Hovuzlarni o‘g‘itlash
Baliqchilik hovuz xo‘jaligining intensifikatsiya shakllaridan biri bu
hovuzlarni o'z vaqtida o'g'itlashdir. Bu usul
hovuzlardan baliq chiqishi-
ni, ya’ni belgilangan normada mahsulot olinishini ta’minlaydi. Keyingi
yillarda bu maqsad uchun, o‘g‘itlash ayniqsa mineral o'g'itdan foyda-
lanish ancha kamaydi. Chunki mineral o'g'it narxi nihoyatda baland.
Ammo o‘tgan asrning 80—90-yillarida 700 kg/gektariga ammiak selit-
rasi va 600 kg/gektariga super fosfat norma sifatida berilgan.
Hozirgi
kunda asosan ammofos keng qo'llaniladi.
Lekin xo'jalikning u yoki bu o'g'itga bo'lgan talabi suvdagi biogen
moddalarning miqdoriga bog'liq. Amaliyotda shu narsa aniqki, o'g'itdan
foydalanish, asosan gidroximiyaviy va gidrobiologik nazoratga asos-
langan bo'lishi kerak. Nazoratsiz ixtiyoriy ravishda hovuzni o'g'itlash
umuman mumkin emas. Shuning uchun ham har bir hovuzning biogen
(N, P) moddasiga bo'lgan talabini bilish kerak. Ortiqcha o'g'it
berish
iqtisodiy zarar hovuz suvo'ti haddan tashqari bosib ketishi mumkin.
0 ‘g‘itlash muddati har 7—10 kun oralig‘ida boiishi kerak.
Baliqchilik suv havzasining mineral o'g'itga bo'lgan talabini aniqlash
uchun ko'pgina usullar bor. Bu usullardan biri G.G.Vinberg, V.P. Lyax-
novich (1980) lar tomonidan tavsiya ctilgan usuldir. Bu usul shundan
iboratki, suv havzasidan kolbaga suv olinadi va suvli kolbaga azot, fosfar,
kaliy, kalsiy qo'shiladi. Tajriba natijasini kolbadagi suvo'tlari (diatom,
ko'k-yashil va yashil) miqdori sanaladi. Har bir o'g'it uchun alohida kol-
ba olinadi. Mineral moddalar alohida beriladi.
Mineral modda miqdori
hisobga olinadi. So'ngra 5—7 kundan keyin kolbalardagi fitoplankton
yoki suvda erigan kislorod micidori hisobga olinadi va eng yuqori maksi-
mal ko'rsatkich hisobga olinadi. Bu ko'rsatkich hovuzni o'g'itlash uchun
asos bo'ladi. Usul csa hovuzni o'g'itlashning biologik talabi deyiladi.
Keng qo'llaniladigan usullardan - beriladigan biogen moddalar miq-
dorini yoki normasini belgilashdan iborat. Baliqchilik
suv havzasida fito-
plankton yaxshi rivojlanishi uchun ma’lum nisbatda mineral tuzlar azot
va fosfor nisbati hisobga olinadi. Agarda bu elementlar suvda yetishmasa,
ntoplanktonning rivojlanishi chegaralangan bo'ladi. Oqibatda suvda erigan
kislorod miqdori kamayadi. Haddan tashqari ko'payib ketsa, fitoplankton
cho'kmaga tushib mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib suvning organik
il'loslanishiga olib keladi. Natijada zamor hodisasi yuz beradi.
Har bir litr
suvda 2 mg azot va 0,4 mg fosfor optimal ko'rsatkich hisoblanadi. Suvdagi
mineral moddalar miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:
149