Gidrotexnik inshootlar
Daryolarga, kanallarga qurilgan gidrotexnik inshootlar tabiiy suv-
liklarning ixtiofaunasiga harnma vaqt bir xilda ta’sir etmaydi. Bu esa
eng avval suv havzasining xarakteriga bog'liq, qaysikim unda platina
qurilgan bo‘lsa, uning ixtiofaunasi tarkibi va
suv inshooti ekspluatatsi-
yasiga bog'liq. 0 ‘zbekiston hududidagi barcha suv omborlari asosan
qishloq xo'jaligi talabini qondirish uchun qurilgan. Shu sababli suv om-
borining suvi kezi kelganda to‘liq ishlatilishi ham mumkin. Natijada
suv omborining suvi qishloq xo'jaligi zaruriyati uchun ishlatiladi. Bu
lling oqibatida uning ixtiofaunasi toiiq nobud boiadi.
Suv omboriga o‘tuvchi baliqlarning migratsiyasi uchun quiay sharoit
buziladi. Masalan, To‘dako‘ldagi oq amur, oq va chipor do‘ngpeshana ne-
rest uchun to'siqlargacha (platinagacha) keladi, lekin to'siqdan o‘tolmaydi.
Demak, nerest migratsiyasi buziladi. Chunki
uzoq Sharq ixtiofaunasiga
tegishli bo'lgan bu turlar reofil hisoblanadi. Suv ombori muhiti ikki xil
xarakterga ega bo'lsa, platinaga yaqin qismi ko'l xususiyatiga ega bo'ladi.
Bu qism ham 20—25% ni tashkil qiladi. Qolgan o‘rta qism esa 35—50%
bo‘lib, oralik muhitga ega boiadi. Reofil baliqlar esa nerest uchun daryo
larga chiqolmaganligi sababli bu turlar (oq amur, do'ngpeshana) suv om
bori sharoitida ko'llarda ko'paymaydi. Shuning uchun ham reofil turiga
mansub bo'lgan baliqlar sex sharoitida ko‘paytiriladi.
Sug'orish sistemasi Amudaryo va Sirdaryoga o'z ta’sirini ko‘rsatib,
Orol dengizining baliq ovlash faoliyati hantda dengizning suv hajmi
va maydonining kamayishiga sabab bo'ladi. Maydoni 90 km2 bo'lgan
Kara-Teren hozirgi kunda yo'q, boshqa ko'l Sudoche orol baliqlarining
nerest joyi bo'lgan, hozirgi kunda esa bu ham qurib qolgan.
Bunday ek-
stremal holatlar baliqchilikka salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Suv omborlari-
dan baliqchilik maqsadida foydalanish mumkin. Ammo nasoslar orqali
ko'p miqdorda mayda baliqlar nobud bo'ladi. Lekin bioakustika usul-
larini qo'llash orqali baliqlar nobud bo'lishini oldini olish va baliqlarni
himoyalash mumkin. Suv omborlari huzurida ko'l-hovuz
baliqchilik
xo'jaligini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun liar yili
oktabr—noyabr oyiga suv ombori baliq segoletkalari bilan baliqlashtirila-
di. Baliqlarni qo'shimcha ravishda tabiiy va sun’iy ozuqa bilan ozuqlan-
tiriladi. So'ngra kelgusi yili avgust—sentabr oyida nevod yordamida
baliqlar ovlanadi va yana baliq segoletkalari bilan baliqlashtiriladi. Bu
ning uchun har 100 gektar maydonni segoletkalar bilan baliqlashtirish
uchun suvlikning oldida 1 gektar o'stiruvchi
hovuz tayyorlash zurur,
3 1 8
yana qo‘shimcha ravishda ozuqa hovuzlari tayyorlab tabiiy ozuqa
yetishtirish ham kerak boiadi. Agarda tabiiy suvlik maydoni 2000 gek-
tar bo‘lsa unda 20 gektar o‘stiruvchi hovuz bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: