Bozor iqtisodiyoti nazariyasi y bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilis



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana23.04.2022
Hajmi1,38 Mb.
#575481
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
2 5233259586789578142

kamchilik yoki salbiy jihatlari 
ham mavjud:
— atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari 
ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;
— resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash 
imkoniyatining yo'qligi;
— mehnat qilish bilan bogMiq kafolatlarning mavjud emas­
ligi;
— fanda fundamental va amaliy tadqiqotlaming rivojlanishiga 
ko‘maklashuvning yo‘qligi;
— rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning 
pasayishi va inflyatsiya jarayonlarining mavjudligi.
4-§ . Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kate- 
goriyasi boMib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish 
amaliyotida 
ham, 
barcha 
mamlakatlar tajribasida 
ham 
qoMlaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
Eng aw alo, «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushun- 
chalarining bir-biridan farqlanishini ta'kidlab o‘tishimiz lozim. 
Chunki ko'pincha bu ikki tushunchani bir xil m a’noda tu­
shunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so'zlar sifatida qoMlash 
yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda 
bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining 
ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab 
chiqarishning ayirboshlash jarayonini o ‘z ichiga oladi. Bozor 
iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq 
davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo boMadi
175
www.ziyouz.com kutubxonasi


va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat 
ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma 
fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat 
iste’mol jarayonlarini o'z ichiga oladi. Bozor esa faqat bitta 
fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi.
Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga 
o'xshab ko'rinadi, ayrimlar bozomi tovarlar sotiladigan va 
xarid qilinadigan joy deb o'ylashadi. Lekin uning ichki maz- 
muniga e ’tibor berilsa, u ko‘p qirrali boMib, 
mazmuni 
o ‘zgaruvchan 
ekanligini, 
turli 
davrlarda 
turli 
m a’noni 
anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayir- 
boshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bogMiq boMib, 
u ibtidoiy jam oa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dast- 
lab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni de- 
gan mazmunni anglatgan.
Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a ’zolari 
bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon boMgan 
boMsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib 
chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb 
e ’lon qilingan shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilish- 
gan. 
Lekin 
hali 

davrlarda tovar ayirboshlash 
T-T 
ko‘rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash 
shaklida boMib, o ‘z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda 
vaqt va masofa boMmagan, birdaniga bir vaqtning o‘zida o‘sha 
joyda ayirboshlash sodir boMgan. Lekin tovar ayirboshlash 
rivojlanib, uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida 
pulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil 
jarayonga boMingan va T -P -T ko‘rinishida boMa boshlagan. 
Endi tovarni sotish T -P va sotib olish P-T zamon va makon 
jihatdan bir boMmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o ‘z tovarini 
bir joyda sotib pul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli 
tovarni sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan 
savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib 
iste’molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan 
shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo boMdi.
176
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vu­
judga keldi. Bu soha tovar pul harakatini tezlashtirish imkonini 
berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog‘laydigan vositaga 
aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham bir-birlari 
bilan uchrashishi shart bo'lmay qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar 
orqali aloqa qilishlari mumkin boMib qoldi. Endi bozor tushun- 
chasining mazmuni o'zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar- 
pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo‘la boshladi. 
Oldi-sotdi jarayonida yangi o ‘ziga xos muhim tovar - ishchi 
kuchining paydo boMishi bilan bozor umumiy tus olib, uning 
mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar 
va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ish­
chi kuchi ham bozor jarayoni orqali o ‘tib, ishlab chiqarishga 
jalb 
etila 
boradigan, 
ularning bir-biriga 
o‘zaro 
ta ’siri 
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir 
bo‘ladigan boMdi.
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruv-chilar 
bilan iste’molchilarning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, 
ularning o ‘zaro bir-birlariga boMgan ta ’sirini bogMaydigan 
bo‘gMn, 
jamiyat 
taraqqiyotida 
modda 
almashuvini 
ta ’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va xaridorlarning o ‘zaro 
kelishuvi, ekvivalentlilik tamoyili asosida ayirboshlash, sotu- 
vchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi va pul toMoviga 
qodir boMgan xaridorlarning talabini qondirish va raqo- 
batchilikdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan boshqa 
hamma mamlakatlardagi kabi bizning mamlakatimizda ham 
o ‘tish davri suronlarida ayrim adabiyotlarda bozor tushuncha- 
siga engil-elpi qarab, uning almisoqdan qolgan eski, bir to ­
monlama, hozir m a’nosini yo‘qotgan ta ’rifini ko‘rsatish hollari 
uchramoqda. Turli mualliflar tomonidan yozilgan maqola va 
kitoblarda bozorga turlicha ta ’rif berilib, u qizgMn m unozara- 
larga sabab boMmoqda. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va 
xaridorlar tartibsiz to‘planib, juft-juft, to ‘p-to ‘p, guruh-guruh 
boMib oldi-sotdi qiladigan joy deb hisoblasalar, ayrimlari uni
177
www.ziyouz.com kutubxonasi


kishilarga rizqu ro‘z ulashadigan fayzu barakali, sirli dasturxon 
deb ataydilar.3
Boshqa bir guruh mualliflar esa bozorni ishlab chiqaruvchi 
va iste’molchilarni. ayniqsa sodda dehqonlarni aldash evaziga 
yashaydigan va boyiydigan, aldamasa tura olmaydigan mut- 
taham lar, tarozidan uradigan qalloblar, birga olib o ‘nga sota- 
digan noinsof olib-sotarlar, firibgar vositachilar to'planadigan, 
kishilarni aldashning turli hiyla-nayranglari ishlatiladigan bir 
nopokiza makon sifatida ta ’riflaydilar.4 Bu ta ’riflar ma’lum 
darajada bozorning ijobiy yoki salbiy tomonlarini va uning 
oldi-sotdi qilish joyi ekanligini ifoda etsa-da, shu bilan birga 
unga tor doirada bir tomonlama, yuzaki qarash natijasi bo‘lib, 
uning haqiqiy ichki mazmunini, vazifasini, tutgan o‘rnini 
ochib bera olmaydi.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning 
vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan 
tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi davrda keng tarqalgan 
ob’ektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuv-chilar 
va xaridorlar o ‘rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) 
jarayonida boMadigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. 
Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va 
pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi iqtisodiyot­
ning to ‘rtta fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash 
va 
iste’mol jarayonlari)dan faqat ayirboshlash jarayonidagi 
iqtisodiy munosabatlarni o ‘z ichiga oladi. Bozorda hech qan­
day boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, 
rizqu-ro‘z ham ulashilmaydi, lekin unda turli mamlakatlarda, 
jum ladan, 
0 ‘zbekistonda 
mavjud 
bo‘lgan 
minglab 
korxonalarda ishlayotgan millionlab qo‘li gul mehnatkashlar 
tom onidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko‘chmas mulklar, 
iqtisodiy resurslar, ishchi kuchi pulga sotiladi va sotib oli­
nadi.
3 B .A lim ov, M .S h o d ie v , T .R asu lo v . 
« S h arq o n a b o z o r fazilatlari». 
Т .: U n iv e rs ite t. 1996 yil, 17-bet.
4 I.S u la y m o n o v . 
«B ozorda ta rtib , so tu v ch id a iy m o n b o 'lsa » . «Xalq 
so 'z i» g a z e ta si. 1998 yil 26 fevral, 4 2 -so n .
178
www.ziyouz.com kutubxonasi


U n d a oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo'lgan xizm atlar bajari- 
ladi. Har bir jismoniy shaxs yoki korxona o'zi ishlab chiqargan 
tovar yoki xizmat turini sotadi va o'ziga kerakli bo'lgan yuzlab 
tovar turlarini sotib oladi. Bu oldi-sotdi jarayonida 
bozor 
sub’yektlari, ya'ni oldi-sotdi qilayotgan kishilar bir-birini 
ko'rmasliklari, tanimasliklari ham mumkin. Ular turli hujjatlar. 
shartnomalar, namunalarga binoan vositachi tashkilotlar orqali 
savdo qilishlari mumkin. Respublikamizda ishlab chiqarilayot- 
gan paxta, pilla, oltin, mashina, traktor, stanok, samolyot, as- 
bob-uskuna, o'g'it, urug' va boshqa yuzlab tovar va xizmatlarn- 
ing o ‘z yaratilgan joyidan shartnomalarga binoan to'g'ridan- 
to'g'ri iste’molchilarga jo'natilishi fikrimizning dalili bo'lib, bo­
zor alohida savdo-sotiq qiladigan joy deb tushunish to'g'ri 
emasligini ko'rsatadi.
Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nis- 
batan kam bo'lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekviva- 
lentlik 
muvozanati 
buziladi, 
natijada 
tovarni 
sotuvchi 
me’yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, 
bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar 
pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko'radilar. Buning ustiga ishlab 
chiqarish jarayonida sustkashlik, no'noqlik va xo'jasizlik yuz 
berib, ortiqcha xarajatlarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, zarar yanada 
oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni 
hisobga olmaydi.
Shunday qilib, bozorda katta foyda olish yoki xonavayron 
bo'lish sababini tovarlarni ayirboshlash' jarayonida kishilar 
o ‘rtasida yuz beradigan munosabatlardan qidirib topish lozim 
ekan, savdo bo'layotgan joyda, bozor maydonida hech qanaqa 
sir-asror yo'q ekan. Oziq-ovqat va qishloq xo'jalik mahsulot- 
lari do'koni, avtomobilga xizmat ko'rsatish stansiyasi, benzin 
sotadigan joy, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo 
shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlar 
va savdo yarmarkalari, ijtimoiy, xususiy ovqatlanish joylari bu- 
larning hammasi bozorning odatdagi ko'rinishlari bo'lib, u 
yerda ham yuqorida aytilgan munosabatlar sodir bo'ladi. Fond 
biijalari, chet el valyutalari bozori, don biijalari va auksionlar 
(kim oshdi savdosi) yuqori darajada rivojlangan bozorlar
179
www.ziyouz.com kutubxonasi


boMib, ularda sotuvchi va xaridorlar bir-biri bilan aksiya, obli- 
gasiya, milliy valyuta va qishloq xo‘jalik mahsulotlari orqali 
bogManadi. Bozorning ayrim turlari sotuvchi va xaridorlar 
o ‘rtasidagi shaxsiy aloqa bilan farqlansa, boshqalarida ular 
hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi. Shunga mu­
vofiq bozor aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga boMinadi. 
Bularning har qanday turidan qat’i nazar, uning ishtirokchilari 
(sub’yektlari) fuqarolar (uy xo‘jaliklari), turli xil korxonalar, 
firmalar va davlat tashkilotlaridir. Bozor sub’yektlari ikki gu- 
ruhga - sotuvchi va xaridorlarga boMinib, ular bozor munosa- 
batlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar 
va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. 
Bozor o ‘z sub’yektlari manfaatini bir-biriga bogMab, ularni 
muvofiqlashtiradi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
yaratilgan 
tovar 
va 
xizmatlarni, 
iqtisodiy 
resurslarni 
iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor 
ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bogMaydi, ishlab 
chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. 
Bunda bozor vositachi boMib xizmat qiladi. Bozorda qiymat 
shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga 
aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar 
bozor tom onidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon 
qiladi va tovarning bozor qiymati hosil boMadi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi boMib, ishlab chiqarishning 
uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, 
yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va 
ularning pulga aylanishi, puldan esa, kerakli iqtisodiy resurslar 
xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan 
tushgan mablagMar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar 
sotib olish yoMi bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari 
o ‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 
kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega boMadilar. Bozor 
orqali resurslarning erkin harakati ta ’minlanadi va ularning 
tarm oqlar o ‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste'molchilar 
bozorda u yoki bu tovarga boMgan talabini bildiradi. Bozor bu 
talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beru-
180
www.ziyouz.com kutubxonasi


vchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va so- 
halar o ‘rtasida taqsimlanib turadi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, 
taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o ‘zida talab 
va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va 
qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bo­
zor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab ka- 
maygan tarm oqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini 
ta'm inlaydi.
Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko‘plab 
qo‘shim cha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqol- 
roq tasaw u r etish uchun ularni maxsus chizma ko'rinishida 
ifodalash mumkin (3-chizma).
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bogMiq va 
bir-birini taqozo qiladi. Bozorning mazmunini toMaroq tushun- 
moq uchun uning turlarini va ichki tuzilishini bilish zarur.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish