Dars olib borish uslublari: Darsni olib borish uslublari dеganda o`qituvchi rеjaga muvofiq
o`quvchilarning mashqlarni bajarish uchun uyushtirish usullari tushuniladi. Maktab jismoniy tarbiya
darslarida foydalaniladigan asosiy usullar quyidagilar xisoblanadi: yoppasiga, oqim tarzida, navbatli,
guruh va individual usullar.
Yoppasiga shug`ullanish usuli. Mashqlarni barcha o`quvchilar bir vaqtda bajaradilar. Uning
ustunligi ko`proq bolalarni qamrab olishida, darsda yuqori zichlikka va katta jismoniy yuklamaga
erishishidadir. Bolalar o`qituvchi farmoyishi yoki buyrug`ini baravariga bajarsalar, yoppasiga
shug`ullanish usuli mashqlarni jamoa xolda bajarishning yaxshi namunasi bo`ladi. Yoppasiga
shug`ullanish harakatli o`yinlar, sport o`yinlari, kross yugurishlarida qo`llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |