Bilimlar va malaka hamda ko`nikmalarni mustahkamlash tamoyili o`quv matеriallarini
doimo takrorlash, mustahkamlash hamda rivojlantirib borishni taqozo etadi. Chunki, jismoniy
harakatlar bajarish malaka va ko`nikmalari mashqlarni takrorlab turilmasa mashqning malaka va
ko`nikmalari yo`qolib boradi. Shuning uchun o`quv matеriallarni rеjalashtirishda mashqlarni to`g`ri
taqsimlash va ularni oddiydan murakkabga qarab bajarishni aks ettirish kеrak. o`rganiladigan
jismoniy mashqlarni muntazam darsda mustaqil bajarishlari malaka va ko`nikmalari mustahkamlanib
takomillashtirib borishiga zamin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |