Sportda matematika



Download 15,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/422
Sana22.04.2022
Hajmi15,38 Mb.
#572468
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   422
Bog'liq
4 ANATOMIYA

3
 
Ponasimon suyak
-
juda murakkab tuzilgan bo’lib, tana va uch juft o’simtalardan iborat. Kichik 
qanotlar yukqoriga, katta qanotlar - yonga va lateral tomonga – qanotsimon o’simtalar pastga 
qaratilgan bo’ladi. Ponasimon suyakni tanasi kubsimon shaklga ega bo’lib, xavo saqlovchi 
katakchalardan iborat. Bu katakchalar burun bushlig’i bilan tutashadi. Ponasimon suyak tanasining 
kalla bushlig’iga qaragan yuqori yuzasining o’rta qismida egarchaga o’xshash chuqurcha - turk 
egari joylashgan, bunda endokrin bezlarning “malikasi” - gipofiz o’rnashgan. Ponasimon suyak 
tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasi joylashadigan egatcha bor. Ponasimon suyak tanasi 
orqali ensa suyagi bilan birlashadi. Kichik qanot miya bo’shlig’ini tubini, kuz kosasi yuqori 
devorini xosil bo’lishda qatnashadi. Xar bir kichik qanotning asosida ko’ruv kanali joylashgan. 
3
Frank H. Nettеr, Atlas of human anatomy, Saunders, USA, 2014.Р.-4


88 
Ko’ruv kanalidan ko’ruv nervi bilan kuz arteriyasi uo’tadi. Ponasimon suyakning botiq yuzasi kalla 
suyagining bushlig’iga, yassi yuzasi - kuz soqqasiga, bir oz botilgan yuzasi esa chakka 
chuqurchasiga qaratilgan. Katta qanotlarning asosida yumaloq, chuzinchoq va o’tkir qirrali 
teshiklar joylashgan. Yumaloq va chuzinchoq teshiklardan uch shoxli nerv tarmoqlari o’tsa, o’tkir 
qirrali teshikdan miya pardasiga boruvchi arteriya o’tadi. Katta qanot bilan kichik qanot oralig’ida 
yuqorigi kuz yorig’i joylashgan. Yuqori kuz yorig’idan uch shoxli nervning ikkinchi tarmog’i, 
g’altaksimon nerv, olib qochuvchi nerv va kuz venasi utadi. Ponasimon suyakni qanotsimon 
o’simtalari tanadan tikka ketib, pastga qaratilgan. Xar bir o’simta ichki medial va tashqi lateral 
plastinkadan iborat. 
Peshona suyagi kalla suyagini tomini va asosini xosil bo’lishida ishtirok etadi. Bu suyak turtta 
qismga peshona, juft kuz qismlar, burun qismiga bo’linadi. Peshona qismi yarim aylana shaklida 
bo’lib, qavariq yuzasi tashqariga, botiq qismi ichkariga miya tomon qaratilgan. Pastki yuzasida kuz 
kosasining ustidagi o’tkir chekkasi aniqlanadi, uni ustida qosh usti ravog’ini ajratish mumkin. Qosh 
usti ravog’idan teparoqda bir juft peshona dumbog’i ko’rinib turadi. Bu dumboqlar faqat odamlarga 
xos bo’lib, aqliy faolyat bilan bog’liq va xayvonlarda uchramaydi. Ikkita qosh usti ravog’i orasida 
chuqurlik – kanshar utadi. Peshona qismining yuqorigi chetida tishsimon chok xosil bo’ladi va 
tojsimon chok orqali peshona suyagi tepa suyaklari bilan birikadi. 
Peshona suyakni gorizontal plastinkasi ikkita kuz qismi va ular orasida joylashgan toq, burun 
qismidan iborat. Kuz qismlari yupqa plastinkalardan tashkil topib, pastki yuzasi kuz kosa 
bushlig’iga, yuqorigi yuzasi kalla bushligiga qaragan. Kuz qismining lateral chekkasida kuz yoshi 
bezining chuqurchasi joylashgan. Peshona suyagining burun qismi g’alvirsimon uymani old 
tomondan berkitib turadi. Uning o’rta qismida burun tusig’ini xosil qilishda ishtirok etadigan 
uo’tkir qiltanoq joylashgan. Burun qismidagi juft teshiklar peshona kavaklariga ochiladi. 

Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish