Tepa suyagi
- bir juft bo’lib, kalla qopqog’ining markaziy qismini tashkil qiladi. Tepa suyak turt
qirrali va turt burchakli, sirti gumbazsimon burtib chiqqan plastinka shaklida tuzilgan. Plastinkaning
eng burtib turgan nuqtasida tepa dumbog’i joylashgan. Tepa dumboqdan pastroqda va chetroqdan
chakka chizigi utadi. Chakka chizig’iga chakka muskul birikadi. Bu suyak peshona, chakka va bir-
biri bilan choklar orqali birlashadi. Orqa chekasi ensa suyagining pallasiga birlashadi. Oldingi
chekasi peshona suyagi bilan tojsimon chok orqali birikadi. Ikki yonidan esa yassi tangachali chok
orqali chakka suyaklari bilan birikadi. Chap va ung tepa suyaklari bir-biri bilan sagittal chok orqali
birikadi.
Tepa suyagining ichki botiq yuzasida arteriya egatchalari, miya burmalarning izlari aniq ko’rinadi.
Kallaning yuz bo’limi suyaklari (rasm 3,4)
Kallaning yuz bo’lim suyaklari evolyusiya jarayonida chuqur o’zgarishlarga uchradi. Buning asosiy
sabablaridan bosh miyaning rivojlanishi, nutqni paydo bo’lishi, ovqatni sifatini o’zgarishi
xisoblanadi. Yuz bo’lim suyaklari yuzning suyakli asosini tashkil qiladi, ovqat xazm qilish va nafas
olish tizimlarning, jag’ muskullarning boshlanish qismlaridir. Kallaning yuz bo’limi yuqori va
pastki jag’, tanglay, pastki burun chig’anog’i, dimok, yonoq va til osti suyaklari kiradi.
Yuqori jag’
-
bir juft bulib, yuqori jag’, kuz kosasi, burun va og’iz bo’ushliqlarini xosil qilishda
ishtirok etadi va chaynash jarayonida aktiv qatnashadi.
Yuqori jag’nining tanasi va turtta usig’i bor. Bu peshona, yonoq, tanglay, alveolyar o’siqlardir.
Peshona usig’i
peshona suyagining burun qismi bilan tutashadi.
Yonoq usig’ining
asosida kuz
kosasi, oldingi va chakka osti yuzalari tutashadi. Usiqni uzi esa yonoq suyagi bilan tutashadi.
Tanglay usig’i
medial yo’nalgan bo’lib, ikkinchi tanglay suyagi o’simtasi bilan birikib, qattiq
tanglayni xosil bulishda ishtirok etadi.
Alveolyar usigi
uz yoyida alveolyar kattakchalarni xosil
qiladi. Alveolyar katakchalar bir-biridan to’siqlar bilan ajralgan. Katakchalar ichida tishning
ildizlari joylashgan.
Yuqori jag’ning tanasida 4 yuza – oldingi, chakka osti, kuz kosasi va burun
yuzalari tafovut qilinadi
. Tanasining ichida xavo saqlanadigan turli shaklda uchraydigan kavaklar
bulib, burun bushlig’iga ochilib turadi. Fakat odamda yukori jagning
oldingi yuzasi
kavarik buladi,
uni yuzasida kozik chuqurchasi joylashgan.
Chakka osti yuzasi
oldingi yuzadan yonoq usigi bilan
chegaralangan. Usiqning oldingi yuzasida mayda teshikchalar joylashgan bulib, bu teshikchalardan
qon tomirlari va nervlar yuqori jag’ning tish ildizlariga utadi.
Kuz kosa yuzasi
sillik, kuz kosa
bushlig’iga qaratilgan, orqa yuzaning chekkasi kuz kosasining pastki yorig’i bilan chegaralangan.
Orqa chekkadan ariqcha boshlanadi, ariqchani davomi kuz kosa osti kanaliga aylanadi va suyakni
oldingi yuzasiga ochiladi.
Burun yuzasi
tarkibida chig’anoq qirrasi joylashgan bulib, unga pastki
burun chig’anogi birikadi. Burun yuzasida, kuz yosh ariqchasi utib, burun-kuz esh kanalining xosil
bulishida ishtirok etadi. Bundan tashqari burun yuzasi gaymor bushlig’iga ochiladigan kirish
qismini xosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |