O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI
M. XUDOYQULOV
JU R N A L IST IK A G A K IR IS H
O'quv qo'llanmasi
Toshkent
2005
www.ziyouz.com kutubxonasi
oJurnalistikaga kirish* kursi matbuotshunoslik fanida asos
o 'rin tutadi. Mazkur kuis matbuotning mohiyati, uning kel
chiqish sabablari, funksiya va
prinsiplari, ommaviy axbor
vositalari tasnifi hamda boshqa ichki, obyektiv qonuniyatlari
o'rganadi. Bu kurs ikki qismdan iborat bo lib, uning birinc
qismi — «Ommaviy axborot vositalari nazariyasi*, ikkinchi qisr
esa «Ommaviy axborot vositalari tipologiyasi® deb ataladi.
Mazkur o 'q u v qo'lianm asi jumalistika fakultetlari talabala
uchun mo'ljallangan bo'lib, undan jumalistlar va barcha qiziqqa
kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
Mas'ul muharrir:
Tarix fanlari doktori Q.T.Ernazaro
Muharrir:
Filologiya fanlari nomzodi
G N.Tavaldiyeva
2
www.ziyouz.com kutubxonasi
OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI NAZARIYASI
KIRISH
Ommaviy
axborot
vositalari
nazariyasi
—
ijtimoiy
informatsiyaning paydo bo'lishi va tarqalishi hamda bu borada
asosiy o 'rin tutuvchi ommaviy axborot vositalari — gazetalar,
jumallar, radio, teleko'rsatuvlar, axborot agentlikiarining ishi,
faoliyatini o'iganuvchi fandir. Boshqacha qilib aytganda, mazkur
kurs matbuot haqida, uning ilmiy-obyektiv qonuniyatlari haqida
bahs yuritadi.
Matbuot so 'zi arabcha «tabaa» (bosmoq) so'zidan olingan
bo'lib, «bosma mahsulot* degan m a'noni bildiradi. Ya’ni, bosma
usulda
chiqariladigan, ko'paytiriladigan
barcha
mahsulot
matbuotni tashkil etadi. Ana shu matbuotning asosiy qismini
1 vaqtli, to 'g rirog'i davriy matbuot tashkil etadi. Bu ma'lum
vaqtlarda,
davriy tarzda doimiy chiqib
turadigan
matbuot
nashrfaridir. Matbuot atamasi bilan bir qatorda jumalistika atamasi
ham ishlatiladi. Bu so 'z fransuzcha “Joum al” so'zidan olingan
bo'lib, “ kundalik” degan m a'noni bildiradi. Jumalistika atamasi
o 'z navbatida bir necha m a'noda ishlaliladi:
1) . Bosma mahsulotlar, ya’ni matbuot nashriarining yig'indisi;
2)
. Matbuot nashrlarini chiqarish, ulaiga materiallar tayyorlash
bilan bog'liq kasb;
3)
. Matbuotning ichki qonuniyatlarini o'iganuvchi fan sifatida
qo'llaniladi.
Keyinchalik,
vaqtli
matbuotning tarkibiga bosma
usulda
chiqariladigan gazeta va jumallar bilan bir qatorda uning texnikaga
asoslangan
yangi
turlari
—
radio,
teleko'rsatuvlar
kelib
qo'shilgach, bularning umumiy majmuasiga ommaviy axborot
vositalari deb nom berildi. Ommaviy axborot vositalarining asosini
matbuot tashkil etadi, ular matbuot qonuniyatlari asosida ish
ko'radilar, shu
boisdan bularni qisqacha matbuot deb yuritish
mumkin.
Matbuot insoniyat jamiyatida doimo muhim o 'rin tutib kelgan
Sivilizatsiyalashgan har qanday jamiyatda har qanday ijtimoiy-
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
siyosiy harakat matbuotsiz bo'lib o'tishi mumkin emas. Hozirgi
zamon insoniyati hayotini matbuotsiz, gazeta va jurnallarsiz, radio
va teleko'rsatuvlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Inson nonsiz, noz
ne'matlarsiz yashay olmaganidek ma'naviy ozuqa b o lm ish
matbuotsiz ham yashay olmaydi.
Kishilik jamiyatida, insonlarning hayoti va faoliyatida bunchalik
ulkan va zarur o 'rin tutib kelayotgan matbuotning o 'z i nima? U
qachon va qanday sharoitda paydo bo'lgan? Matbuotning vujudga
kelishidagi ijtimoiy-siyosiy sabaWar nimada? Matbuot qanday
qonuniyatlar asosida ish
ko'radi? Ana shu savollarga matbuot
haqidagi fan — ommaviy axborot vositalan nazariyasi
javob
beradi. Ya’ni, matbuot ham insoniyat jamiyatidagi boshqa ijtimoiy
hodisalar qatorida o 'z ichki-ohyektiv qonuniyatlariga egadir va
OAV nazariyasi fani ana shu qonuniyatlami o'rganadi. Demak,
OAV nazariyasi kursi ijtimoiy informatsiya va matbuotning kelib
chiqishi, uning mohiyati, funksiya va prinsiplari haqidagi fandir.
Matbuotni
ijtimoiy
hodisa
sifatida
o'rganishda
turlicha
qarashlar, fikrlar mayjuddir. Shu paytgacha bizda jamiyatdagi
boshqa ijtimoiy hodisalar qatorida matbuot ham markscha-
lenincha ta'lim ot asosida,
sinfiy-g'oyaviy
nuqtayi
nazardan
o'rganilib kelindi. Mamlakatimizning milliy mustaqillikka erishuvi
natijasidagina boshqa ijtimoiy fanlar qatorida matbuot nazariyasi
sohasida ham yangicha, xolis, umuminsoniy qarashlar qo'llanila
boshlandi. “ Bizlaming endigi vazifamiz — ma'naviy hayotimizni ,
ilm-fanimiz faoliyatini, izlanishlarimizni eski mafkura qoliplaridan
xalos etish, tafakkurimizni qullik iskanjasidan forig' qilishdan
iborat b o 'lm o g 'i zanir”,— deb ta'kidlagan edi O'zbekiston
Prezidenti I.A. Karimov1. Shu munosabat bilan matbuotshunoslik
fanining asosiy tarkibiy qismi, o'zagi bo'lgan OAV nazariyasi kursi
ham endilikda to 'g 'r i, ilmiy xolislikka asoslangan umuminsoniy
qarashlar asosida qayta ishlab chiqilmoqda. Natijada mazkur fan
ham tobora ijodiy rivojlanib, eski va o 'z umrini yashab bo'lgan
1
Kanmov I A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. —Toshkent; O'zbekiston
nashriyoti, 1994, 168- bet
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'nikmalardan xalos ho'lih bormoqda. OAV nazariyasi fani
matbuot haqidagi boshqa fanlar bilan, jumladan matbuot tarixi
bilan chambarchas bog'liqdir. Boshqacha qilib aytganda, matbuol
nazariyasi matbuot nashriari tarixiy tajribasining umumlashmasidir.
Mazkur fan shu bilan birgalikda amaliy, ijodiy ahamiyat ham kasb
etadi.
Ya'ni,
u matbuotning tarixiy tajribasidan uning shu kungi
faoliyati uchun zarur bo'lgan, unda keng qo'llaniladigan amaliy,
ijodiy
xulosalar chiqaradi.
Binobarin,
matbuot nazariyasi
matbuotning mohiyati, jumalistik ijod va mahorat haqidagi fandir.
OAV nazariyasi ijtimoiy voqelikni aks etlirishning alohida bir
qonuniyatga asoslanuvchi turi bo'lgan publitsistika nazariyasi bilan
ham chambarchas bogliqdir. OAV nazariyasi kursi ijtimoiy fan
sifatida falsafa, tarix, siyosatshunoslik kabi fanlar bilan ham n'zaro
aloqada bo'ladi. [jodiy xususiyati jihatidan adabiyotshunoslik, til
nuqtayi nazaridan esa tilshunoslik fanlari bilan ham bag'lanih
ketadi. Ommaviy axborot vositalari nazariyasi fani universitetlar
jumalistika fakultetlari uchun asosiy, etakchi fan sanaladi. U
bakalavr va magistrlar tayyorlashning butun kurslari davomida
o'qitiladi hamda undan diplom ishi yoziladi, davlat imtihoni
topshiriladi. Kursning vazifasi talabalarga
matbuotning ichki,
obyektiv qonuniyatlari haqida chuqur, har taraflama nazariy bilim
berish hamda ulami matbuot nashrlari
va OAV da ishlashlari
uchun kasbiy malakalar hosil qildirishdan iboratdir. Ya’ni bu kurs
jumaljstlaming kasbiy tayyorlanishida markaziy o'rinni egallaydi.
Kurs ilmiy ma'ruza, savol-javob va boshqa xildagi amaliy
mashg'ulotlar tarzida olib boriladi Talahalarning
bu
kursdan
olgan bilimlari reyting va test usullari asosida tekshirib boriladi.
Buning
uchun talabalardan
m ashgulotlaiga
muntazam
qatnashish, berilgan ilmiy adabiyotlami
chuqur o'zlashtirish,
OAV ning kundalik faoliyati bilan tanishib borish talab etiladi.
5
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |