Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9810, 9820



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

 D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» K-t 9810, 9820. 
Ushbu muomaladan sung 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag‘ida qolgan summa 
korxonaning Hisobot yilida olgan sof foyda (yoki zarar)ini anglatadi va ushbu summa quyidagi 
provodka orqali 8710-«Hisobot davrining taksimlanmagan foydasi 
(koplanmagan zarari)» 
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi: 
-sof foyda summasiga: 
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» 
K-t 8710-«Hisobot davrining taksimlanmagan foydasi (koplanmagan zarari)» 
-zarar summasiga: 


252 
D-t 8710-«Hisobot davrining taksimlanmagan foydasi (koplanmagan zarari)» K-t 9900-«Yakuniy 
moliyaviy natija».
 
7. Moliyaviy hisobotining maqsad va vazifalari 
 
Hisobot – 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, undan faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida 
foydalaniladi.
Hisobot tuzish va taqdim etish “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual 
asos” va 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli BHMS bilan tartibga solinadi. Konseptual 
asos maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat: 
1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi - O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi o’rinlarda BHMS) 
rivojlantirish va ularni qayta ko’rib chiqishda; 
2. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda; 
3. Auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni tayyorlashda; 
4. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda. 
Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun 
uning ta’riflarini o’z ichiga olmaydi. Ushbu konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining 
alohida bir standartini rad etmaydi. 
Ayrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS o’rtasida ziddiyatlar bo’lsa, - BHMSning talablari 
konseptual asos talablaridan ustun kelsa, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab 
chiqishda ushbu konseptual asosga amal qiladi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini 
ko’radi. 
Konseptual asos buxgalteriya standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda O’zbekisgon 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko’rib chiqiladi. 
Quyidagilar ushbu konseptual asosning asosiy jihatlaridir: 
1. Moliyaviy hisobotning maqsadi; 
2. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tamoyillari; 
3. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini ta’riflash, e’tirof etish va o’lchash. 
Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan birlashtirilgan moliyaviy hisobotga aloqadordir. 
Moliyaviy hisobot foydalanuvchilar keng doirasining axborotga bo’lgan talabini qondirish uchun tuziladi 
va vaqti-vaqti bilan taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot ko’pchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy 
axborot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo’lganda, moliyaviy hisobotda bor 
bo’lgan axborotga qo’shimcha axborotni talab qilishlari mumkin. 
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. 
Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog’liq bo’lgan izohlar, mo’ljallar va 
tushuntirishlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jug’rofiy hududlarning faoliyat turlari 
to’g’risidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar o’zgarishining moliyaviy natijalarga ta’sirini 
tushuntirib berishi kerak. 
Barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda konseptual 
asosga amal qilishlari kerak. 
Haqiqiy va bo’lg’usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, 
shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor 
foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qaroriga kiradi. Moliyaviy hisobot axborotiga 
ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi: 
1. Berilgan investitsiyalar bilan bog’liq xatarlar munosabati bilan investorlarda. Aksiyadorlar ham 
ular xo’jalik subyektining dividendlarni to’lash qobiliyatini baholashga imkon beradigan va aksiyalarni 


253 
sotib olish, saqlash yoki sotish kerakmi yoki yo’qligini belgilashga ko’maklashadigan axborotdan 
manfaatdordirlar; 
2. O’zlariga tegishli kreditlar va foizlar o’z vaqtida to’lanadimi yoki yo’qmi ekanligini aniqlashga 
imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo’lgan kreditorlarda; 
3. O’zlariga tegishli summa o’z vaqtida to’lanadimi yoki yo’qmi ekanligini aniqlashga imkon 
beradigan axborotdan manfaatdor bo’lgan mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida; 
4. Xo’jalik yurituvchi subyektning uzluksiz faoliyati to’g’risidagi axborotdan manfaatdor bo’lgan 
xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega bo’lsalar yoki mazkur xo’jalik yurituvchi subyektga 
bog’liq bo’lsalar; 
5. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi to’g’risidagi axborotdan 
manfaatdor bo’lgan xodimlarda. Ular ham xo’jalik yurituvchi subyektning o’z ish haqlarini, pensiyalarini 
va keyinchalik ham yollash bo’yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga baho berish imkonini 
yaratadigan axborotdan manfaatdordirlar; 
6. Resurslarning taqsimlanishi va binobarin, subyektlarning faoliyati to’g’risidagi axborotdan 
manfaatdor bo’lgan davlat boshqaruvi organlarida. Ularga ham xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatini 
tartib ga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik 
ma’lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak; 
7. Jamoatchilikda ham, chunki xo’jalik yurituvchi subyektlar mahalliy iqtisodiyotga ko’pgina usullar 
bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo’llab-
quvvatlash bilan katta hissa qo’shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo’nalishlari 
va xo’jalik yurituvchi subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so’nggi yutuqlar to’g’risidagi 
axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi. 
Xo’jalik yurituvchi subyektning rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi va taqdim etilishi uchun 
javobgardir. Rahbar o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida qo’shimcha axborotning shakli va mazmunini 
belgilash huquqiga egadir. Biroq bunday qo’shimcha axborot shakllarini muhokama qilish mazkur 
konseptual asos doirasidan chiqadi. 
Moliyaviy hisobotning maqsadi xo’jalik subyektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy 
ahvolidagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotni taqdim etishdan iborat. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy 
qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo’lgan butun axborotni o’z ichiga olmaydi, chunki 
hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. 
Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni saqlaydi: 
1. Investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; 
2. Xo’jalik yurituvchi subyektning bo’lg’usi pul oqimiga baho berish; 
3. Xo’jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, 
majburiyatlariga baho berish; 
4. Rahbar organlarning ishiga baho berish. 
Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish harajatlari, xo‘jalik 
mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va 
dividentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va hisobot 
registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini 
bilish uchun bu ma’lumotlar etarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot 
tuzish yo‘li bilan erishiladi. 
Hisobotning asosiy vazifasi mahsulotning sifati va assortimentini oshirish, «Nou - Xau» va boshqa 
tadbirlar ishlab chiqish hisobiga korxona faoliyatini o‘sish va rivojlanish rezervlarini qidirib topish va 
bozorda barqarorligini ta’minlash bo‘lib hisoblanadi. Hisobot ma’lumotlari bo‘yicha rahbar mulkdorlar va 
ta’sischilar va boshqa boshqaruv va nazorat tizimi (banklar, moliyaviy organlar) yuqori va hukumat rasmiy 
va boshqaruv orgnalari oldida hisobot beradi. 


254 
Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali korxonalardan tashqari) 
majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: 

ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar, 
ta’sischilar); 

davlat soliq inspektsiyasiga (bir nusxa); 

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini ayrim tomonlarini 
tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa davlat organlariga. 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan: - barcha korxona 
va muassasalar uchun hisobot yili 1 yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 
- yangi tashkil etigan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo‘lib, ular yuridik 
huquqqa ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 1-oktyabrdan keyin 
tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan tashkil etilgan) korxonalar va ularning strukturaviy bo‘linmalari 
asosida tashkil etilganlardan tashqari korxonlara uchun ularning yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan 
keyin yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan davrni birinchi hisobot yili davri hisoblashga ruxsat beriladi. 
- korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O‘zbekiston Respubilkasi Moliya 
Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar. 
Hisobot rahbar, bosh buxgalter, bashorati korxonaning buxgalteriya hisoboti shartnoma asosida 
ihtisoslashgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, hisob yurituvchi shaxs tomonidan 
imzolanadi. 
Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, korxonaning xo‘jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy 
holati to‘g‘risidagi yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar (birja, haridor, mol yurituvchi va 
boshqalar) uchun ochiq bo‘lib nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil 
auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. 
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar xo’jalik yurituvchi 
subyektning pul mablag’larini ko’paytirish, ularning ko’payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga 
erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat pirovard natijada 
masalan, xo’jalik yurituvchi subyekt o’z xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilariga haq to’lay oladimi, 
foizlarni to’lab turadimi, kreditlarni uza oladimi va daromadni (foydani) taqsimlay oladimi yoki yo’qmi 
ekanini aniqlaydi. 
Foydalanuvchilar pul mablag’larini ko’paytirish qobiliyatini yaxshiroq baholaydilar, agar u xo’jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli faoliyatini va moliyaviy ahvolidagi o’zgarishlarni aks ettiradigan 
axborot bilan ta’minlangan bo’lsa. 
Xo’jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, 
likvidligi, to’lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o’zgarishlariga munosabat bildira olishi xo’jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoliga ta’sir o’tkazadi. Xo’jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib 
turadigan iqtisodiy resurslar haqidagi va uning ana shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati to’g’risidagi 
axborotlar xo’jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag’larini va ularning ekvivalentini 
ko’paytirish imkoniyatini prognozlash uchun zarurdir. Moliyaviy ahvol haqidagi axborot kelgusida 
kreditlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash uchun, shuningdek keladigan daromadlar bilan pul oqimlarini 
xo’jalik yurituvchi subyektning aksiyalariga (payiga) ega bo’lganlar o’rtasida taqsimlashda zarurdir, 
shuningdek xo’jalik yurituvchi subyekt keyinchalik o’zining moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat 
bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun zarurdir. Likvidlik va to’lovga qobiliyat haqidagi axborot xo’jalik 
yurituvchi subyektning moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida to’lay olishini aniqlash uchun zarurdir. 
Likvidlik yaqin kelgusida ana shu davr ichidagi moliyaviy majburiyatlarni to’lash uchun pul mablag’lari 
mavjudligini anglatadi. To’lov qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni o’z vaqtida to’lash uchun pul 
mablag’lari mavjudligini anglatadi. 
Xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko’rsatkichlari, uning rentabelligining o’ziga xos 
xususiyatlari to’g’risidagi axborot iqtisodiy resurslardagi potensial o’zgarishlarni baholash uchun talab 


255 
etiladi. Bunday axborot kelgusida nazoratni amalga oshirishga imkon beradi, shuningdek xo’jalik 
yurituvchi subyektning faoliyatidagi o’zgarishlar haqidagi muhim axborot hamdir. 
Faoliyat haqidagi axborot xo’jalik yurituvchi subyektning mavjud resurslar bazasidan pul 
mablag’lari to’play olishini prognozlash uchun zarurdir, bu esa korxona qo’shimcha resurslarni jalb qilishi 
mumkin bo’lgan samaradorlikka baho berishni shakllantirishda muhimdir. 
Pul oqimlari haqidagi axborot xo’jalik yurituvchi subyektning pul mablag’larini jalb qilish 
qobiliyatiga baho berish uchun zarurdir, bu esa foydalanuvchilarga har xil xo’jalik yurituvchi 
subyektlarining pul oqimlarini baholash va taqqoslash uchun yangi usullar ishlab chiqishga imkon beradi. 
Moliyaviy hisobotlar o’zaro bir-biri bilan boglangandir, chunki ular xo’jalik faoliyatiga doir bir xil 
holatlarning har xil jihatlarini aks ettiradi. Har bir hisobot bitta maqsadga xizmat qilmaydigan va 
foydalanuvchilarning muayan ehtiyojlarini aniqlash uchun zarur bo’lgan butun axborotni bermaydi. 
Masalan, moliyaviy-xo’jalik faoliyatning natijalari to’g’risidagi hisobot, agar undan buxgalterlik balansi va 
pul oqimlari haqidagi hisobot bilan uyg’unlikda foydalanilmasa, faoliyatning butun manzarasini aks 
ettirmaydi. 
Hisobot tamoyillari quyidagilar: 
Hisoblash; 
Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish; 
Uzluksizlik; 
Xo’jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash; 
Ishonchlilik; 
Extiyotkorlik; 
Mazmunining shakldan uzunligi; 
Ko’rsatkichlarning qiyosiyligi; 
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik; 
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi; 
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; 
Tushunarlilik; 
Ahamiyatlilik; 
Jiddiylik; 
Xaqqoniy va xolis taqdim; 
Tugallanganlik; 
Izchillik; 
O’z vaqtida taqdim etish. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish