Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/70
Sana21.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#569780
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
xxxa

Rejadagi egri radiusi, m
50 
60 
95 
140 
225 
325 
425 
575 
650 
Egridagi qatnov qismining 
enini kengaytirish miqdori, m 
2,2 
2,0 
1,5 
1,3 
1,1 
1,0 
0,95 
0,85 
0,8 
6.3. AHOLI YASHASH JOYLARIDA HARAKATNI TASHKIL ETISH 
Tayanch so‘zlar va iboralar: aholi punktlari; ajratuvchi tasma; 
sun’iy yoritish; piyodalar yo‘lagi; velosiped yo‘lagi; mahalliy tasma; 
piyodalar o‘tish joyi; yer osti; yer usti; piyodalar estakadasi; piyodalar 
svetofori; bolalar muassasalari.
Piyodalar harakatini tashkil etish tamoyillari.
Piyodalar harakatini tashkil 
etish Avtomobil yo‘llarini va shahar ko‘chalarini ikkita bo‘lakka bo‘lib olib 


92 
borilishi lozim. Birinchi bo‘lak chorraha va tutashma joylar, ikkinchi bo‘lak 
chorraha va tutashmalar oralig‘idagi yo‘l bo‘yidagi mintaqa. 
Piyodalar harakatini tashkil etish quyidagi 
tamoyillar
bo‘yicha amalga 
oshiriladi: 
I. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydilar. 
II. Piyodalar transport vositalarining harakatiga qisman (vaqti-vaqti bilan) 
ta’sir ko‘rsatadilar. 
III. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatadilar. 
Avtomobil 
yo‘llarining aholi punktlaridan o‘tgan uchastkalarida 
harakatlanish uchun birmuncha noqulayliklar vujudga keladi. Ular asosan 
mahalliy harakatning ko‘pligi, piyodalarning harakati, jamoat transportlarining 
to‘xtash joylari mavjudligi, yo‘l yaqinida joylashgan har xil binolar borligi 
«tranzit» Avtomobillarining o‘tishiga katta halal beradi. 
O‘zbekiston yo‘l tarmoqlarining 55-95%i aholi yashaydigan punktlardan 
o‘tgan bo‘lib, [2] Rossiya va Ukraina yo‘l tarmoqlaridagi xuddi shunday 
ko‘rsatkichga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p demakdir [2]. 
Harakat miqdori aholi yashaydigan joydan o‘tgan uchastkalarda 8-15, ayrim 
hollarda esa 20 ming avt/sut. bo‘lishi mumkin. Jamlovchi halokatlik 
koeffitsiyentlar yig‘indisi ba’zi bir hollarda 180-350 miqdorga yetadi yoki bu 
me’yordagi ko‘rsatkichdan 4,5-7 marta ko‘pdir. Yana shuni aytib o‘tish kerakki, 
Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari yoqasida aholi punktlarining joylashib 
borishini 1960-1996 y. ichida tahlil qilganimizda [2] aholi punktining yo‘l 
yoqasida yildan-yilga o‘sib borishi yo‘lning ahamiyatiga qarab 1,5-4,0 % tashkil 
qilar ekan. 
Avval aytib o‘tganimizdek, O‘zbekiston yo‘llarida transport oqimida 
Avtomobil transporti bilan traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari birgalikda 
harakat qilishi natijasida ma’lum qiyinchiliklar tug‘iladi, aholi yashaydigan 
uchastkalarda esa bu noqulaylik ortadi. 
Aholi punktidan o‘tgan yo‘llarda harakatni to‘g‘ri tashkil qilish uchun 
quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak: 
1. Yo‘l belgisini, yo‘l belgi chizig‘ini, yo‘l to‘sig‘ini va yo‘naltiruvchi 
qurilmalarni joylashtirish. 
2. Yengil va yuk avtomobillarini alohida harakat tasmalari bo‘yicha 
harakatlantirish. 
3. Ajratuvchi tasma o‘rnatish. 
4. Bir tomonlama harakatni tashkil qilish (yo‘nalishlar bo‘yicha harakatni 
boshqa-boshqa ko‘chalarda tashkil etish). 
5. Sun’iy yoritishni ta’minlash. 
6. Piyodalar harakatini tashkil qilish. 


93 
7. Velosipedchilarning harakatini tashkil qilish. 
Bundan oldingi 1, 2, 3, 4-bandlarida keltirilgan takliflar to‘g‘risida to‘xtalib 
o‘tganimiz tufayli, quyida aholi punktlarini sun’iy yoritish, piyodalar va 
velosipedchilar harakatini tashkil qilish ustida to‘xtalamiz. 
Harakat xavfsizligini oshirish maqsadida aholi yashaydigan punktlarda 
transport vositalari va piyodalarning harakat miqdoriga qarab piyodalar o‘tish 
joylarining jihozlanish darajasi [7] o‘zgarib boradi (6.4-rasm). «Zebra» 
ko‘rinishdagi piyodalar o‘tish joyi II, III toifali yo‘llarda avtomobillarning harakat 
miqdori 200 avt/soat va undan yuqori bo‘lganda piyodalar yig‘ilib, yo‘lni kesib 
o‘tadigan joylarda o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. 
Piyodalar o‘tish joylarini I darajali avtomobil yo‘llarida ikki sathda 
qurilishini ta’minlash zarur. 
Bolalar muassasalari mintaqasida harakatni tashkil etishda hozirda 
ishlatiladigan texnik vositalar quyidagilardan iborat: yo‘l belgilar, yo‘l belgi 
chiziqlari, transport svetoforlari, piyoda svetoforlari, yo‘l to‘siqlari. Bunday 
an’anaviy usulda harakatni tashkil etilishida bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv 
kamchiliklar mavjud. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish