O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ta‟minotning iqtisodiy



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

17.4. Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ta‟minotning iqtisodiy 
va moliyaviy asoslari 
 
Mazkur o‗quv adabiyotining ushbu paragrafida xorijiy 
mamlakatlarda ijtimoiy ta‘minotning iqtisodiy va moliyaviy 
asoslari bayon qilingan bo‗lib, yuqorida ta‘kidlaganimizdek 
undagi ma‘lumotlar ―Public budgeting systems‖ (Robert D.Lee 
Jr., Ronald W.Johnson, Philip G.Joyce. Jones&Bartlett 
Learning; 9 edition. USA, 2012) nomli xorijiy adabiyotning 
tarjimasiga asoslanib keltirilgan. 
Adolat va davlatning iqtisodiy siyosati. Rasman qaraganda 
Amerika Qo‗shma Shtatlarida davlat iqtisodiy siyosatining 
qonun bilan belgilab qo‗yilgan vazifalari to‗liq bandlikni, 
narxlarning barqarorligini va barqaror iqtisodiy o‗sishni 
ta‘minlashdan iborat
224
.
Bandlik borasidagi siyosatning bilvosita natijalarini istisno 
qilganda iqtisodiy foydani taqsimlash Amerika Qo‗shma 
Shtatlari uchun iqtisodiy siyosatning rasmiy o‗rnatilgan 
vazifalari 
qatoriga 
kirmaydi. 
Lekin 
ko‗pgina 
boshqa 
mamlakatlarda aynan iqtisodiy o‗sish va adolatni ta‘minlash 
davlatning to‗g‗ridan to‗g‗ri vazifalariga kiradi
225
. Boylikni 
taqsimlashni yaxshilashga qaratilgan aniq va maqsadli 
harakatlar qilish davlat rasmiy siyosati masalasi hisoblanadi. 

224
Lee, Robert D. Public budgeting systems (Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson,


Philip G. Joyce.. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012.) Chapter 3. P. 105-
109. 
225
The World Bank (2005). World development report 2006: equity and development. 
New York, NY : Oxford. 


488 
Davlatning 
iqtisodiy 
siyosati 
resurslarning 
qayta 
taqsimlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi, ammo bu taqsimot siyosiy 
maqsadlarni ko‗zlab amalga oshirilishi ham, unday bo‗lmasligi 
ham mumkin. Jahon Bankining 2006-yilgi Inson taraqqiyoti 
to‗g‗risidagi ―Adolat va taraqqiyot‖ (Equity and Development) 
nomli ma‘ruzasida ―adolat‖ atamasiga ―imkoniyatlarning 
tengligi va natijalarga egalik qilishdan mahrum bo‗lmaslik‖ deb 
ta‘rif berilgan
226
. Inson hayotiy maqsadlarga erishish borasida 
teng imkoniyatlarga ega bo‗lishi va davlat va jamiyat tomonidan 
yaratilgan ne‘matlardan foydalanishda jamiyatning u yoki bu 
guruhi a‘zolariga ustunlik berilishiga yo‗l qo‗ymaslik lozim.
Qayta taqsimotning ko‗zda tutilmagan natijalari. Shu 
vaqtgacha biz iqtisodiyotning umumiy samaradorligiga bog‗liq 
edik. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi alohida tarmoqlar va 
alohida shaxslar uchun ma‘lum darajada ta‘sir ko‗rsatadi. 
Umumiy iqtisodiy o‗sish va narxlarni barqarorlashtirish 
masalalarini boshqarish maqsadidagi davlatning fiskal va 
monetar chora-tadbirlari insonlarga va ishlab chiqarish 
jarayonlariga ta‘sir etmay qolmaydi. Agar hukumat biznesga 
investitsiya qilishni rag‗batlantirish maqsadida korporativ soliq 
stavkalarini pasaytirsa, lekin byudjetning balansliligiga putur 
yetkazmaslik uchun boshqa soliqlarni ko‗paytirsa, yuqori 
darajadagi 
soliqlarni 
to‗lovchilar 
bundan 
manfaatdor 
bo‗lmasalar ham iqtisodiy samara uchun pul to‗lagan 
bo‗ladilar. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarning 
hukumatlari 
shaharlarda kambag‗allik muammosini yumshatish maqsadida 
qishloq xo‗jalik mahsulotlari baholarini nazorat qilish 
tadbirlarini joriy qilishga harakat qiladilar. Bu choralar qisqa 
muddat ichida shahardagi qishloq xo‗jalik mahsulotlari 
chakana narxlarini pasaytirsa-da, uzoq istiqbolda qishloq 

226
World Bank (2005). World development report 2006 (p.vii). New York, NY: Oxford. 




489 
xo‗jalik ishlab chiqarishiga putur yetkazadi. Qisqa davr 
mobaynida bir guruh – shaharlardagi iste‘molchilar foyda 
ko‗rsa, jamiyatning boshqa bir guruhi – qishloq xo‗jalik ishlab 
chiqaruvchilari iqtisodiy zarar ko‗radilar. Pirovardida umumiy 
iqtisodiy ko‗rsatkichlar pasayadi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy 
siyosat ham qayta taqsimotning ko‗zda tutilmagan natijalariga 
olib kelishi mumkin. Inflyatsiya sharoitida qat‘iy belgilab 
qo‗yilgan yoki nisbatan qat‘iy daromadga ega bo‗lgan 
fuqarolarning sotib olish qobiliyati pasayadi. Bunday toifadagi 
shaxslarga ayniqsa, pensiya to‗lovlari hisobidan hayot 
kechiradigan pensionerlar, shuningdek, o‗z ish haqlarini 
oshirshga ta‘sir ko‗rsata olmaydigan ishchi-xizmatchilar kiradi. 
Agar davlat inflyatsiyaning sur‘atlarini pasaytirishga qaratilgan 
hech qanday chora ko‗rmasa, uning bunday loqaydligi 
daromadlarning qat‘iy ish haqi oluvchilardan daromadlari 
inflyatsiya bilan birga o‗sib boradigan shaxslar hisobiga ―qayta 
taqsimlanishiga‖ olib keladi.
Yuqori foiz stavkalari odatda, daromadlilik darajasi yuqori 
bo‗lgan oilalarga ular tomonidan qilingan investitsiyalar 
bo‗yicha daromadlarning oshishiga olib keladi. Federal 
byudjetning yuqori darajadagi defitsitini qoplash uchun 
olingan qarz kelgusi avlod zimmasiga yuk bo‗lib tushadi va 
oxir-oqibatda avlodlarnig o‗rtasidagi tengsizlikka olib keladi. 
Tengsizlik muammosini hal qilish. Adolatni ―teng 
imkoniyatlar‖ ma‘nosidagi mazmunini tushuntirib berish oson, 
lekin uni biron mezon asosida bevosita o‗lchash qiyin masala. 
Absolyut miqdorlardagi adolatsizlikni o‗lchash birmuncha 
osonroq, 
shu 
sababli 
ko‗pincha 
daromadlarning 
taqsimlanishidagi adolatsizlik masalasi adolat va adolatsizlik 
to‗g‗risidagi munozaralarning diqqat markazida bo‗ladi.


490 
1960-yillardan beri Amerika Qo‗shma Shtatlarida 
daromadlarning 
taqsimlanishidagi 
tengsizlik 
darajasi 
ahamiyatli darajada o‗sdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkilotining (Organization for Economic Cooperation and 
Development - OECD) tahlillariga ko‗ra 1980-yillarning 
o‗rtalaridan 2000-yillarning so‗nggigacha Qo‗shma Shtatlarda 
tengsizlik ko‗rsatkichi yiliga bir yarim foizga ko‗tarildi. Ammo 
G‗arbning sanoati rivojlangan ko‗pchilik mamlakatlarida ham 
bu ko‗rsatkich taxminan shunday bo‗lgan
227
.1980-yillardagi 
daromadlarning qayta taqsimlanishidagi tengsizlikning keskin 
oshib ketishiga korporativ va shaxsiy federal soliqlarning 
asosan boy fuqarolar foydasiga kamaytirilishi va kam 
ta‘minlangan 
shaxslarga 
qaratilgan 
ijtimoiy 
yordam 
dasturlarining qisqartirilishi sabab bo‗ldi
228
. So‗nggi o‗n yilliklar 
mobaynida fond bozorlarining tez sur‘atlar bilan rivojlanishi, 
keyingi davrlarda esa keskin pasayish holatlari kuzatilgan 
bo‗lsa-da, aholining yuqori va quyi qatlamlari o‗rtasidagi farqni 
ahamiyatli 
darajada 
kattalashtirib 
yubordi. 
Shunga 
qaramasdan, ipoteka krediti bo‗yicha haddan tashqari shishirib 
yuborilgan 
―ko‗pik‖ning 
2007-yilda 
―yorilishi‖ 
o‗rtacha 
daromadli soliq to‗lovchilarga ikki yo‗nalishda ta‘sir ko‗rsatdi. 
Birinchidan, uy-joylarning narxi keskin tushib ketdi, o‗rtacha 
daromadli oilalar uchun esa ularning uy-joylari asosiy kapital 
aktiv bo‗lib hisoblanar edi. Ikkinchidan, xuddi shu guruh 
o‗rtacha daromadli soliq to‗lovchilarning farovonligi ularning 
pensiya jamg‗armalariga bog‗liq bo‗lib, bu jamg‗armalarni ular, 
ko‗p hollarda pensiyaga chiqqach, moliya bozorlarida 
investitsiya qiladilar. Bu bilan o‗rtacha daromadli oilalar, 

227
Society at a glance 2011: OECD social indicators. (2011). Paris: OECD. Retrieved 


November 
20, 
2011, 
from 
http://www.oecd.org/document/24/0,3746,en_
 
2649_34637_2671576_1_1_1_1,00.html#data. 
228
Niggle, C. (1989). Monetary policy and changes in income distribution. Journ al of 
Economic Issues, 23, 809-822. 


491 
albatta uy-joy narxlarining pasayishiga ta‘sir ko‗rsatadilar va 
moliya bozori kasodga uchraydi. Lekin ular odatda, ancha 
diversifikatsiyalangan daromad manbalariga ega bo‗ladilar. 
Ayrim iqtisodchilar hukumatlar qayta taqsimotning faqat 
o‗rta va yuqori daromadli qatlamlar uchungina salbiy ta‘sirini 
yumshatishlari zarur, deb hisoblaydilar.
229
Ularning fikricha, 
davlat bandlikni ta‘minlashga va shu yo‗l bilan ishsizlik 
darajasini kamaytirish uchun davlat subsidiyalarini ajratishga 
qaratilgan siyosatni olib borishi lozim.
230
Demokratlar esa 
avvalgi 
soliqlarni 
kamaytirish 
chorasi 
aholining 
boy 
qatlamlariga proporsional tarzda qulaylik tug‗dirmaganligini 
e‘tirof etadilar. Respublika partiyasidan nomzodlar va prezident 
Obamaning soliqlarni ko‗paytirmasdan turib xarajatlarni 
kamaytirish to‗g‗risidagi qarashlari har kim jamiyatga o‗zining 
adolatli ulushini qo‗shishi kerakligi to‗g‗risidagi da‘volarga zid 
keldi
231

Yuqorida so‗z borgan OECDning tahliliga ko‗ra tengsizlikni 
o‗lchash me‘yorlar bilan solishtirish, tenglikni ta‘minlashda bu 
me‘yorlardan og‗ish darajasini aniqlashdan iboratdir. Uning 
mohiyati tengsizlikning darajasini aniqlab olish, so‗ngra 
davlatning tengsizlikni bartaraf etishga yo‗naltirilgan maqsadga 
muvofiq siyosatini ishlab chiqishdan iborat. 
Daromadlarni barqarorlashtirish siyosati. Daromadlarni 
barqarorlashtirish siyosati iqtisodiy tengsizlik muammosini, 
salbiy daromad solig‗iga har tomonlama o‗ylab yondashgan 
holda bartaraf qilish yo‗llaridan biri hisoblanadi.
Bu daromadni kafolatlash stavkalarni pasaytirish va zarar 
ko‗rmaydigan daromad darajasini belgilashni nazarda tutadi. 
Kafolatlangan daromadda oilaga keladigan transfer summasi 

229
Classlessness in America: the uses and abuses of an enduring myth. (2011). The 


Economist, 401, September 24,44. 
230
Up the NAIRU without a paddle. (1997). The Economist, 344, March 8, 92. 
231
Hunting the rich. (2011). The Economist, 401, September 24, 13. 


492 
nolga teng bo‗ladi, stavkalarni pasaytirish – oilaning 
daromadlari oshib borishi bilan stavkaning pasayib borishi, 
zarar 
ko‗rmaydigan 
daromadlilik 
darajasi 
esa 
oila 
daromadining boshqa hech qanday transfer olish huquqi 
bo‗lmagan nuqtasidir. AQShda manfiy daromad solig‗i mavjud 
emas, lekin uning tamoyillari u yoki bu darajada daromadlar 
transferi bilan bog‗liq bo‗lgan bir nechta dasturlarga kiritilgan.
Transfer dasturlari. Bir qancha transfer dasturlari (oziq-
ovqat talonlari; ayollar, chaqaloqlar va bolalar uchun 
qo‗shimcha ozuqa dasturlari; Medicaid dasturi) kafolatlangan 
daromadga tenglashtirilgan eng kam nafaqa miqdorini 
ta‘minlaydi.
Ammo ijtimoiy ta‘minot tizimidagi asosiy islohotlar 
doirasida insonlarning yashash davomiyligi ortib borishi bilan 
ularga beriladigan imtiyozlarga jiddiy cheklovlar o‗rnatildi va 
mehnat sharoitlariga qat‘iy talablar qo‗yildi. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish