Irsiy moyillik (misol uchun, ohil bolalar
qiz bolalarga qaraganda, raxitni og’ir
o’tkazadi, O (І) guruhdagi bolalar raxit bilan kam kasallanadi, A (ІІ) guruhdagilar
ko’proq kasallanadi)
Endokrin buzilishlar (qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezi
funksiyasining buzilishi)
Ekzo- va endogen vitamin D tanqislikligi.
Vitamin D ning organizmdagi almashinuvi juda murakkab jarayo’n. Vitamin Dning
boshlang’ich shakllari - organizmga ovqat bilan tushuvchi ergokalsiferrol (vitamin
D2) va xolekalsiferol (vitamin D3) (vitamin D3 shuningdek, terida UBN ta'sirida
ham hosil bo´ladi) - biologik jihatdan faolligi yetarli emas. Vitamin Dning oraliq
metabo’lit shakl 25-gidroxolekalsiferrolga o’tishi bilan kechuvchi birinchi
gidroksillanishi jigarda yuzaga keladi. 25-gidroxolekalsiferrol birlamchi shakllarga
qaraganda 1,5 - 2 marta faoldir. Keyin 25-gidroxolekalsiferrolning
buyrakka
transporti vujudga keladi, u yana gidroksillanishga uchraydi va 1,25-
digidroxolekalsiferrol hamda 24-25-digidroxolekalsiferrol deb nomlanuvchi aktiv
gormonga oxshash metabo’litga aylanadi. Ushbu metabo’litlar qalqonsimon bez
gormonlari bilan fosfor-kalsiy almashinuvida ishtirok etadi.
Vitamin D ekzogen tanqislikligidan tashqari, ichak funksiyasining tugma va
orttirilgan buzilishi (turli xil malabsorbsiyalar), jigar, buyrak, vitamin D
metabolizmining nasliy defekti xam axamiyatga ega. XX-asrning 80-yillarida qonda
vitamin D metabo’litlarining aniqlanishi organizmning bu vitamin bilan haqiqiy
ta'minlanishini aniqlab berdi. Shunisi ajablanarliki ko’p homilador, tuqqan
ayollarda, erta yoshdagi bolalarda raxitning turli xil
klinik va bioximik belgilari
bo’lishigaa qaramay, gipovitaminoz D aniqlanmagan. Bu esa o’z navbatida raxit va
gipovitaminoz D bir tushuncha emasligiga asos bo´ladi. Gipovitaminoz vitamin D
ichgan yo’ki ichmagan bolalarda bir xilda uchraydi. Bundan tashqari,
gipovitaminoz D xar doim ham fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishi bilan
kechmaydi. Klassik gipovitaminoz D qonda fosforni normal miqdori bilan kechadi,
tipik raxit - bu gipofosfatemiya. Raxit bilan kasallangan bolalarning 15-20%da
qonda vitamin D metabo’litlari pasayishi aniqlangan. Raxit bu kasallik emas, balki,
o'tuvchi,
chegaradosh, tanqislik holat - diatezdir. Raxitning "fiziologik asosi"
bo’lib, bola hayotining birinchi yilida suyak to'qimasining 75-80% intensiv
remodellashuvi va suyak tuzilishining elektrostatik boshqarilishini buzuvchi
majburiy gipokineziya hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash lozimki, qonda fosfor va kalsiy miqdorini ba'zi gormonlar ham
boshqaradi. Raxitda
paratgormon miqdori oshadi, u buyrak kanalchalarida
fosfatlar reabsorbsiyasini kamaytiradi, bir vaqtning o’zida buyrakda vitamin D ning
gidroksillanishini, ichakda kalsiy sorilishini va suyakdan kalsiy rezorbsiyasini
kuchaytiradi va shu yo’l bilan gipokalsiemiyani bartaraf qiladi.
Shuningdek
qalqonsimon bez aktivligi o’zgarishi, chunki kalsitonin kalsiyning suyakka o’tishini
va vitamin D ning kam aktiv shaklini yuqori aktiv shaklga o’tishini kuchaytiradi.
Raxitning ishchi tasnifi 1988 yilda Ye.M.Lukyanova va xammualliflar tomonidan
taklif qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: