O’quv uslubiy majmua
Sohada AKT
24
Har qanday o’chirilgan fayllarni tiklash imkoniyati bo’lib, bunday
amaliyotlar maxsus dasturiy ta’minotlar yordamida bajariladi. Ma’lumotlarni
tiklash
hozirda eng serdaromad yo’nalishlardan biri hisoblanadi. M’alumotlarni tiklash
jarayonida mutaxassis hech qachon 100 foizlik kafolat bilan ish boshlamaydi.
Ma’lumotlarni tiklash jarayoni maksimum 90-95 foizgacha tiklash imkonini beradi.
Axborot resurslari va tizimlari.
O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11
dekabrdagi 560-II son “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga binoan
quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot
tizimlaridagi
(kutubxonalardagi,
arxivlardagi,
fondlardagi,
ma’lumotlar
banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari.
Axborot tizimi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda
undan
foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Kompyuterning dasturiy ta`minoti.
Dasturiy ta‘minot deganda, hisoblash
texnikasi vositalari bilan ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan
foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
Dasturiy
ta‘minot tomonidan bajariladigan funktsiyalarga bog’liq holda, uni quyidagi to‘rt
guruhga bo’lish mumkin:
1. Tizimli dasturiy ta‘minot
2. Amaliy dasturiy ta‘minot
3. Xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta‘minot
4. Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari
Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va
amaliy dasturlar uchun me‘yordagi ish muhitini ta‘minlaydi. Tizimli DT apparat
vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba‘zida kompyuterning bir qismi deb
ham hisoblashadi.
Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot
tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun moljallangan.
Xizmat ko‘rsatuvchi DT tarkibiga foydalanuvchi
va ShK uchun xizmat
qiladigan ilova va dasturlar tushuniladi. Bunday dasturlardan foydalanish orqali ShK
optimal holatda ishlashini ta‘minlash mumkin.
Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari orqali tizimli dasturiy
ta‘minot, amaliy dasturiy ta‘minot hamda xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta‘minot
uchun zaruriy ilova va dasturlarni yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: