INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
36
RGB tizimining qisqacha tarixi. Tomas Yung (1773—1829) uch dona fonar
oldi va ularga qizil, yashil va ko‗k yorug‘lik filtrlari o‗rnatdi. Shu tarzda
ranglarga mos keluvchi yoruglik nuri manbalari olindi. Oq ekranga bu uch
manbadan chiqqan nurni tovnaltirib, olim mana shunday tasvirni oldi [1,22].
RGB
rang modeli - biz ekranda ko‗rgan narsalar. Bu monitor yoki raqamli
kameralar kabi raqamli qurilmalarda rangni namoyish qilish uchun model
hisoblanadi. Unda har bir rang asosiy ranglarning qiymatlari bilan
kodlangan. Ushbu koordinata tizimining nol nuqtasi qora rangga ega va
barcha uchta o‗qlar bo‗ylab maksimal qiymatlar oq rangni kodlaydi.
Masalan, RGB -da qanday qilib yorqin qizil rang ishlab chiqarilishini
ko‗rib chiqamiz. Bu yuqori R qiymatini va boshqa ikkitasida past qiymatlarni
talab qiladi.
RGB modelini rangli kub shaklida tasavvur qilish mumkin (1-rasm):
1-rasm.
RGB modelining nomi Red – qizil, Green – yashil va Blue – ko‗k birlamchi
ranglarning bosh harflaridan olingan bo‗lib, ushbu ranglarning turli
proporsiyalarda aralashtirish natijasida Kompyuter imitatsion model
yordamida ko‗rinuvchi spektrning turli hil o‗n olti milyondan ortiq boshqa
ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi
moviy (Cyan), pushti (Magenta) va Sariq (yellow) ranglar hosil bo‗ladi.
RGB modelining tashkil etuvchilari 0 dan 255 gacha qiymat qabul
qilishlari mumkin. R=255, G=255, B=255 bo‗lganda oq rang, R=0, G=0, B=0
bo‗lganda esa qora rang xosil qilishimiz mumkin. Kompyuter imitatsion model
yordamida qizil yashil va ko‗k ranglar kombinatsiyasidan qolgan ranglarni
xosil qilishimiz mumkin.
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
37
2-rasm. (RGB rang modelining imitatsiyasi)
Nazariy jihatdan, hamma narsa juda oddiy ko‗rinadi, ammo amalda
RGB modelini qo‗llashda kerakli rangni aniq yetkazish har doim ham mumkin
emas.
CMYK rang modeli. Poligrafiyada asosiy professional grafik muharrirlarda
standart bo‗yicha taklif qilinuvchi eng ko‗p tarqalgan rang modeli (Cyan,
Magenta, Yellow, blacK - CMYK). Bu modelning nomi ko‗p qatlamli chop
etishda qo‗laniladigan 4 ta tiniq bo‗yoqlardan kelib chiqqan. Nashriyotda
chop etish vaqtida 4 ta bo‗yoq uchun 1 ta klishedan foydalaniladi va
qog‘ozga ketma-ket har bir klishelarga berilib boriladi. Siyoh tiniq bo‗lgani
uchun ularni bir joyga berish mumkin va shu tarzda millionlab rang tuslari
olinadi [2,7].
CMYK modeli
bo‗yoqlarning nurni yutish qobiliyatiga asoslangan. Oq
rangning nur o‗tuvchi bo‗yoqdan o‗tishida spektrning bir qismi yutiladi.
Yutilmagan nur qaytadi va odam ko‗ziga tushadi. Kompyuter imitatsion
model
yordamida
ko‗k-yashil,
qirmizi,
sariq
va
qora
ranglar
kombinatsiyasidan qolgan ranglarni xosil qilishimiz mumkin.
3-rasm. CMYK rang modelining imitatsiyasi)
Tasvir ranglarini CMYK ranglariga ajratish uchun kompyuterlardan
foydalaniladi va chop etish uchun maxsus modellar ishlab chiqilgan. RGB
tizimidan CMYK tizimiga ranglarni o‗zgartirishda bir qator qiyinchiliklarga
duch keladi. Ideal modelga ko‗ra, bosma nashrida pushti, moviy va sariq
Do'stlaringiz bilan baham: |