umuman yo'q (chalalik darajasiga bog'liq), to'g'imalar
turgori juda sust, teri
burmalari bilinadi.
5. Yetuk tug'ilganlarda kalla suyagi qattiq, chala tug'ilganlarda yumshoq, bo'sh.
Choklar va liqildoqlar yetuk va chala tug'ilganlarda ham ochiq bo'lishi mumkin.
6. Yetuk tug'ilganlarda quloq supralari qattiq tog'ay to'qimadan iborat va tasviri
yaxshi bilinadi va kalladan alohida turadi. Chala tug'ilganlarda ular yumshoq va
kallaga yopishib turadi, tasviri yaxshi bilinmaydi.
26.Чала туғилган бола кўрсаткичлари.
. Agar bola muddatidan oldin tug'ilsa (270 - 280 kundan oldin) u chala
tug'ilgan
deyiladi, lekin yashashi mumkin, ya'ni bachadon ichidan tashqarida
(homila ichidan tashqari) ham o'sishi mumkin. Homiladorlik
muddatidan oldin
yuzaga kelsa, bola chala, yetuk bo'lmay tug'iladi. Bunday chala tug'ilgan bola,
homiladan tashqari sharoitga yetarli darajada moslashmagan va alohida
parvarishga muhtoj bo’ladi.
Shuning uchun aniqlash zarur, u yetuk tug'ilganmi
yoki chala tug'ilganmi? Bolaning yetuk tug'ilganligini aniqlash uchun birinchi
navbatda bola tug'ilgandan so'ng bo'yi va vaznini hisobga olish kerak, ular yaqqol
belgilarga kiradi. Yuqorida aytib o'tilganidek, yetuk tug'ilgan bolaning tug'ilgandagi
o'rtacha vazni 3.200-3.600 g, bo'yi 48-52 sm. yetuk tug'ilgan bolada tug'ilgandagi
eng kichik vazni 2.500 g, bo'yi 45-46 sm. Chaqaloq bolalar, tug'ilganda 2500 g dan
kam vazni bo'lsa va bo'yi 45 smdan, kichik bo'lsa bola chala tug'ilgan deyiladi.
Umuman olganda, homila 6 oylikdan oldin tug'ilsa va vazni 900-1000 g bo'lsa, u
yashamaydi.
Chalalikning pastki chegarasida vazn 1000 gdan kam, bo'yi 35 sm.
Chaqaloqlar bu ko'rsatkichlardan past tug'ilsa, kechki homila tushishlarga kiradi.
Yuqorida keltirilgan korsatkichlar, bolaning bo'yi va vazni tug'ilganda yetuk
tug'ilishning ko'proq yoki kamroq ishonchli
belgilari hisoblanadi, lekin bu
ko'rsatkichlarning o'zgarib turishi ushbu chaqaloqning yetuk yoki chala
tug'ilganligini belgilovchi asos bola olmaydi. Muddatidan oldin tug'ilgan yirik
homila yetuk tug'ilgan chaqaloqlardan ham kattaroq bo'lishi mumkin.
Shuning
uchun tana vazniga - o'lchamiga ahamiyat berib qolmasdan, homiladorlikning
oxirgi haftalarida homilada uchraydigan boshqa nisbiy belgilarga ham e'tibor
berish.
Chala tug'ilgan bolalarda, chalalikning darajasiga qarab, terisi juda yupqa, aniq
qizil rangda sianotik soyalar, yaltiroq yog' bilan qoplanganday yoki quruq, yuzida,
asosan yonoqlari, ko'kragi, yelkasida, orqasida tukchalar yaqqol ko'rinadi,
Ba'zi qo' llanmalarda yozilishicha, masalan, tirnoqlar yaxshi rivojlanmasligi,
qiz bolalarda jinsiy tirshiqning ochiqligi, o'g'il bolalarda urug'donning yorg'oqqa
tushmasligi, bu belgilar doimiy emas va ularga asoslanib
chalalik darajasi tashhis
qilinmaydi. chala tug'ilganlarda bosh miya po'stlog'ining issiqlik markazlarining
yaxshi rivojlanmaganligi, hamda terining (periferik termoregulyasiya apparati)
funksional yetuk emasligiga bog'liq.
Chala tug'ilgan bolalarda asab sistemasi markazlari yaqqol shakllanmagan,
teri osti yog' qavati kuchsiz rivojlangan.
chala tug'ilganlarda organizm issiqligini saqlash uchun sun'iy choralardan
foydalaniladi va bu isitish xaddan tashqari tana haroratining ko'tarilishiga olib
kelmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: