi:
-
hisob ishlari osonlashadi;
-
xo‘jalik aylanishi tezlashadi;
-
hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsilanishi oqilona tashkil etiladi va oqibat
natijasida hisob ishlari
unumdorligi oshadi;
-
hisob ishlari xarajatlari kamayadi;
-
sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi;
-
hisobot tuzishga tayyorgarlik ishlari engillashadi.
Buxgalteriya hisobining Jurnal-order shaklida sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib
boriladi deb ta'kidlandi. Ba'zi hisob obyektlari bo‘yicha analitik hisob uchun analitik kartochkalar
yuritiladi. Analitik kartochkalar hisob obyektlari miqdori ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan, Asosiy
vositalar analitik hisobi uchun № AV-6a "Asosiy vositalar inventar kartochlari" yuritiladi.
Ishlab
chiqarilayotgan mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida xarajatlar hisobi uchun kartochkalar yoki
yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, guruhlovchi vedomostlar ham yuritiladi. Ushbu analitik hisob
kartochkalari yuritilganda, ular ma'lumotlari asosida aylanma vedomostlar tuziladi.
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan ikki x'isob registri (jurnal-order,
yordamchi qaydnoma) dan tashqari zaruriyat bo‘lsa, yana yordamchi hujjat sifatida maxsus ishlab
chiqilgan jadvallardan ham foydalaniladi.
Sintetik hisob registri - Bosh kitob va boshqa registrlar asosida balans va hisobot boshqa shakllari
tuziladi.
Bosh kitobda xar bir schyot bo‘yicha varaq ajratilib, unda schyotga taalluqli boshlang‘ich qoldiq,
debet oborotlari xar bir mos ravishdagi kreditlanuvchi schyotlar bilan birga, hamda kredit oborot umumiy
summasi, oy ohiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Bosh kitobda aks ettiriladigan schyotlar bo‘yicha ma'lumotlar tegishli jurnal-order, yordamchi
vedomostlardan olinadi.
Demak, jurnal-order ma'lumotlari naqadar to‘g‘ri va aniqligi hisobot tuzish uchun asos
hisoblanuvchi. Bosh kitob ma'lumotlarini ham to‘g‘riligini ta'minlaydi.
Jurnal-orderlar xo‘jalik jarayonlarini sintetik hisobini yuritishga mo‘ljallangan bo‘lib, bir schyot
kreditda va boshqa schyotlar debetlanishi sifatida shaxmat yozuvidan foydalangan holda yuritiladi. Ba'zi
schyotlar, masalan, «Kassa», «hisoblashish» schyotlarini kredit oborotlarini hisobini yuritishga
mo‘ljallangan jurnal-orderlardan tashqari, shu schyotlarning debet oborotlarini hisobga olib boruvchi
yordamchi vedomostlar ham yuritiladi. Savdo korxonalarida tovarlar hisobini yuritishga mo‘ljallangan
«Tovarlar» schyoti bo‘yicha ham xuddi shunday, kredit oboroti hisobi
uchun jurnal-order, debet oboroti
hisobi uchun yordamchi vedomostlardan foydalaniladi.
schyotlar debet oboroti uchun mo‘ljallangan yordamchi vedomostlardagi yozuvlar ham
kreditlanuvchi schyotlar bilan aks ettiriladi, ya'ni shaxmat yozuvi usulida yoziladi.
Shaxmat yozuvi usulini xususiyati shundaki, yozuv bir marta aks ettiriladi.
Ba'zi schyotlar ular iqtisodiy mazmuni jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli, ular hisobi
uchun bitta jurnal-order mo‘ljallangan.
Masalan, «Asosiy vositalar», «Asosiy vositalar eskirishi», schyotlari iqtisodiy mazmuni jihatidan
bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli 13-jurnal-orderdan foydalanilgan holda hisob yuritiladi.
85
Bosh
daftarga esa, xar bir schyot bo‘yicha ajratilgan varaqlarga tegishli ma'lumotlar umumiy
yuritilgan jurnal-orderdan olib yoziladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan
Bosh daftarning xususiyati shundaki, unda schyot ma'lumotlarini bir oyligi emas, balki, bir yil davomida
yozib boriladi.
Bosh kitob jurnal-order ma'lumotlarini umumlashtirish, hisobot shakllarini tuzish uchun xar bir
schyotlar bo‘yicha yozuvlarni to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan.
Bosh daftar schyoti quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
№ ____ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida)
«Bosh kitob» Jurnali ______________ oy 20 ___ yil
M/O bo‘yicha summa №
schyot № schyot № schyot № schyot № Oborot jami
Dt
Kt Dt
Kt Dt
Kt Dt
Kt Dt Kt
kun oy 20 y Boshiga
qoldiq
1
2
Oborot Jami
kun oy 20 y ga
qoldiq
Do'stlaringiz bilan baham: