Ikkinchi gurux usullari.
Rentgenologik usuli va uning turlari (rentgenoskopiya, rentgenografiya). Birinchi martaba
P.F.Lesgaft tomonidan anatomiyada qo’llanilgan. Rentgenologik usuli yordamida tirik organizmda
a’zolarni tuzilishini, joylashuvini turli funksional xolatlarda, yoshga qarab o’zgarishlarni
o’rganishda keng foydalaniladi.
Oxirgi yillarda rangli rentgenoskopiya usuli tomografiya usuli bilan birgalikda qo’llanilib, tirik
organizmning strukturalarini rangli tasvirda qatma-qat qatlamlarini ko’rish imkoniyatini vujudga
keltirdi.
Antropometrik usuli – odam tanasining jismoniy tarakkiyot darajisini aniqlash maqsadida, inson
gavdasining shakli murakkab tuzilganligi sababli uning o’lchovlarini aniqlashda qo’llaniladi.
O’lchashning 2 usuli farqlanadi – total va parsial o’lchovlarni aniqlash. Total o’lchovlariga –
tananing massasi, uzunligi va kuo’krak qafasining aylanmasini o’lchovlari kiradi. Parsial
o’lchovlariga – tananing tashkil etuvchi ayrim qism yoki zvenolarni bo’yiga, kundalangiga va
aylanma ko’rsatkichlarini aniqlashi kiradi. Bu o’lchovlar asosida tanani proporsiyalarini, tana
massasini belgilovchi tuzimlarini miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Tana massasi tarkibini
yog’, muskul, suyak komponentlari tashkil etadi. Komponentlarning miqdoriy ko’rsatkichlari
asosida tana somatotipi aniqlanadi.
3. Somatoskopik usuli - yaxlit odam tanasini yoki uni tashkil etuvchi qismlarini sirtdan
tekshirish. Bu usul asosida ko’krak qafasining shakli, muskullarning va teri osti yog’ qatlamini
rivojlanish darajasini, umurtqa pog’onasining kqiyshiqliklarini, tana konstitutsiyasi xususiyatlarini
aniqlash mumkin.
Tibbiyotda bu usul 3 you’lda olib boriladi
: a) palpatsiya - paypaslab ko’rib o’rganish you’li. b)
perkussiya – barmoq yoki bolg’acha bilan tukillatib kurib aniqlash yo’li. v) auskultatsiya – maxsus
eshituv asboblar yordamida eshitib kurish yo’li. Ko’rsatilgan usullar a’zolarni sog’lom yoki
kasallangan xolatini ajratishda katta yordam beradi.
4.Endoskopik usuli – ichki a’zolarni ichki yuzalarini va a’zolar ichida ro’y berayoetgan
jarayonlarni tekshirish mumkin. Endoskop asbobi yordamida xazm tizimining a’zolarini, nafas
olish tizimining a’zolarini, yurak, qon tomirlarni, siydik ajratish tizimining a’zolarini chuqur
o’rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |