70
Reja: Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha umumiy ma’lumot. Makaron
mahsulotlarini assortimenti va sifat ko’rsatkichlari. Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishda
qo’llaniladigan asosiy va qo’shimcha xom ashyolar tasnifi. Makaron mahsulotlarini ishlab
chiqarishdagi asosiy jarayonlar. Unli kandolat mahxsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
Makaron mahsulotlarini qadim-qadim zamonlardan boshlab ishlab chiqarilgan: dastlab
tekis ugra ko’rinishida, keyinchalik esa trubkasimon makaronlar ko’rinishida. Ugra
tayyorlashning birinchi ta’rifini yangi eramizning birinchi o’n yilligida tuzilgan, rimlik ovqat
shinavandasi Anichoning kulinariya bo’yicha traktatida uchratish mumkin. Italiyada
makarondan taomlar tayyorlanishning xujjatli eslatmasi XII asr boshlariga to’g’ri keladi.
XIV asr o’rtalarigacha makaron mahsulotlarini uy sharoitlarida tayyorlangan.
Sodda texnikalar bilan makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish stexlari birinchi bo’lib,
XIV asrning oxirlarida Italiyada qurilgan. Makaron va vermishellarni vintlangan yog’ochli
presslarda presslangan, stexlarning ishchi imoratiga o’rnatilgan stellajlardagi ramkalarda
quritilgan.
Makaron sanoatida keyingi katta bosqich bu to’xtovsiz ishlaydigan quritgichlarni tadbiq
qilish bo’ldi va ular asosida shneklangan presslar birligida mexanizastiyalashtirilgan liniyalar
paydo bo’ldi: 1945-1948 yillarda kalta mahsulotlar ishlab chiqarish uchun “Braybanti ”
firmasining (Italiya) birinchi liniyalari, 50-yillarning boshlarida uzun mahsulotlar ishlab
chiqarish uchun “Byuler” firmasining (Shveystariya) birinchi liniyalari. Makaron sanoatining
hozirgi vaqtgacha davom etayotgan keyingi rivojlanishi xamir qorish va shaklga keltirish,
makaron mahsulotlarini quritishining texnika va texnologiyalarini zamonaviylashtirish yo’lidan
bormoqda va mahsulotlar assortimentini (navlarini) kengaytirmokda. Shu ma’nosida xamirga
vakuumli ishlov berish, teflon qo’shimchali matristalarning qo’llanilishi, quritishning yuqori
temperaturali rejimidan foydalanishi, tez pishadigan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik
usullaridan foydalanishni alohida ta’kidlash lozim.
Hozirgi vaqtda makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish, iste’mol qilish va eksport qilish
bo’yicha Italiya birinchi o’rinda turadi: oxirgi o’n yillikda Italiyada makaron mahsulotlarini
ishlab chiqarish o’rtacha yil hisobi 1800 da 2500 ming tonnagacha o’zgarib turadi.
Makaron maxsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha AKSh ikkinchi o’rinda turadi: bir
yilda 1300-1800 ming tonna. Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan
uskunalarga kelsak, bu erda xam Italiya oldingi o’rinda turadi. Ikkita qadimiy italyan firmalari:
“Braybanti” va “Pavon” – uzun, kalta va uya ko’rinishidagi makaron mahsulotlarini ishlab
chiqarish bo’yicha eng zamonaviylashtirilgan liniyalar chiqaradi, ulardan dunyoning deyarli
hamma mamlakatlarida keng qo’llaniladi. Ularga faqatgina shveystar “Byuler” firmasining
liniyalari raqobatbardoshdir.
Do'stlaringiz bilan baham: