3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri


 “Obro’-e’tibor” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. Kasbga va lavozimga



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/30
Sana22.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#574237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
3-topic

 
2. “Obro’-e’tibor” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. Kasbga va lavozimga 
munosib bo’lishni anglash 
 
Obro’-e’tibor ma’naviy tamoyil bo’lib, insonning ma’naviy sifatlari, mehnat faoliyati, 
nasl-nasabi, bilimi yoki kasbiy mahoratiga o’zgalartomonidan berilgan yuksak baho. Boshqacha 
aytganda, obro’ insonning ruhiy psixologik, intellektual va amaliy xatti-harakatini ko’pchilik 
tomonidan e’tirof etilishidir. 
Obro’
ma’naviyatga bevosita taalluqli bo’lishiga qaramasdan, uning pasayishi yoki 
ortishi ko’p omillar bilan belgilanadi. Ezgu maqsadlarni ko’zlab amalga oshirilgan ishlar inson 
obro’si oshishiga, buzg’unchi, yovuz maqsadlar esa uning obro’si pasayishiga zamin hozirlaydi. 
Katta-kichikligiga ko’ra obro’ o’ziga xos darajalarga bog’liq va uning shakllanishi shaxsning o’z 
oldiga qo’ygan maqsadlariga borib taqaladi. Shaxs maqsadlari va amalga oshiradigan ishlari 


guruh bilan bog’liq bo’lib, olinadigan obro’ ham shu guruh darajasida, jamiyatga tegishli bo’lgan 
jamiyat, davlatga tegishli bo’lgan davlat, tamaddunga tegishli bo’lgan tamaddun darajasida 
bo’lishi mumkin. 
Shuningdek, obro’ alohida yoki bir necha sohalarga tegishli bo’lishi mumkin. Masalan, 
tibbiyotda orttirilgan obro’ asosan shu va shu sohaga yaqin soha vakillari o’rtasida namoyon 
bo’ladi. Masalan, Nobel mukofotini olganlar orasida ko’p soha vakillari bor. Lekin ularni hamma 
ham bilmaydi, ular ma’lum soha mutaxassislari o’rtasidagina yuksak obro’ga ega. Biroq, ayrim 
mashhur shaxslar muayyan sohada jahon ilm-fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan hissasi tufayli 
butun insoniyatning e’tirofiga sazovor bo’ladi, ularni barcha yaxshi biladi va hurmat qiladi. 
Masalan, Mirzo Ulug’bekning astronomiya sohasidagi kashfiyotlari, Alisher Navoiyning 
adabiyot, xususan, she’riyatdagi ijodi ularning jahon miqyosida obro’ qozonishlariga sabab 
bo’lgan. 
Bundan tashqari, obro’ guruh, jamiyat davlat, mintaqa, shahar darajasida ham namoyon 
bo’lishi mumkin. Masalan, tarixda Buxoro – “quvvatul din val islom”, Samarqand – “sayqali 
ro’yi zamin”, Shahrisabz – “qubbatul ilm val adab” deya e’zozlangan bo’lsa, Xorazm 
me’morchilik va san’at, Toshkent qurolsozlik, Farg’ona dehqonchilik madaniyati bilan obro’ 
qozongan. O’rta Osiyo esa madaniyatlar tutashgan mintaqa sifatida ma’lum va mashhur bo’lgan. 
Obro’ “nom qozondi”, “oti chiqdi”, “dovrug’ taratdi”, “hurmat e’tibor topdi”, “shon-
sharafga erishdi”, “tillarda doston bo’ldi” kabi atamalar orqali ham ifodalanadi. Obro’ – inson 
xizmati tan olinganini ifodalovchi o’ziga xos mezon. Hozir G’arbda, odatda, zohiriy obro’ 
ko’rsatkichlari sifatida shaxsning moddiy farovonligi, turar joyi, avtomobil markasi, matbuotda 
tilga olinishi, oilaviy shifokori va ruhshunosining mavjudligi, kasbiy muvaffaqiyati va 
boshqalarga egaligi e’tiborga olinadi. Sharqda esa, bundan farqli o’laroq, shaxsning el-yurt 
oldidagi xizmati, ma’naviy yutug’i yoki xalq orasida topgan e’tibori, odamlarga ko’rsatadigan 
tarbiyaviy ta’siri kabilar obro’ning asosi bo’lib xizmat qiladi. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish