1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


Amir Temur va temuriylar ma’naviy merosining o‘zbek xalqi ma’naviy



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
2. Amir Temur va temuriylar ma’naviy merosining o‘zbek xalqi ma’naviy 
tiklanishidagi beqiyos ahamiyati 


Milliy mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o‘z o‘rinlariga ega 
bo‘lgan piru komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran 
anglash, o‘rganish va ulug‘lash imkoniyati yuzaga keldi. Inchunun, ota-bobolarimiz, 
xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va 
uninng avlodlari qoldirgan, abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz ruhiy-
ma’naviy poklanishi va milliy o‘zligini anglashning bitmas-tuganmas chashmasidir.
Biz bugun yashayotgan Mustaqil O‘zbekiston davlatidagi tarixiy shaharlar, go‘zal 
makonlarning ko‘pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar 
davri har sohada chinakam uyg‘onish davri bo‘ldi. 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik 
qaramlik va tobelik yillarida shunday buyuk zot, dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug‘ 
bunyodkor Amir Temur shaxsiyatining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish 
imkonidan mahrum bo‘lib yashadik. Sho‘ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan 
yashirib keldi.Bobokalonimiz to‘g‘risida ikki og‘iz iliq so‘z aytilgan barcha manbalar 
ko‘zdan yashirildi, ta’qiqlandi yoki soxtalashtirildi. Prezident Islom Karimov aytganidek: 
“Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutilishga 
mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g‘urur tuyg‘usini 
yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi”. Yoki Prezidentning yana quyidagi 
so‘zini eslaylik: “Sho‘ro davrida bizga Amir Temurni bosqinchi, zolim, qonxo‘r jallod, 
borib turgan johil, deb uqtirib kelishdi... Amir Temur haqidagi bu uydirma – sof siyosiy 
maqsadlarni ko‘zlagan tuhmatdan iborat. Bilasizmi, bu ishlarning tagidagi maqsad bitta 
bo‘lgan: ya’ni, bizning o‘zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish. 
Shuning uchun ham biz amir Temurning hurmatini joyiga qo‘yar ekanmiz, birinchi galda 
shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo‘ygan 
bo‘lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O‘zligimizni anglashimiz, milliy 
qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz”.
O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezident Islom Karimov boy mav’naviy 
merosimiz, dinu iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug‘ bobomiz sohibqiron 
Amir Temur nomini, u haqdagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib 
kelmoqda. O‘zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan 
alohida qadrlidir. Horijda siymosi yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, 
Yevropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, 
ko‘pdan-ko‘p suratlari ishlangan, qisqasi dunyoga mashhur bo‘lgan ulug‘ zot Amir Temur 
yana xalqimiz qalbidan munosib o‘rin oldi.
Istiqlolimiz endi kurtak otayotgan davrda Toshkentning qoq markazidagi hiyobonda 
sohibqironga o‘rnatilgan muhtasham haykal mustaqillik poydevoriga qo‘yilgan oltin 
g‘isht bo‘ldi.
Oradan sal o‘tib, 1994 yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda esa 
sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar 
o‘tkazildi.Parijdagi YuNESKO qarorgohida o‘tkazilgan yubiley tantanalari jahon 
miqyosida, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
mahkamasining qaroriga ko‘ra”Amir Temur” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. 
Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-
amliy anjumanlar o‘tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot – “Amir Temur” 
ordeni ta’sis etildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyining barpo etilishi respublikamiz, 
xalqimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. Yubiley munosabati bilan Amir Temur va 
Temuriylar davriga oid ko‘plab tarixiy-ilmiy asarlar, risolalar, albomlar va boshqalar 


nashr etildi. Shu o‘rinda Amir Temurning o‘zi yaratgan “Temur tuzuklari” risolasini, 
akademik Bo‘riboy Ahmedovning “Amir Temur” tarixiy romanini, Erkin Azimovning 
“Amir Temur saltanati” risolasini, A.Oripovning “Sohibqiron” she’riy


dramasini, Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiylarning “Zafarnoma” 
asarlarini, F.Ashrafiyning “Temuriylar davri miniatyurasi” kabi nashrlarni alohida qayd 
etish 
mumkin. 
Bularning 
hammasiga 
mustaqillik tufayli erishdik. Yuqorida 
aytganimizdek, uzoq yillar davomida mustamlaka va qaramlik iskanjasi ostida kun 
kechirgan xalqimiz Amir Temur kabi o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini 
munosib o‘ringa qo‘yish imkonidan mahrum edi. Bunga intilgan va bu yo‘lda tirnoq 
qonatgan olim, faylasuf, tadqiqotchiga millatchi, o‘tmishni ideallashtiruvchi degan tamg‘a 
bosilar edi. Allohga shukurlar bo‘lsinkim, mustaqillik tufayli bularning hammasiga 
barham berildi. Mustaqillikning mana shu nurafshon kunlarida yurtimiz uzra Amir 
Temurning ruhi bizdan rozi bo‘lib kezib yurgan bo‘lsa ne ajab!
“... davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz g‘ayrat-shijoati, 
yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo‘lib 
qolg‘usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz”.1
1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent, “Sharq”-1998., 15-bet.
Bularning hammasi Prezident Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik tufayli 
o‘zbek xalqining ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli 
ishlardan bir nishona xolos.
Biz Temuriylar davrida yaratilgan bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, 
yoshlarimizni qanchalik bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksak pog‘onaga 
ko‘tarishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda, xalqimizning 
g‘urur va iftixori, milliy o‘zligini yanada yuksaltirishda, ma’naviy barkamol, komil 
insonlarni tarbiyalab voyaga yetkazishda shunchalik qudratli ma’naviy-ma’rifiy qurolga 
ega bo‘lamiz.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish