Sportda matematika


Qadimgi davrdagi dastlabki anatomik ma’lumotlar



Download 15,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/422
Sana22.04.2022
Hajmi15,38 Mb.
#572468
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   422
Bog'liq
4 ANATOMIYA

Qadimgi davrdagi dastlabki anatomik ma’lumotlar. 
Anatomiya fani o’zining tarixiy rivojlanishida juda murakkab va uzoq yo’l bosgan. Fanning 
taraqqiyoti bir tekisda utmasdan turli davrlarga xos bo’lgan ideologiya uz ta’sirini ko’rsatgan. Diniy 
dunyo qarashlar bo’yicha odam murdasini kesib o’rganish, odam tanasini tuzilishini bilish gunox 
deb xisoblangan va ana shunday diniy ideologiya xukm surgan davrlarda anatomiya fanining 
taraqqiyotiga katta zarar keltirilgan. Bir qancha buyuk olimlar jazolangan, surgun qilingan, xatto 
o’lim jazosiga xukm qilingan. Ruxoniylar xukmronlik qilmagan davrlarda esa anatomiya 
rivojlangan va katta kashfiyotlar va yangiliklar kiritish bilan ifodalangan. 
Anatomiyani o’rganish juda qadimgi asrlardan xali jamiyatlar paydo bo’lmagan davrdan 
boshlangan. Ibtidoiy odamlar o’z faoliyati natijasida ov qilgan xayvonlarni o’ldirganda, turli 
a’zolarni tuzilishini joylashuvini kuzatishgan va qaysi a’zo xayotiy axamiyatga ega bo’lganligini
farqlashgan. Keyinchalik xayvon organizmini tuzilishi asosida odam tanasini chuqur o’rganishga 
xarakat qilingan. Qadimgi Sharq mamlakatlarida – Xindiston, Misr va Xitoyda dastlabki anatomik 
ma’lumotlarga ega bo’lishgan. Ammo odam tanasining tuzilishi xaqidagi bu tushunchalar juda 
yuzaki va xato ma’lumotlarga ega bo’lishgan. Misrning qadimgi papiruslarida, Xitoydagi
“Tibbiyot qonunlari”, Xindistondagi “Xayot kitobi” degan asarlarida odam anatomiyasidan 


53 
ma’lumotlar berilgan. Shu kitoblar asosida qadimgi tibbiyotshunoslar odam organizmini sixat-
salomatligini, kasalligini aniqlashni va davolashni olib borishgan. 
Bizning eramizgacha 
700-600
yillarda
Qadimgi Gretsiyada odam anatomiyasidan sistematik 
ma’lumotlar to’plangan. Anatomiya faniga qadimgi greklar bir qancha anatomik ilmiy tushunchalar 
kiritishgan. Bulardan, anatomik atamalar kiritilishi va shu kungacha anatomiyada ko’p grekcha 
atamalar saqlanib qolgan: arteriya, angiologiya, splen - taloq va xokazo. Greklar 
700
ga yaqin 
anatomik tuzilmalarni tasvirlashgani ma’lum. Qadimgi Gretsiyaning antik davri dunyoga kuchli 
fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan Gippokrat, Platon, Aristotel, Gerofil, Erazistrat kabi o’tkir zexili 
va nixoyatda donishmand olimlarni etishtirib berdi. Ilmiy adabiyotlarida qayd etilishiga ko’ra, bu 
olimlar tabiat xodisalarini iloxiy kuchga bog’lab emas, balki tabiat qonuniyatlari asosida taxlil 
qilganlari tufayli “birinchi materialistlar” deb tan olinganlar. Ularning yaratgan asarlari asosida 
anatomiyani xaqiqiy fan sifatida shakllanishiga asos yaratildi. 
Gippokrat (eramizdan 
460-377
yil ilgari yashagan
) buyuk grek taffakurshunosi, butun 
dunyoga “tibbieyotning otasi” degan nom bilan mashxur. Shu kunga qadar xamma mamlakatlarda 
tibbiy oliygoxlarni bitiruvchilari, bulajak doktorlar Gippokrat qasamini qabul qiladilar. Gippokrat 
nafaqat kasalni, balki shu bemorni o’zini, uning ijtimoiy va yashash sharoitlarini chuqur o’rganish 
kerak degan fikrlarni yuritgan va tibbiyot soxasidagi iboralari bugungi kungacha o’z axamiyatini 
yuqotmadi. 
Gippokrat anatomiyani fan darajasigi ko’tardi, tibbiyotchilar odam anatomiyasini, odam tibbiyotini 
o’rganish zarurligini ko’rsatdi 
(rasm 1
). Bugungi kungacha Gippokratning bir qancha asarlari etib 
kelgan va o’z axamiyatni yuqotmadi. “Anatomiya xaqida”, “Bezlar xaqida”, “Tishlarining chiqishi 
xaqida”, “Bolaning tabiati xaqida”. Yirik tabiatshunos olimlardan Platon (
427-347
yil bizning 
yangi eramizgacha
) umurtqali xayvonlarning bosh miyani orqa miyaning oldingi bo’limlaridan 
rivojlanishini kuo’rsatdi.

Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish