Xor san’atining ahamiyati va roli.
Musiqa janrlari ichida eng demoqratik va ommaviy hususiyatga ega
bo’lgan tur - bu xor san’atidir. U kishilarimizning kundalik hayoti bilan
chambarchas bog’liq bo’lib, ularni g’oyaviy – estetik jihatdan tarbiyalaydi.
Mashxur musiqa nazariyotchisi, faylasuf, bastakor va davrning
asoschilaridan biri B.Asafev fikricha, xor san’ati musiqani tushuna bilish
vositasidir.
Xor san’ati ommani milliy ruxda tarbiyalash bilan birga kishilarni
xalq qo’shiqlari ijodiyoti durdonalari, o’zbek, rus va chet el klassik vokal –
xor asarlari namunalari bilan tanishtiradi, ularning ma’naviy dun’yosini
boyitadi.
Xor san’ati ommani musiqaviy tarbiyalashda kishilarni loqayd
eshituvchi emas, balki faol qatnashchilarga aylantiradi. Ba’zi bir sotsiologik
kuzatishlarga qaraganda, havaskorlik xor kollektivlarida astoydil qatnashgan
kishilar hayotda ham, ishlab chiqarishda ham serg’ayrat bo’ladilar.
Xor shunday bir san’atki, unda adabiy va musiqiy ijodiyot o’zaro
uyg’unlashib, yahlit badiiy obraz yaratiladi. Bu san’at doimo xalq
qo’shiqchilik ijodiyoti bilan bog’liq bo’lib, xuso’san milliy musiqa
madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o’ynab kelgan.
O’tmishda professional xor ijrochiligiga ega bo’lmagan qator
qardosh respublikalarda yangi xor san’ati o’ziga hos yo’llar bilan shakllanib
kelgan va ularning ijrochiligi yangicha - zamon talabiga mos yo’l bilan
rivojlangan.
Professional va havaskorlik xorlari bir – birlaridan tashkiliy va
ishlash printsiplari bilan farq qilsa – da, ular badiiy va texnik jihatdan bir
birlariga juda yaqin turadilar, bir – birlari bilan bog’langan holda
rivojlanadilar va o’zaro ijobiy ta’sirda bo’ladilar.
Har ikkala – professional hamda havaskorlik xor san’ati umumiy xor
madaniyatini tashkil qilib, ular o’quvchilarni estetik tarbiyalash vazifasini
o’taydi.
34
Professional xorlar havaskorlik xorlari ustidan olib boradigan
«otaliq» ishlari havaskor xonandalarning ijrochilik mahoratlarini
chuqurlashtirishga, repertuarning boyishiga, umuman, xorning madaniy
saviyasini oshirishga yordam beradi. O’z navbatida, havaskorlik xorlari
professional kollektivlarga xushovoz iqtidorli yoshlarni yetishtirib beradi.
San’at bayramlarida, ijodiy kechalarda professional xorlar bilan
havaskorlik xorlarining qo’shilib ishtirok etishi bugungi kunda an’anaga
aylanib qolgan. Mana shunday ijodiy hamkorlik professional va havaskorlik
kollektivlarini bir – birlariga yaqinlashtiradi.
Hozirgi kunda ko’pgina havaskorlik xorlari o’z ijro mahoratlari,
repertuari bilan professional kollektivlarga yaqin turadi. Shunday qilib, xor
san’ati keng tarqalgan va ko’p turlarga ega bo’lgan janr.
Ta’kidlaganimizdek, musiqiy tarbiya xisoblanadi, xor san’ati esa
musiqa madaniyatining tarkibiy va eng xalqchil qismini tashkil qiladi.
Shuning uchun ham, xor san’atini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |