– molekulalarning tartibsiz
harakati;
– qattiq jism, suyuqlik va
gazlarning molekulyar tuzilishi;
– diffuziya hodisasi;
– massa va zichlik kattaliklari
bilan tanishasiz.
18
KIRISH SUHBATI
Odamlar eng qadimgi davrdan boshlab atrofida mavjud bo‘lgan
narsalar – daraxt, tosh, tuproq, suvdan va h.k. lardan foydalanganlar.
Keyin chalik foydali qazilmalardan temir, mis, kumush, oltin kabi
metallarni ajratib olishni o‘rganganlar. Ularni qo‘shib eritib bronza, jez
kabi qotishmalarni hosil qila boshlaganlar. Ba’zi hollarda qilich, qalqon
kabi urush qurollari uchun qattiq material kerak bo‘lsa, ba’zan bezak
sifatida ishlatishga (toj, uzuk va h.k.) boshqa xossalarga ega bo‘lgan
materiallar zarur bo‘lgan. Ularni hosil qilish uchun modda tuzilishini
o‘rgana borish jarayonida tabiatda mavjud bo‘lgan materiallarni ko‘proq
ishlata borganlar. Shu bilan birga inson o‘zining to‘plagan bilimlaridan
foydalanib, yangi xossaga ega bo‘lgan sun’iy moddalarni yaratgan
(plastmassalar, polimerlar va h.k.). Bunday bilim va tajribaga ega
bo‘lish uchun insoniyatning buyuk daholari minglab yillar davomida
zahmat chekib, ilmiy izlanishlar olib borganlar.
8-MAVZU
MODDA TUZILISHI HAQIDA DEMOKRIT,
AR-ROZIY, BERUNIY VA IBN SINO TA’LIMOTLARI
Siz kundalik turmushda choy qaynatish uchun idishga suv quyib, uni
isita boshlasangiz, undan bug‘ chiqa boshlaganini ko‘rasiz. Birozdan
so‘ng suv qaynaydi va isitkichni o‘chirmasangiz suv to‘la bug‘lanib
ketadi. Sovuq qish kunlarida tashqarida qoldirilgan suv muzlab
qoladi. Suv nima sababdan bug‘lanib ketdi? Suv va muz tuzilishida
qanday farqlar bor? Shu kabi savollar insoniyatni qadimdan qiziqtirib
kelgan. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar yunon olimi
Demokrit
ga (miloddan avvalgi 460–370-y.) tegishli edi. Unga ko‘ra
hamma narsalar juda mayda zarralar
–
«atom»lardan tashkil topgan.
Moddaning eng kichik zarrasi
–
atom bo‘laklarga bo‘linmaydi deb
qaralgan. Atom so‘zi ham yunoncha «bo‘linmas bo‘lakcha» degan
ma’noni bildiradi. Demokritning bu haqda yozgan asari bizgacha yetib
kelmagan. Uning fikrlari boshqalarning yozgan asarlarida keltiriladi.
Demokritning bu ta’limotini keyinchalik ko‘pgina olimlar rivoj-
lantirdilar. Jumladan, yurtdoshlarimiz bo‘lgan buyuk mutafakkirlardan
Ar-Roziy, Beruniy
va
Ibn Sinoning
ijodida ham bu sohada ishlar
mavjud.
19
Abu Bakr Ar-Roziy (865–925-y.) jami 184 ta asar yozib qoldirgan
bo‘lib, barcha sohalarda ijod qilgan. U yunon olimlarining atom
haqidagi qarashlarini rivojlantirib, atom ham bo‘linishi mumkinligini
aytadi. Atom ichida bo‘shliq va bo‘lakchalar bo‘lib, bu bo‘lakchalarning
hammasi harakatda bo‘ladi. Bundan tashqari, bo‘lakchalar orasida
o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblaydi.
*
Ar-Roziyning nazariy qarashlari Abu Rayhon Beruniy va Ibn
Sino tomonidan rivojlantirildi. Bu haqda ularning o‘zaro bir-biriga
yo‘llagan maktublarida so‘z boradi. Beruniyning Ibn Sinoga yozgan
savollaridan
birida
shunday
deyilgan: – «Ba’zi
faylasuf lar
atom
bo‘linmaydi, undan ham kichikroq bo‘lakchalar yo‘q deb ayta
dilar,
bu
–
nodonlikdir. Ikkinchilari esa, atom bo‘linaveradi, bo‘li
nishga
chegara yo‘q deb qayd qiladilar. Bu esa o‘taketgan nodonlikdir.
Chunki atomning bo‘linishi cheksiz bo‘lsa, moddiyat yo‘q bo‘lib
ketishi mumkin. Bu bo‘lishi mumkin emas, chunki moddiyat
abadiydir. Bu masalada sening fikring qanday?» – deb so‘raydi.
Ibn Sino o‘zining Beruniyga yo‘llagan javobida Arastu va Ar-
Roziyning atomning bo‘linishi cheksiz davom etadi deb tushunmaslik
kerakligini va bo‘linishning chegarasi borligini aytib o‘tadi.
Hozirgi kunda atomning murakkab tuzilganligi to‘la tasdiqlangan.
Atom yadrodan va elektron qobiqdan iborat. Yadro ham yanada
kichikroq bo‘lgan zarrachalar
–
protonlar va neytronlardan tashkil
topgan. Proton va neytronlar ham undan kichik bo‘lgan zarra-
chalardan, ya’ni kvarklardan tashkil topganligi aniqlangan. Bu
bo‘linish chegarasi bormi yoki yo‘qmi degan savolga Siz aziz
o‘quvchilarimizdan kelajakda javob olamiz degan umiddamiz.
1. Modda tuzilishi haqida Sizda qanday tasavvurlar bor?
2. Demokrit atom nazariyasining qanday kamchiliklari mavjud?
3. Ar-Roziyning boshqa yo‘nalishlarda qanday ishlar olib borganligi
haqida kutubxonangizdagi kitoblardan o‘qib oling.
4. Sizningcha zarralar cheksiz bo‘linishi mumkinmi?
5.
Abu Rayhon Beruniyning savoliga siz qanday javob bergan
bo‘lar dingiz?
20
Do'stlaringiz bilan baham: |