9-MAVZU
MOLEKULALAR VA ULARNING O‘LCHAMLARI
Sizga ma’lumki, har bir moddaning o‘ziga xos xususiyati bor.
Masalan, shakar – shirin, tuz – sho‘r va h.k. Shakarni olib, hovonchada
maydalaylik. Maydalangan kukunni yalab ko‘rsak, shakar mazasi
qolganligini sezamiz. Oldingi mavzuda aytilganidek, uni yanada mayda
bo‘laklarga bo‘lib borsak shirin maza saqlanib qoladimi? Tajribalar
ko‘rsatadiki, moddaning xossasi uning zarrasi ma’lum o‘lchamgacha
bo‘linsa, saqlanib qoladi.
Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarraga
molekula
deyi ladi.
4-rasm.
Molekula (lotincha
moles
– massa)
bitta
atomdan yoki bir necha atomdan tashkil topishi
mumkin. Masalan, suv molekulasi 3 ta atom
dan
tashkil topgan. Unda 1 ta kislorod va 2 ta
vodorod atomi bor (4-rasm).
Biz nafas oladigan kislorod gazining
molekulasi ikkita bir xil kislorod atomidan
iborat. Nafas chiqarganda chiqadigan karbonat
angidrid gazi esa bitta uglerod va ikkita kislorod
atomidan tashkil topgan. Har bir atom va
molekulani o‘ziga xos harflar va raqamli harf
bilan belgilash qabul qilingan. Masalan, kislorod
atomini – O
harfi
bilan,
molekulasi
ikkita
atom dan tashkil topganligi uchun O
2
shaklida belgilanadi. Karbonat
angidrid molekulasi – CO
2
, suvniki – H
2
O ko‘rinishda bel gilanadi.
Shunga ko‘ra, suv molekulasini atomlarga ajratsak, ikkita vodorod va
bitta kislorod atomi alohida holatda suv xossasini bermaydi. Juda ko‘p
atomlardan tashkil topgan molekulalarda atomlarning o‘zaro joylashishi
ham uning xossalarining o‘zgarishiga sabab bo‘lar ekan. Hatto aynan
bitta nomdagi atomlardan ba’zilari ichki tuzilishi bilan boshqasidan farq
qilishi mumkin ekan.
Tabiatda aynan bir xil jismlar yo‘q. Hattoki egizaklar ham nimasi
bilandir farq qiladi. Shu farqlari bilan ota-onasi ularni ajratib oladi.
Lekin aynan bitta moddaning molekulalari bir-biridan farq qilmaydi.
Masalan, tarvuzdan, dengiz suvidan bug‘lantirib tozalangan suv
molekulasi, buloq suvidan olingan molekula dan farq qilmaydi.
21
Atom va molekulalar juda kichik bo‘lganligidan ko‘z bilan ko‘rib
bo‘lmaydi. Uni hatto oddiy mikroskop tugul, eng yaxshi optik
mikroskop (eng kichik ko‘rish o‘lchami 0,000002 mm) da ham ko‘rib
bo‘lmaydi. U holda uning o‘lchamlarini qanday qilib o‘lchaymiz?
Bir qarashda uni bajarib bo‘lmaydigandek ko‘rinadi. Shunday tajriba
o‘tkazaylik. Kengroq idishga suv quyib, unga shkalaga ega bo‘lgan
tomizg‘ichdan bir tomchi yog‘ tomizaylik. Shunda yog‘ tomchisi
suyuqlik sirti bo‘ylab yoyilib ketadi. Chunki eng ustki qatlamdagi
molekulalar «toyib» ketib yoniga, undan keyingi qatlamdagilar
ham xuddi shunday yoniga tushib yoyiladi.
Oxirida faqat bitta qatlam qoladi. Yoyilgan yog‘
tomchisi doira shaklida bo‘lsa, uning diametri
o‘lchanib, yuzasi
S
hisoblanadi (5-
rasm). Bitta
tomchining hajmini aniqlash uchun tomizg‘ichdan
1 sm
3
hajmdagi suyuqlik alohida idishga tomizilib,
tomchilar soni aniqlanadi. Tomchining hajmi 1 sm
3
ni tomchilar soniga bo‘lib topiladi.
5-rasm.
Yoyilgan tomchi hajmi
V
=
d
·
S
ga teng
bo‘lganli gidan yog‘ qatlamining qalinligi
bo‘ladi. Bundan qatlam
qalinligi yoki molekula diametri hisoblab ko‘rilsa,
d
= 0,0000002 mm
ga teng bo‘ladi. Hozirgi zamon usullari bilan o‘lchangan molekulalar
diametrlari ham shu tartibda ekanligi aniqlangan. Bu raqamning
kichkinaligini quyidagi misolda ko‘rish mumkin. Bir dona vodorod
molekulasini kattalashtirib, olma ko‘rinishiga olib kelinsa, Yer olmadan
necha marta katta bo‘lsa, olma vodorod molekulasidan taxminan
shuncha marta katta bo‘lar edi.
Hozirgi kunda maxsus elektron mikroskoplar yordamida katta
o‘lcham dagi molekulalar bilan birga ayrim atomlarning rasmini
ham olish mumkin. Vodorod atomining o‘lchami 0,00000012 mm
ga, molekulasining o‘lchami esa 0,00000023 mm ga teng. Oqsil
molekulasining o‘lchami 0,0043 mm atrofida ekan.
1. Atom va molekula bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
2. Molekula tarkibida nechta atom borligini qanday bilish mumkin?
3.
Molekula kattami yoki bakteriyalarmi? Bakteriya o‘lchamini
botanika yoki zoologiya kitoblaridan qarab solishtirib ko‘ring.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |