57
psixologik,
tashkiliy jixatlar, ota-ona tomonidan irsiy o‘zgaruvchilar orqali
o‘tadigan birliklardir.
Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni mo'him va o'ziga xos, albatta,
irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va
jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkinligi, lekin
bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar
orasida yashashi, jamiyatda munosabatlar o‘rnatishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi
va ma'lum xulq- odob qoidalariga amal qilishi lozimdir. Insonning shaxs sifatida
shakllanishida muhit (geografik, ekologik, axborot vositalarining uzoq-yaqinligi,
ota-ona, bobo-buvilar tarbiyasining to‘laqonligi, tashqi muhit va h.k)
beqiyos
amiyat kasb etadi.
Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o'rni beqiyos.
Buyuk insonlar o'z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay mehnat
qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi
mumkin, qobiliyat va iste'dodni ro‘yobga chiqarish uchun ham o'z ustida
ishlanishi zarurdir.
Masalan, buyuk iste'dod sohibi Muxtor Ashrafiy kunlardan bir
kun shogirdinikiga tashrif buyuribdi. Shogirdi fortopiano oldida o‘tirib, kuy
bastalayotgan ekan. Shogirdining rafiqasi ilhom parisi kelganda, turmush
o‘rtog‘iga halal bermaslik uchun ustozga bir pas o‘tirib turishni maslahat
beribdi. Bir necha daqiqadan so‘ng shogird Muxtor Ashrafiy yoniga peshvoz
chiqibdi. Salomlashgach, Muxtor Ashrafiy shogirdiga qarata:”Men bugun
kechasi bir kuy bastaladim. Marhamat, tinglab ko‘r, debdi va fortopiano yoniga
kelib, bir necha daqiqa oldin yangragan kuyni ijro etibdi. Shogird hangu-mang
bo‘libdi. Qanday qilib, ikki kishi bitta kuyni bastalashsa?! Biron nota ham
o‘zgarmasa? Bunaqa sira bo‘lishi mumkin emas-ku?!,-deb hayron qolibdi.
Shunda Muxtor Ashrafiy xandon urib kulibdiyu, hazillashayotganini aytibdi.
Muxtor Ashrafiydagi buyuk iste'dod, xotirlash qobiliyatining kuchliligiga shogird
tasanno aytibdi. Shunday qilib, mashhur musiqachi, bastakor Muxtor Ashrafiy
o‘zining buyuk iste'dod egasi ekanligini namoyon qilgan ekan.
58
Yoki yana bir iste'dod sohibi, birdaniga bir necha sohalarda faoliyatini
namoyish qilgan buyuk rassom, arxitektor, matematik Leonardo Da Vinchi o‘z
ustida tinmay izlangan, mashaqqat bilan mehnat qilganligi hyech kimga sir emas.
Yoshligida juda qashshoq yashagan Leonardo kunlarning birida tabiat quynida
rasm chizish uchun Florensiyaning chekka qishlog‘iga kelibdi va yashash uchun
ijaraga kichik hujra tanlabdi. Vaqt o‘tibdi, ammo Leonardo hujra pulini to‘lay
olmabdi. Hujra egasi xasis va qitmir ekan. U rassomni tanimabdi va undan ijara
haqqini talab qilibdi. Rassom ikki soatlardan so‘ng pulni to‘lashga va'da beribdi.
Oradan ikki soat o‘tgach Leonardo Da Vinchi mo‘jazgina tugunchasini ko‘tarib,
hujradan chiqibdi va pulni stol ustida qoldirganligini aytib, hujra egasi bilan
xayrlashibdi. Xasis hujra egasi xonaga kirsa, stol ustida yaraqlab turgan bir
uyum tilla tangalarni ko‘ribdi va ochko‘zlik bilan ularga qo‘l cho‘zibdi, ammo
qo‘li stolning ustida mohirlik bilan chizilgan rasm ustida qolganligini ko‘rib,
hayratdan yoqa ushlabdi... Ancha vaqtdan keyin hujraning egasi ushbu stolni
juda katta pulga sotishga muvaffaq bo‘lib, mislsiz darajada boyib ketibdi.
Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste'dodga aylanishi,
insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir.
«Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq»
tushunchalari bilan
chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi»
20
.
Bola aynan turli faolliklar yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi.
Demak, tahsil oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda
boshqariladigan faol jarayondir. Ya'ni, faoliyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan
boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi
olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos
faollik shaklidir. Bu-o'quvchining darslarda muayyan predmetlar mohiyatini o'z
tasavvuri doirasida, malum bir echim orqali bilishga,
yangi kashfiyotlar
yaratishga qaratilgan faoliyatdir.
1
1
1 Karimova V. Psixologiya.-Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2010.-97-бет.
59
O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik
mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Bunday
harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab oladi. Bola shaxsining
rivojlanishida harakatlar quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi:
-pereptiv-bunda o'quvchi ongida jismlar va hodisalar to'grisidagi
yaxlit siymo
(obraz) shakllanadi;
-mnemik faoliyat- narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador
materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi;
-imajitiv faoliyat-(«imaje» -«obraz»)-ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya
vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda
saqlashni taqozo etadi.
O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz bergan
bo'lsa, bunday jarayon
pedagogika va psixologiyada
Do'stlaringiz bilan baham: