Milliy universiteti m. Xudoyqulov ju r n a L ist ik a g a k ir is h


MATBUOT PAYDO BO'LISHINING IJTIMOIY -



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/33
Sana21.04.2022
Hajmi4,27 Mb.
#570901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Muxtor Xudoyqulov. Jurnalistikaga kirish

MATBUOT PAYDO BO'LISHINING IJTIMOIY -
SIYOSIY SABABLARI
Matbuotning paydo bo'lish sabablari matbuot nazariyasidagi 
eng 
muhim 
masalalardan 
biridir. Zeroki, 
matbuot 
paydo
bo'lishining 
ijtimoiy-siyosiy 
va 
tarixiy 
sabablari 
aniq
bilingandagina uning ijtimoiy tabiatini va jamiyat hayotidagi rolini 
aniq mushohada etish mumkin.
Matbuotning paydo bo'lish sabablari to'g'risida turli xil 
qarashlar mavjuddir. Dunyoning yetakchi matbuotshunos olimlari 
matbuotning kelib chiqish sabablarini kishilaming informatsiyaga, 
yangiliklami bilib turishga bo'lgan ehtiyoji bilan bog'laydilar. 
Masalan, AQSHda jurnalistika sohasidagi asosiy 
nazariy asar 
hisoblangan “ Matbuotning to 'rt nazariyasi” deb 
nomlangan 
kitobda shunday fikr bayon qilingan. Uning mualliflari F.Sibert, 
Piterson va U Shrammlar matbuotning vazifasini “xabardor qilish, 
yangilikni sotish va o'quvchilam ing ko'nglini ochish“dan iborat, 
deb ta'riflaydilar va uning paydo bo'lishida 
insoniyatning 
informatsiyaga bo'lgan ehtiyoji asosiy rol 
o'ynagan, deb 
ta'kidlaydilar. Rim universitetining professori F.Fatorelloning 
“Informatsiyaning ijtimoiy texnikasi” deb nomlagan asarida ham 
yuqoridagi fikr o lg 'a suriladi. Marksizm-leninizm tarafdorlari esa 
matbuotning 
kelib chiqish sabablarini jamiyatdagi 
g'oyaviy 
qarama-qarshiliklar, sinfiy kurash natijasidir, deb ko'rsatadilar. 
Ulaming fikricha matbuot sinfiy jamiyatda, iqtisodiy va siyosiy 
munosabatlarning, 
sinfiy 
qarama-qarshilikning 
kuchayishi 
bazasida vujudga kelgan va sinflar qo'lida g oyaviy ta'sir etish 
vositasi, 
sinfiy kurash 
quroli 
bo'lib xizmat qiladi, deb 
ta'kidlanadi. X o'sh, bu fikrlaming qaysi biri to 'g 'ri? Matbuot 
paydo bo'lishining tub sabablari nimalardan iborat?
Matbuot paydo bo'lishining tub sabablari awalo insoniyat 
jamiyati tarixi, taraqqiyoti bilan bog'liqdir. Matbuot tarixning 
tabiiy mahsulidir, uni insoniyatning tarixi, hayoti, taraqqiyotidan 
ajratib bo'lmaydi. Matbuotning paydo bo'lishining tub sabablari 
kishilikning ilk davrlariga borib taqaladi. Insonlarning bir-biri bilan 
o'zaro 
muloqatda 
bo'lish, 
bir-birlariga 
biron 
tushunchani
9
www.ziyouz.com kutubxonasi


yeikazish ehtiyoji aw alo tilning paydo bo'lishiga, so'zning vujudga 
kelishiga sabab ho'lganligi ma'lumdir. Keyinchalik esa jamiyat, 
inson tafakkurining taraqqiyoti bilan yozuv paydo bo'ldi, bu esa 
o 'z navbatida bosma s o 'z — matbuotning kelib chiqishiga sabab 
bo'ldi. Bunda, albattaki, kishilaming informatsiyaga bo'lgan 
ehtiyoji asos bo'ldi.
Ammo matbuot o 'z -o 'z id a n , 
shundayicha paydo bo'lib
qolmadi. Garchi insoniyatning informatsiyaga bo'Igan chtiyoji 
matbuotning paydo bo'lishi uchun asos, poydevor bo'lgan bo'lsa- 
da, uning paydo bo'lishida yana qator ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy 
va tarixiy sabablar, ehtiyojlar ham mavjuddir. Matbuot aw alo 
insoniyat sivilizatsiyasining qonuniy mahsuli va uni taraqqiy 
ettiruvchi muhim omillardan biridir. Davriy matbuot jamiyat 
taraqqiyotining shunday bir bosqichida vujudga keladiki, bunda:
a) yozuv paydo bo'lgan va rivojlangan bo'lishi kerak;
b) aholining ko'pchilik qismi savodxon bo'Iishi kerak;
v) matbuotning texnikaviy asosi yaratilgan, bosma dastgoh va 
boshqa zarur asboblar ishlab chiqilgan bo'lishi kerak;
g) jamiyatdagi hukmron va boshqa gumhlar, tabaqalar bosma 
so 'z vositasi bilan siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy manfaat ko'rish 
ehtiyojini sezgan bo'lishi kerak. Ya'ni, jamiyatdagi mavjud sinf, 
tabaqa, guruhlar yoki shaxslar xalq ommasiga o 'z
g oyaviy 
ta'sirini o'tkazish, ommaga o 'z flkri, g'oyalarini bildirish uchun 
matbyotdan fjydalanish ehtiyojini sezishi kerak. Shu bilan birlikda 
matbuot nashrlari chiqarib, 
sotib 
mablag’ orttirish, foyda 
olishdan iborat bo'lgan iqtisodiy ehtiyoj ham mavjud bo'lishi 
mumkin. Ana shu ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy va iqtisodiy tarixiy 
ehtiyojlar matbuotning paydo bo'Iishiga, uning nashrlari, ommaviy 
axborot vositalarining 
bcvosita tashkil topishiga sabab, turtki 
bo'lib xizmat 
qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, 
insoniyatning 
informatsiyaga bo'lgan ehtiyoji matbuotning paydo bo'lishida 
asos, bosh ehtiyoj bo'lgan b o ’lsa-da, kishilik jamiyatida paydo 
bo'lgan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy va iqtisodiy ehtiyojlar uning 
bcvosita vujudga kelishida turtki bo'lgan. 
Kishilik jamiyati 
tarixidagj ilk nashrlardan tortib to hozirda foaliyat ko'rsatib 
kelayotgan barcha matbuot nashrlari, ommaviy axborot vositalari
10
www.ziyouz.com kutubxonasi


flkrimizning dalili bo'la oladi. Masalan, eramizdan oldingi 1 asrda 
Rim imperatori Yuliy Sezar tomonidan 
chiqarilgan ganchdan 
yasalgan maxsus taxtachalar matbuotning ilk kurtaklari sanaladi 
Bular “ Acius Senatus” 
(“Senat voqealari”) va 
“Actus populi 
Romani” (“ Rim xalqi hayotiga doir voqealar”) deb atalib, ularda 
o sha davr hokimiyatining oliy boshqaruv idorasi bo'lgan senat 
yig'ilishi haqidagi xabarlar va Rim xalqi hayotiga doir voqealar 
yozilar va ular odamlar o'qishlari uchun shaharning govjum 
joylariga qo'yib qo'yilardi. Bu gips taxtachalar garchi o 'sh a davr 
odamlariga 
turli 
informatsiyalar 
yetkazib 
bersa-da, 
uning 
chiqarilishiga 
sabab 
Rim 
imperiyasi 
hukmdorlarining 
o 'z
qarashlarini ommaga yetkazish, unga g'oyaviy 
ta'sir ko'rsatib 
turishdan iborat bo'Igan 
ijtimoiy-siyosiy ehtiyoji bo'lgan edi. 
Keyinchalik, VIII asrda Xitoyda “ Poytaxt yangiliklari” 
dcb 
atalgan taxtaga o'yib yozilgan gazetalar paydo bo'ldi. Xuddi 
shunday ilk nashriar Yaponiyada ham taxtaga o'yilib, “ Bosma 
gazeta“ nomi bilan chiqarildi. Mazkur nashrlar ham kishilarga 
yangiliklar yetkazib berish bilan birlikda o 'sh a mamlakatlar 
hukmdorlarining ijtimoiy-siyosiy qarashlari, manfaatlarini aks 
cttiigan edi.
Bosma dastgohning ixtiro qilinishi insoniyatning madaniy- 
m a'naviy taraqqiyotida ulkan qadam bo'ldi va matbuotning keng 
ko'lam da rivojlanishiga yo'I ochib berdi. XVI asrning o rtalariga 
kelib Yevropada bosma dastgoh ixtiro qilindi. (Germaniyada Iogan 
Gutenberg kitob bosish uchun qo'llaniladigan ilk uskunalarni 
yasadi, 1564—yilda esa Rossiyada Ivan Fyodorov tomonidan 
birinchi bosma kitob - “A n o c m i” nashr clildi). Keyinchalik 
bunday bosma dastgohlardan ilk matbuot nashrlari - gazetalar 
nashr etishda foydalanila boshlandi. Yevropada birinchi bosma 
gazetalar paydo bo'ldi. Bular — 1609—yilda Germaniyada nashr 
etilgan “Oder saytung”, 1622—yilda Angliyada nashr etilgan “ Uikli 
nyus from", 1631—yildan fransuz tilida chiqa boshlagan “La- 
gazeta” 
boshqalardan 
iborat 
edi. 
Bu gazetalar 
ommaga 
informatsiya 
yetkazib 
berish 
bilan 
birlikda 
o 'sh a 
davr 
hukmronlarining siyosatlariga xizmat qilar edi. Rossiyada birinchi 
bosma gazeta Petr I ning buyntg'i bilan 1702—yildan e'tiboran
n
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqa boshlagan “ BeaoMOCTH” gazetasi bo'lib, u ham podshoni 
ulug'lash, rus imperiyasini mustahkamlash uchun xizmat qildi. 
Turkistondagi birinchi bosma gazeta 1870—yildan Toshkentda 
chiqarila hoshlangan “TypKecTaHCKHe BeneMOCTH” va uning 
o'zhek tilidagi ilovasi “Turkiston viloyatining gazeti” bo'lib, bu 
nashr 
ham 
o'lkani 
Rossiyaga 
tobe 
qilib 
saqlashda 
chor 
podshosining ijtimoiy-siyosiy manfaatlari uchun xizmat qildi. 
Keyinchalik, Amerika, Angliya, Germaniya va boshqa rivojlangan 
mamlakatlanda chiqarilgan ko'plab nashrlar, vujudga kelgan 
ommaviy axborot vositalari esa ko'proq iqtisodiy ehtiyojlar natijasi 
bo'ldi. O 'tgan asming o'rtalaridan vujudga kelgan kommunistik 
matbuot 
nashrlari esa kommunistik yakka g'oya hokimligini 
saqtab turish maqsadida chiqarildi.
O 'z miiliy istiqloliga erishgan, demokratik, xuquqiy davlat 
qurish yo'lida borayotgan mustaqil respublikamizda ko'plab 
matbuot nashrlari va boshqa ommaviy axborot vositalari ish 
ko'rm oqda. Ular ommaga keng tarzda informatsiya yetkazih 
bermoqda, 
shu 
bilan 
birlikda 
mamlakatimiz 
mustaqilligini 
mustahkamlash, umuminsoniy qadriyatlami, milliy mafkurani 
singdirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish