A. K. Igamberdiev S. Aliqulov traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik servis


-rasm. Kultivatorning ishchi qismlari va ularni ishlov berish chuqurligi



Download 12,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/165
Sana22.04.2022
Hajmi12,32 Mb.
#572845
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   165
Bog'liq
kitob

43-rasm. Kultivatorning ishchi qismlari va ularni ishlov berish chuqurligi 
Ekinlarni sug‗orish uchun 90 sm. kenglikdagi qatorlar orasidagi chuqurligi 20-
25 sm., 60 sm. kenglik uchun 14-18 sm. bo‗lgan jo‗yak ariqchalari olinadi. 
Mevali daraxtlar va uzumzorlar qatorlari orasiga ishlov berishda yoppasiga 
ishlov berish kultivatoridan (44-rasm) foydalaniladi. Uning hamma qismlari ramaga 
o‗rnatilgan bo‗lib, u ikkita tayanch g‗ildiraklarga tayanib turadi. 
Ramaga bikr xolatda begona o‗t ildizlarini kesadigan, tuproqni qisman 
yumshatadigan tig‗lari deyarli yotiq bo‗lgan o‗q-yoysimon tishlar ikki qatorlab 
o‗rnatilgan. Ramaning ikki chetiga tuproqni deyarli yumshatmaydigan, ammo begona 
o‗t ildizlarini yotiq tig‗lari bilan to‗liq kesib ketadigan o‗toqlovchi tishlar qo‗yilgan.


118 
Tishlarni ko‗tarib-tushirib, ishlov berish chuqurligini o‗zgartiradigan 
mexanizm vintlari mavjud. Rama orqasiga tuproqni yumshatib ketadigan 
prujinasimon tirma ramasi joylashtirilgan. 
44-rasm. Bog„ kultivatorlariining umumiy ko‟rinishi 
45-rasm. Bog„ kultivatorlariining ush jarayoni 
O‗toqlovchi tishlarning holatini o‗zgartiradigan mexanizm yordamida ularning 
ishlov berish chuqurligi hamda kengligi sozlanadi. 
Kultivatorga o‗g‗itlash apparatini o‗rnatib, meva daraxtlari orasiga mineral 
o‗g‗itlar solish mumkin (44-rasm). 
19.3-§. O„simliklarni himoya qilish texnologiyasi 
 
 
Madaniylashtirilgan o‗simliklarni zararkunandalari, kasalliklari va begona 
o‗tlar ekinlarning hosildorligini kamaytirgan holda qishloq xo‗jaligiga katta ziyon 
keltiradi. 
 
Qishloq xo‗jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‗tlarga 
qarshi kurashishda proflaktika, agrotexnika va yoppasiga yo‗qotish tadbirlaridan 
foydalaniladi. 
Proflaktika tadbirlariga karantin (kasallik va zararkunandalarni kirib kelishini 
to‗xtatish) va kasallik qo‗zg‗atuvchilarni yo‗qotish uchun urug‗larga kimyoviy ishlov 
berish, agrotexnika tadbirlariga almashlab ekishni joriy etish va kasalliklarga 


119 
chidamli ekinlar navini qo‗llash, yoppasiga qirish tadbirlariga kimyoviy, fizik, 
mexanik va biologik kurashish usullari kiradi. 
O‗simliklarga kimyoviy ishlov berish eng ko‗p tarqalgan usullardan biri bo‗lib, 
bunda zararkunanda, kasallik va begona o‗tlar bilan zararlangan maydonlarga zaharli 
ximikatlar kiritiladi. 
Kimyoviy ishlov berishda quyidagi tadbirlar: urug‗larni zaharlash; purkash 
(suyuq aralashma holatida); changlash (kukunsimon holda); aerozollash (tuman 
ko‗rinishida); fumigatsiyalash (tuproqqa solish); zaharlangan xo‗raklar sochish 
(kemiruvchi va hashoratlarga) qo‗llaniladi. Urug‗larni zaharlashda kasallik 
tarqatuvchilarni (virus, mikrob va boshqalar) yo‗qotish uchun urug‗lar quruq, yarim 
quruq, ho‗l ko‗rinishdagi kimyoviy preparatlar bilan yoki issiq ishlov berish usullari 
qo‗llaniladi. 
Purkash usulida zaharli suyuqlik juda mayda tomchilar tarzida o‗simlik 
barglarining butun sirtiga bir tekis purkaladi. Bunda purkalish sifati ish 
suyuqligining tomchilarini maydaligiga (100-400 mk) bog‗liq bo‗lib, suyuqlik qancha 
mayda to‗zitilsa, o‗simliklarga ko‗p zahar o‗tadi. 
CHanglash usulida zaharli dorilar kukunsimon holatda changlatiladi. 
Aerozollashda zaharli suyuqliklarning tomchilari tuman shaklida (0,5...100 
mk) purkaladi.
Fumigatsiyalash usulida zaharli suyuqlik erni haydashdan oldin sepiladi va 
peshma-pesh er haydalib tuproq ostiga tashlanadi. Tuproqqa ishlov berishda esa 
zaharli suyuqlik tuproq ichiga aralashtiriladi. 
Zaharli xo‗raklar sochish usulida kemiruvchi va hashoratlarga qarshi maxsus 
zaharlangan xo‗raklar tayyorlanib dalalarga sochib chiqiladi.,

Download 12,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish