2. Ikki urug‗pallali o‗simliklar sinfiga necha tur kiradi? J: 175 000 dan ortiqroq.
54-§. RA’NODOSHLAR OILASI.
1. Ra‘nodoshlarni gul formulasini ayting? J: Gk
5
Gt
5
Ch
∞
U
∞
yoki Gk
5
Gt
5
Ch
∞
U
1
.
2. Ra‘nodoshlar oilasining vakillar qayerda o‗sadi? J: shimoliy yarimsharning mo‗tadil iqlimli
mintaqalarida.
3. Ra‘nodoshlarni yer yuzida nechta turi bor? J: 3000 ga yaqin.
4. Ra‘nodoshlar oilasi vakillarini hayotiy shakllarini ayting? J: daraxt, buta va ko‗p yillik o‗t.
5. Ra‘nodoshlarni barglari qanday bo‗ladi? J: yonbargchali, oddiy,
murakkab uch bargchali yoki
murakkab toq patsimon, poyada navbat bilan o‗rnashgan.
6. Ra‘nodoshlarni gullari qanday bo‗ladi? J: yakka-yakka, barg qo‗ltig‗ida o‗rnashgan yoki shingil,
qalqon, soyabon shaklidagi to‗pgullarda
joylashgan; ikki jinsli, to‗g‗ri gul, hasharotlar yordamida
changlanadi.
7. Ra‘nodoshlar qanday turdagi ho‗l mevalarni hosil qiladi? J: bir yoki ko‗p danakli.
8. Ra‘nodoshlarni bir danakli vakillariga misol ayting? J: shaftoli va o‗rik.
9. Ra‘nodoshlarni ko‗p danakli vakillariga misol ayting? J: malina, olma va nok.
10. Ra‘nodoshlar oilasiga qaysi turkumlar misol bo‗ladi? J: tobulg‗i, olcha, na‘matak, olma, olxo‗ri,
bodom, nok,
shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjon.
11. Qayerlarda na‘matak turkumiga mansub turlar o‗sadi? J: tog‗ va to‗qaylarda.
12. Oddiy na‘matakning ikkinchi nomini ayting? J: ra‘no.
13. Ra‘noning bo‗yini ayting? J: 2-3 m.
14. Ra‘noning poyasi qanday bo‗ladi? J: ko‗p, tikanli sershox buta.
15. Ra‘noning barglari qanday bo‗ladi? J: murakkab toq patsimon, 5-9 yaproqchali.
16. Ra‘no qachon gullaydi? J: iyun-iyul oylarida.
17. Ra‘noning gullari qanday bo‗ladi? J: yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti.
18. Ra‘noning gul formulasini ayting? J: Gk
5
Gt
5
Ch
∞
U
∞
.
19. Na‘matakni mevasi qanday bo‗ladi? J: uning soxta mevasi to‗q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon,
uzunligi 2-3 sm, ichida juda ko‗p qattiq urug‗lari bor.
20. Na‘matakni mevasining tarkibida qanday moddalar bo‗ladi? J: inson
salomatligi uchun zarur
moddalardan darmondori, limon kislota, oshlovchi va b.
21. Na‘matakni mevasini tabobatdagi ahamiyatini ayting? J: avitaminoz kasalligining oldini olish va
davolashda ishlatiladi.
22. O‗zbekistonda na‘matak turkumiga mansub nechta o‗simlik o‗sadi? J: 13 tur.
23. Hozirgi vaqtda yer yuzida atirgullarning nechta navi ekiladi? J: 10 mingga yaqin.
24. Hozirgi vaqtda O‗zbekistonda atirgullarning nechta navi ekiladi? J: 340 dan ortiq.
25. Olma turkumining O‗zbekistonda nechta turi bor? J: 5 ta.
26. Nok nimasi bilan olmaga o‗xshaydi? J: guli va mevalari bilan.
27. Nok nimasi bilan olmadan farq qiladi? J: meva etida tosh hujayralari ya‘ni sklereid hujayralari
borligi bilan.
28. Nok turkumining O‗zbekistonda nechta turi bor? J: 7 ta.
29.
Yovvoyi olma, nok, olcha va boshqa mevali o‗simliklar nimaga muhim ahamiyatga ega? J:
qurg‗oqchilik, sovuq va zararkunandalarga chidamliligi tufayli yangi navlar yaratishda, chatishtirish
yoki payvandtag qilish uchun.
30. Ra‘nodoshlar oilasining qaysi vakillari respublikamizda madaniy holda ko‗p tarqalgan? J: o‗rik,
shaftoli, gilos, olxo‗ri, qulupnay, malina.
31. Ra‘nodoshlar oilasining qaysi vakillari xalq xo‗jaligida katta ahamiyatga ega? J: o‗rik, shaftoli,
gilos, olxo‗ri, qulupnay, malina.