Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/369
Sana21.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#569706
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   369
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

13. Imom Molik q. t. s. 
Aning ta’rifi muncha basdurkim, bu mazkur bo‘lg‘an, uch Imom muqobalasida mazhab tuzatibdur va 
masoil ijtihod qilibdur. Va bu ummatning to‘rt ulushidin bir ulushi aning mazhabidin ixtiyor 
qilibdurlarki, bular orasida oliyqadr mashoyixu ulamo bor ekandurlar va holo ham bordurlar va olamda 
bu mazhab shoye’dur.
14. Muhammad Aslam Tusiy q. t. s. 
Yagonai mutlaq va muqtadoyi barhaq erdi. Ani «Lisoni Rasul» debdurlar va «Shahnai Xuroson» 
bitibdurlar. Va Hazrati Imom Ali Muso Rizo r. a. bila kajavada bir tevada Nishoburga kirdi va Ishoq b. 
Rohavayh teva mahorin tortar erdi: Va Abdulloh Tohirki, vaqt xalifasi erdi, aning xizmatig‘a bordi. 
Anga bor bermadi va ko‘rmadi. Va ul eshikdin qo‘nmadi. Va juma kuni erdi, dedi: namozg‘a chiqsa 
qo‘rayin. Namozg‘a chiqqach, Abdullohning ko‘zi anga tushgach, betoqat bo‘lub ayog‘iga tushdi va 
tufroqqa yuzin qo‘ydi va dedi: Ilohi, sening jihatingdin manga iltifot qilmadiki, men yomon bandamen 
va meni dushman tutti va men ham sening jihatingdinkim, yaxshi bandangdur, ani do‘st tuttum, chun 
ikkalasi sening uchundur, bu yomonni ul yaxshi ishga qil! Bir un eshittiki, aning do‘stlug‘i jihatidin 
maqsudingg‘a yetting! Dunyodin o‘tganda, eski kiyizki, oldig‘a solur erdi, ostig‘a soldilar va xirqasini 
jinozasi ustiga yoptilar. Ikki qari xotun tom ustida erdilar va dedilarki, Muhammad Aslam bordi va 
dunyoda har nesi bor edi, olib bordi. 
15. Ahmad Harb q. s.
Tengri zikri anga andoq g‘olib erdiki, Muzayyin irni tukini olurda og‘zida Tengri oti erdi. Muzayyni 
dedikim, bir zamon irningni tebratma! Ul dedikim, sen o‘z ishingga mashg‘ul bo‘lki, bizing bu ishdin 
farog‘atimiz yo‘qdur, irni necha yerda kesildi, Yahyo Mu’oz-Roziy r. t. dunyodin o‘tarda vasiyat 
qildiki, boshimni Ahmad Harb ayog‘i sari qo‘yung! 
16. Isrofil Mag‘ribiy r, t.
Shayx ul-islom q. s. dedikim, ul Zunnunning pirlaridandur. Mag‘ribdin erdi va Misrda peshvo erdi. 
Zuhdu tavakkulu muamalatda yaxshi so‘zlari bor. Fathi Shahraf olti yuz yig‘och yo‘l bir savol uchun 
Misrga borib, andin so‘rdikim, [yomonlarga gunoh qilishlaridan oldin azob qilishadimi?1]. Ul uch kun 
sabr tiladi. Uch kundin so‘ngra dedikim, manga javob ayttilarki, agar amaldin burun savob ravo bo‘lsa, 
zalaldin ham burun azob ravo bo‘lg‘ay. Muni dedi va za’qa urdi va shurg‘a tushdi va andin so‘ngra uch 
kundin ortuq tirilmadi va bordi. Shayx ul-islom q. s. dedikim: ul uch kunlik hayot savoldin so‘ngra uch 
kun javob uchun sabr tilagandin erdi, agar filhol javob bersa erdi, filhol borur erdi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish