Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

Xaqqoniy va xolis taqdim.
Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo’jalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag’lari harakati to’g’risida haqqoniy va xolis tasavvur 
yaratishi kerak. 
Tugallanganlik.
Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot yetarlicha 
to’la hajmda taqdim etilishi kerak. 
Izchillik.
Hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o’tkazilib boradi, deb hisoblanadi. 
Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o’zgartirish tamoyilini belgilash 
uchun har xil hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lishlari 
kerak. 
O’z vaqtida taqdim etish.
Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u o’zining 
iqtisodiy ahamiyatini yo’qotadi. Axborotni o’z vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa 
voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo’lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo’lishi mumkin, bu esa uning 
ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum bo’lgunicha kechiktirilsa, 


257 
hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror 
qabul qilishga majbur bo’ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik o’rtasida mutanosiblikka erishish 
maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi 
tarzda qondirish masalasini hal etish kerak. 
Aktivlar, xususiy sarmoya va majburiyatlar buxgalteriya balansida xo’jalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan elementlaridir. Daromadlar va xarajatlar 
faoliyat natijalari to’g’risidagi hisobotda xo’jalik yurituvchi subyektning ko’rsatkichlarini aniqlash bilan 
bevosita bog’liq bo’lgan elementlaridir. Pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot faoliyat 
natijalari va buxgalteriya balansi elementlaridagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotning elementlaridir. 
Aktivlar, majburiyatlar, xususiy sarmoya, rezervlar, daromadlar va xarajatlar moliyaviy holatni 
aniqlash bilan bevosita bog’liq elementlardir. Ular quyidagi tarzda aniqlanadi: 
1. Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi 
faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. 
2. Majburiyatlar – shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayan ishni amalga 
oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to’lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud 
muayan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o’z majburiyatlarini 
bajarishini talab qilishga haqlidir; 
3. Xususiy sarmoya – subyektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir; 
4. Zaxiralar – kelgusida muayan xarajatlarga sarflanishi mumkin bo’lgan xususiy sarmoyaning bir 
qismidir; 
5. Daromadlar – hisobot davrida aktivlarning ko’payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir; 
6. Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko’payishidir; 
7. Moliyaviy natijalar – xo’jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan 
faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish