Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/403
Sana23.04.2022
Hajmi4,65 Mb.
#577350
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   403
Bog'liq
БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ УМК МК,БИ 2021-конвертирован

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


126 
10- MA’RUZA. INVESTITSIYALAR HISOBI 
Reja: 
1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mohiyati va ularni hisobga 
olishning vazifalari. 
2.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni turkumlash va baholash . 
3.
Investitsiyalarni diskontlash. 
4.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar harakatini hisobda aks ettirish. 
 
Tayanch so’z va iboralar:
investitsiyalarning mohiyati, investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga 
ko‘ra turlari, aksiya trlari, investitsiyalarni turkumlash va baholash, investitsiyalarni diskontlash,
investitsiyalar harakatini hisobda aks ettirish
1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mohiyati va ularni hisobga olishning 
vazifalari 
Moliyaviy qo‘yilma – bu korxonaning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun qilgan harajatlari, 
ya’ni pul mablag‘larini qo‘shma korxonalar, aktsioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, 
nomoddiy va boshqa aktivlariga qo‘shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida 
berilgan debitor qarzlardir. 
Muddatiga qarab moliyaviy qo‘yilmalar 2 turga: 
1. qisqa muddatli
2. uzoq muddatliga bo‘linadi.
Bundan tashqari, moliyaviy qo‘yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o‘tkazish qimmatli qog‘ozlarni 
sotib olish maqsadiga bog‘liq.
Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish 
muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo‘yilmalarga kiradi. 
Moliyaviy qo‘yilmalar sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib olingan aksiyalar, turli 
sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo‘yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish 
bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo‘yilmalariga bo‘lgan huquqini 
tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo‘yilmalar mablag‘lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli 
qog‘ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini 
tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to‘lov topshiriqlari kiradi. 
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda fond birjalari mavjudligini alohida e’tirof 
etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda - qimmatli qog‘ozlarni tasarruf etuvchilarni almashishga 
olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa harajatlari tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday 
korxona, aktsioner jamiyati va kredit muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish 
va muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aktsioner 
jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi. 
Aksiya – aktsioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk 
qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aktsioner jamiyatining ustav kapitaliga qo‘shilgan 
mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aktsioner 
jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo‘ladi. 


127 
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aktsioner jamiyatlarining aksiyalarini 
ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga binoan
17
, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega 
bo‘lishi kerak: aktsioner jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – «aksiya», 
uning turi, tartib raqmi, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga 
oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aktsioner jamiyati 
boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav 
kapitalining hajmi. 
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy 
valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi 
mumkin. 
Shaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarga bo‘linadi. Ismi 
yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va 
qanday aksiyalar borligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning 
ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmaydi. Muomala 
nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir. 
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va imtiyozliga bo‘linadi. 
Oddiy aksiyalar aktsioner jamiyatini boshqarishda qatnashish, hisobot davri tugaganda aktsionerlar 
majlisi tomonidan aniqlanadigan miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini 
aniqlash huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aktsioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi, lekin korxona 
o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend 
olish huquqini beradi. Bunday hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan foydalanadi. 
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aktsioner jamiyatiga o‘z mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan ustav 
kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. 
Obligatsiya – uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal qiymatini to‘lash 
majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir. 
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aktsioner jamiyati yoki korxonaning, davlat yoki 
mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi. 
Shaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan, 
foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo‘linadi. 
Obligatsiyalarni har qanday mulk shakliga ega bo‘lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan 
olingan pul faqat korxonani 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish