O’quv uslubiy majmua
Sohada AKT
84
istalgan ob’ektga yo’li himoyaning eshelonlangan tizimini kesib o’tadi.
Mudofaaning har bir chegarasi shunday tashkil qilinadiki, qo’riqlash xodimining
javob choralarini ko’rishiga etarlicha vaqt mobaynida xujumchini ushlab turish
imkoni bo’lsin.
So’nggi bosqichda qarshi ta’sir vositalari qabul qilingan himoya
kontseptsiyasiga binoan birlashtiriladi. Butun tizim hayoti tsiklining boshlang’ich
va kutiluvchi umumiy narxini dastlabki baholash amalga oshiriladi.
Agar bir binoning ichida turli himoyalash talablariga ega bo’lgan ob’ektlar
joylashgan bo’lsa, bino otseklarga bo’linadi. SHu tariqa umumiy nazoratlanuvchi
makon ichida ichki perimetrlar ajratiladi va ruxsatsiz foydalanishdan ichki himoya
vositalari yaratiladi. Perimetr, odatda, fizik to’siqlar orqali aniqlanib, bu to’siqlardan
o’tish elektron usul yoki qo’riqlash xodimlari tomonidan bajariluvchi maxsus
muolajalar yordamida nazoratlanadi.
Umumiy chegaraga yoki perimetrga ega bo’lgan binolar guruhini
himoyalashda nafaqat alohida ob’ekt yoki bino, balki uning joylanish joyi ham
hisobga olinishi zarur. Ko’p sonli binolari bo’lgan er uchastkalari xavfsizlikni
ta’minlash bo’yicha umumiy yoki qisman mos keladigan talablarga ega bo’ladi,
ba’zi uchastkalar esa perimetr bo’yicha to’siqqa va yagona yo’lakka ega. Umumiy
perimetr tashkil etib, har bir binodagi himoya vositalarini kamaytirish va ularni faqat
xujum qilinishi extimoli ko’proq bo’lgan muxim ob’ektlarga o’rnatish mumkin.
Xuddi shu tariqa uchastkadagi xar bir imorat yoki ob’ekt xujumchini ushlab qolish
imkoniyati nuqtai nazaridan baxolanadi.
YUqoridagi keltirilgan talablar taxlili ko’rsatadiki, ularning barchasi
axborotni ishlash va uzatish qurilmalaridan xuquqsiz foydalanish, axborot
eltuvchilarini o’girlash va sabotaj imkoniyatini yo’l qo’ymaslikka olib keladi.
Binolar, imoratlar va axborot vositalarining xavfsizlik tizimini nazorat
punktlarini bir zonadan ikkinchi zonaga o’tish yo’lida joylashtirgan xolda
kontsentrik halqa ko’rinishida tashkil etish maqsadiga muvofiq xisoblanadi (1.4-
rasm).
1-hudud.
Kompyuter
tarmog’i
(KT)
xavfsizligining tashqi zonasi Ta’minlanishi:
-
fizik tusiqlar
-
perimetr bo’ylab o’tish joylari
-
xududga kirish nazoratining noavtomatik tizimi
2-hudud.
KT xavfsizligining o’rtadagi zonasi
Ta’minlanishi:
-
eshiklari
elektron
himoyalangan
nazorat
punktlari
-
videokuzatish
-
bo’m bo’sh zonalarni chiqarib tashlash
Do'stlaringiz bilan baham: