Oila valeologiyasi.
Reja
1.Homiladorlik haqida tushuncha.
2.Tibbiy- gigiеnik nuqtai nazardan qizlarni bo’lg’usi оnalikk
tayyorlash.
3.Yaqin qarindоshlar оrasidagi nikоh va g nоgirоn bоla
tug’ilishi va uni оldini оlish.
4.Sоg’lоm оila – sоg’lоm jamiyat.
– Haqiqatan, ayollarimiz – munis оnaхоnlarimiz, оpa-
singillarimiz uchun ulkan ezguliklarni bоshlab kеlgan bu yillar
misli ko’rilmagan g’amхo’rliklarga bоy bo’ldi. Ushbu qisqa
davrda mamlakatimizda ayolga ehtirоm ko’rsatish, uning
manfaatlarini
himоyalash, jamiyatdagi faоl ishtirоkini
ta’minlash bоrasida tariхiy ishlar qilindi. Qоlavеrsa, оilada,
davlat va jamiyat hayotida хоtin-qizlarimizning rоlini yanada
kuchaytirish, ularning hurmatini jоyiga qo’yish, оg’irini еngil
qilish, оnalik va bоlalik muhоfazasini izchil amalga оshirish
maqsadida Ayollar yiliga hamоhang ravishda e’lоn qilingan
Sоg’lоm avlоd yili, Оnalar va bоlalar yili mоhiyatan bu
islоhоtlarning uzviy davоmidir.Inson zoti hamisha ezgu so’zdan,
samimiy tuyg’udan cheksiz kuch-qudrat, ma’naviy madad
olgan. Ayniqsa, bu e’tibor ayolga qaratilgan bo’lsa, uning
qiymati yanada ortadi. Mamlakatimiz Prezidenti har bir
chiqishlarida ayollarga ehtirom ko’rsatib, ezgu tilaklarni bildirib
keladi. Yurtboshimiz mustaqilligimizning 18 yilligi tantanasida
shu yorug’ kunlarga etib kelishimizda fidoyilik ko’rsatgan
yurtdoshlarimiz qatorida ayollarimizni ham tilga olib, ularga
alohida tabrik yo’lladi. Bizning sha’nimizga aytilgan ushbu iliq
so’zlar zamirida yurtimizda ayol zotiga ko’rsatilayotgan yuksak
ehtiromning samimiy ifodasi borligi qalbimizni cheksiz fahrga
to’ldiradi. Bu, albatta, hotin-qizlarimizning yanada katta ishonch
bilan mehnat qilishlariga, kelajakda ulug’ ishlarga qodir bo’lgan
avlodni voyaga etkazishdek olijanob hizmatlarida beqiyos
madad bo’ladi, deb ayta olaman. Hotin-qizlarimizning
mustaqillik
yillarida
ishlab
chiqarish,
ilm-fan,
tadbirkorlik,hunarmandchilik, san’at va sport sohalarida,
umuman, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qo’lga
kiritayotgan yutuqlari tahsinga sazovor. Fidoyi ayollarimiz oila
tashvishlaridan ortib, davlat va jamiyat qurilishining turli
bo’g’inlarida faollik ko’rsatib ishlab kelayotganlarini ortiqcha
ta’riflashga hojat yo’q. Bunda davlatimiz tomonidan
qilinayotgan g’amho’rlikning ahamiyati beqiyos bo’lmoqda. Siz
aytib o’tgan masala shahar hotin-qizlar qo’mitasining doimiy
faoliyat mezoniga aylangan. Hususan, joriy yilning avgust oyida
ayollarimizning ilm-fanda yaratayotgan yangiliklari, jamiyat
taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasiga bag’ishlab tibbiyot sohasi
vakillari, pedagog olimlar, tarihchilar ishtirokida bir qator
konferentsiyalar o’tkazdik. O’zbekiston Fanlar akademiyasi
tarih instituti boshchiligida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman
bevosita mustaqilligimizning 18 yilligi hamda Toshkent
shahrining 2200 yilligiga bag’ishlandi. Ushbu yig’inga
yurtimizda
faoliyat
ko’rsatayotgan
horijiy
davlatlar
elchihonalarining ayol mutahassislari, elchilarning rafiqalari
taklif qilindi. Bundan tashqari, qo’mitamiz tashabbusi bilan
Toshkent
foto
uyida
ayol
fotojurnalistlarning
ijodiy
ko’rgazmasi, 300 dan ortiq maktab, 117 ta akademik litsey va
kasb-hunar kollejlarida qizlar uchun "Men hur mamlakatning
hur qiziman" nomli insholar tanlovi o’tkazildi. Qo’shaloq
bayram munosabati bilan keksa yoshdagi, nogiron va
boquvchisini yo’qotgan, ammo o’z davrida yurt rivojiga hissa
qo’shgan ayollarimizni yo’qladik, "Nuroniy", "Mahalla"
jamg’armalari va yana bir qator jamoat tashkilotlari ishtirokida
ularga qimmatbaho sovg’alarni topshirdik. Oliy va o’rta mahsus
o’quv yurtlarida ikki avlod uchrashuvlari uyushtirildi. Bir qator
muassasa va tashkilotlarda, mahallalarda hotin-qizlarning
jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan davra
suhbatlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi. Toshkent
shahrida may oyida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti
sovrindorlari, Prezident stipendiatlari, sportning turli sohalarida
chempion bo’lgan qizlar, musiqa yo’nalishida halqaro tanlovlar
g’oliblari bilan "Mustaqillik mening taqdirimda" nomli
ucharashuvlarni o’tkazdik. Bundan maqsad, o’sib kelayotgan
yosh avlod ongiga vatanparvarlik tuyg’usini singdirish, ularda
bilim olishga bo’lgan intilish va qiziqishni yanada
kuchaytirishdan
iborat.
SHuningdek,
shahrimizda
har
chorshanba huquqiy savodhonlik kuni deb e’lon qilindi. SHu
kuni tashkilotimizning quyi bo’g’inlari tomonidan hotin-qizlar
o’rtasida huquqiy bilim va madaniyat, oilada huquqiy tarbiya
masalalari, davlatimiz tomonidan ayollarga yaratilayotgan
imtiyoz va sharoitlar haqida davra suhbatlari o’tkaziladi.–
Ko’pincha san’at yoki boshqa sohalarda hotin-qizlarning
mehnatlari e’tirof etiladi-yu ammo aniq fanlar yo’nalishida
negadir bu hol unchalik ko’zga tashlanmaydi. Sizningcha,
buning boisi nima?– Aholining reproduktiv salomatligini mus-
tahkamlash, jamiyatda tibbiy madaniyatni oshirish, onalik va
bolalikni muhofaza qilish masalalari mamlakatimizda tibbiy
sohadagi islohotlarning negizini tashkil qiladi. Joriy yilda
Prezidentimizning ayni shu sohadagi sa’y-harakatlarni yanada
kuchaytirishga qaratilgan ikkita qarori qabul qilindi. Mazkur
qarorlar ijrosi yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Mazkur qarorlarning ijtimoiy mohiyatiga e’tibor bering.
Ma’lumki, jamiyatda olib borilayotgan tub islohotlar markazida
inson omili yotadi. Inson sog’lom bo’lsagina, kechayotgan
o’zgarishlar samarasi kafolatlanadi. SHu bois, istiqlol yillarida
aholining ijtimoiy himoyasi, onalik va bolalikni muhofaza qilish
davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.
Sog’liqni saqlash sohasidagi islohotlar ana shu ustuvor vazifalar
asosida
amalga
oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |