Gafurov adaxam anvarovich


Siydik nayi og‗izchasidan ajralmaning tsistoskopiyada ko‗rinishi



Download 3,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/117
Sana23.04.2022
Hajmi3,99 Mb.
#576201
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117
Bog'liq
fayl 1498 20210818 (1)

Siydik nayi og‗izchasidan ajralmaning tsistoskopiyada ko‗rinishi. 
A– indigokarmin; b – qon; v – yiring. 
 


38 
Retropnevmoperitoneum 
buyraklar bor-yukligi, ulariiig xajmi, shakli, 
joylanishini aniqlash uchun utkaziladi. Bemorni peshob soxasi yoki kuvuk ustidan 
igna bilan teshilib kurin bushligi ortiga uglekislota yoki kislorod yuboriladi. 
Snimkalar oldi-orqa, yonbosh va kiyik proektsiyalarda gaz yuborilgandan sung 60-
120 
minut 
utgach 
kilinadi. 
Bu 
tekshiruvni 
tomografiya 
tuldiradi. 
Retropnevmoperitoneumga karshi kursatmalar - umumiy ogir xolat, nafas va 
yurak-kon tomiri yetishmovchiligi, isitmali xolatlar, korin bushligi ortidagi 
yalliglanish jarayonlari, yomon sifatli usmalar. 
Urotomografiya.
tomografiya – qavatma–qavat rentgenologik tekshirish 
bo‗lib, uning yordamida suratga tushiriladigan obhektni keyingi hamma 
qavatlarning proektsiyasidan plenkada bitta qavatning proektsiyasiajratiladi va 
saqlanadi. Rentgen nurlarining yutilish darajasi har xil muhitlarda turlicha bo‗lib, 
ular muhitning zichligi va qavatning qalinligiga bog‗liq. Bundan tashqari, yutilish 
yana rentgen nurlanishining sifatiga (to‗lqin uzunligiga) bog‗liq. Yutilishning 
rentgen nurlari to‗lqin uzunligiga bog‗liqligi shundan iboratki, to‗lqin uzunligi 
qanchalik qisqa (nurlanish qanchalik kuchli) bo‗lsa yutilish shuncha kam, va 
aksincha, uzun to‗lqinli (yumshoq) rentgen nurlari ko‗proq yutiladi. Shuning 
uchun tekshiruvchi oldida tekshiriladigan obhektga rentgen nurini eng kam 
yo‗qotishlar bilan ―olib borish‖ vazifasi turadi. Boshqacha qilib aytganda, ayni shu 
obhektning boshqa qavatlari yaratgan soyalarni yo‗qotish uchun rentgen suratlarini 
qavatma–qavat olish zaruriyati paydo bo‗ladi va ayni vaqtda oddiy rentgenologik 
imkoniyatlardan tashqaridagi tuzilmaning tasvirini olish imkonini beradi. 
Buyraklar tomografiyasida asosiy kesma buyrak darvozasi, jom va buyrak 
parenximasidan o‗tadigani hisoblanadi. Asosiy kesmadan tashqari 0,5–1sm orasida 
qo‗shimchalari o‗tadi. Rentgen nurining ventrodorsal yo‗lida tomografiya 
o‗tkazilayotganda, chap buyrak o‗ngiga qaraganda bir oz kattaroq bo‗lishiga 
qaramay, tomogrammada uning soyasi o‗ng buyrak soyasi bilan teng yoki kichik 
bo‗lishi mumkinligini ehtiborga olish kerak. Bunga sabab chap buyrak gavdaning 
orqa devoriga yaqinjoylashganligidir. Agar bemorning chalqancha yotganida 
olingan tomogrammada aniq tasvir bo‗lmasa, unda tekshirish bemor qorni yoki 


39 
yonboshi bilan yotgan holatida o‗tkaziladi. Ko‗p pozitsiyali tekshirishlarda ikki 
proektsiya bo‗yicha ahzoning hajmiy tasvirini tasavvur etish mumkin, bu topik 
tashxis uchun juda muhim. Umumiy tomografiya buyraklarning o‗lchamlari, shakli 
va joylashishini aniqlashga, ichaklar ustidagi yelni yo‗qotish, buyrak o‗smasini 
buyrak tashqarisidagi o‗smadan, siydik tizimsidagi haqiqiy toshlarni soxtasidan 
differentsiatsiya qilish, ko‗pincha urat toshlarini aniqlash imkonini beradi. 
Tomografiyaga bemorni maxsus tayyorlash shart emas. Buyrak parenximasining 
soyasi aniqroq ko‗rinishi uchun tomografiya oldidan to‗g‗ridan–to‗g‗ri qon 
oqimiga rentgenkontrast modda yuboriladi (nefrotomografiya). Ayniqsa buyrak 
o‗smasini solitar kistadan va polikistozdan yaxshi differentsatsiya qilishga 
muvoffaq bo‗linadi, ularning soyasi buyrak parenximasi soyasiga qaraganda 
intensivligi kamroq va ko‗proq to‗g‗ri konturga ega. Bahzi hollarda 
nefrotomografiya 
boshqa 
tekshirish 
usullariga 
tayanmasdan, 
buyraklar 
anomaliyalarini aniqlash imkonini beradi. Toshlarning joylashishini aniqlash 
uchun ayniqsa kosachalar bir - biriga yoki kosacha jomga proektsiya qilinsa, 
kosachalar divertikulini sil kavernasidan farq qilish maqsadida tomografiyani 
ekskretor urografiya va retrograd pielografiya bilan birga qo‗shib qilinadi. Buyrak 
va qorin parda orti bo‗shlig‗i o‗smalarini differentsial tashxislash va o‗smalarni 
yoki buyrak usti bezi giperplaziyasini aniqlash uchun ham tomografiyani 
pnevmoretroperitonium bilan bir vaqtda qilinadi. 
Qovuq va prostata bezi o‗smalarini tashxislash uchun tomografiyani pnevmotsisto– 
va pnevmoperitsistografiya bilan birga qo‗shib o‗tkaziladi. Buqovuq konturlarini 
aniqlash va o‗smani ko‗rish, uning joylashish chuqurligini va zararlanish 
uzunligini aniqlash imkonini beradi. Tomografiyaning afzalliklari bilan bir qatorda 
tomogramma seriyalarini (shu sababli rentgen nurlanish dozasi ko‗payadi) bajarish 
zaruriyati, ajratiladigan qavatning qalinligi kamligi sababli hamda buyraklarning 
gavdani frontal tekisligida burchak ostida va bir–biriga nisbatan har xil darajada 
joylashishi bilan bog‗liq bo‗lgan bir qancha muhim kamchiliklari mavjud. 
Tomografiyaning yangi usuli – zonografiya rentgen trubkasini kichik burchak 
ostida tebranishi va ajratiladigan qavatning ancha qalinligi bilan xarakterlanadi. 


40 
Zonografiyada, xuddi tomografiyadagi kabi yupqa qavat emas, balki obhektning 
zonasi aniqlanadi. Bu usul skeletning bahzi bir bo‗limlarini, o‗t ajratish tizimi, 
buyraklar va yuqori siydik yo‗llarini tekshirganda ayniqsa yaxshi samara beradi. 
Ajratiladigan qavatning ancha qalinligi hisobiga ahzolarning tasviri yoki skeletning 
elementlari zonogrammada butun va aniq chiqadi, halaqit beradigan soyalar 
―surkaladi‖. Sistemalarning tebranish burchagi kamayganda ya‗ni, tomografiyadan 
zonografiyaga o‗tganda ajratiladigan qavat proportsional qalinlashib boradi. 
Naychaning tebranish burchagi minimaldan maksimalga o‗tganda aniq 
ajratiladigan qavatning qalinligi aylanmada ―surkalganda‖ taxminan 15 marta va 
chiziqlida 6 marta oshadi. Zonografiya qilishga asosiy ko‗rsatma xalaqit beradigan 
soyalar hamda buyrakda uning o‗lchamlari, shakli va konturlari o‗zgarganligi 
sababli patologik jarayon bor deb taxmin qilish tufayli umumiy rentgen suratlari va 
urogrammalarni tahlil qilishning qiyinligi bo‗ladi. Rentgenkontrast moddani 
yuborgungacha taxminiy qavatma–qavat rentgen surati qilishga hamda bemor 
gavdasini buyraklar joylashishi darajasida o‗lchab hisoblashga zarurat yo‗q. Gavda 
og‗irligi mehyorda bo‗lgan bemorda kesmaning past–balandlik darajasi stol 
sathidan 7sm ni, ozg‗inlarda – 6sm, semizlarda – 8–9sm ni tashkil etadi. 

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish