Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva


asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni yanada



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari infratuzilmasini 
rivojlantirish, ta'lim tizimini takomillashtirish, xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish, 
 
xalqaro 
 
savdoda 
 
xususiy 
tadbirkorlikning
raqobatbardoshligini oshirish, innovasiyani rivojlantirish va boshqalar. 
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, 
iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta'minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va 
prosessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning 
xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda. 
Mamlakatimizda reytinglar bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida 
so‘nggi yillarda 10 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 
Xususan Prezidentimizning 2019 yil 5 fevraldagi “Jahon banki va Xalqaro 
moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston 
Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi, 2019 yil 25 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarorlari qabul qilingan edi. Hujjatlarda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan 
mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi ijobiy ko‘rsatkichlarini yanada oshirish 
borasida olib borilayotgan ishlar bugun hayotimizda o‘z isbotini topmoqda. 
Bu borada olib borilgan islohotlar natijasida so‘nggi to‘rt yil mobaynida 
mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 
pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, 
“Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Iqtisodiy 
hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” 


tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga 
ko‘tarildi. 
Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, 
Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-
maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va 
tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. 
O‘tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda 
chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o‘rni 
sezilarli darajada o‘sdi. Jahon banki “Biznes yuritish 2020” yangi yillik hisobotida 
(Doing Business 2020) so‘nggi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi biznes 
islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga 
kirishga imkon bergan to‘rtta islohotni amalga oshirgani to‘g‘risidagi axborotni 
tarqatdi. 
Mamlakatning investisiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini 
mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar 
bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish maqsadida 2020 yilning 2 
iyunida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning 
yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi. 
Farmonga asosan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha 
respublika kengashi tashkil etilishi, davlat organlarining birinchi rahbarlari 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash 
uchun mas'ul qilib belgilanishi alohida qayd etib o‘tilgan hamda mas'ul davlat 
organlari belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tegishli 
qo‘mitalari ish rejalarida O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
yaxshilash borasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qo‘mita 
eshituvi shaklida davlat organlarining axborotlarini eshitib borish nazorat 
tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 


Xuquqiy 
xujjatning 
5-ilovasida 
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas'ul 
davlat organlari ro‘yxati” taqdim etilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga kiritilgan mas'ul 
vazirlik va idoralar faoliyati ustidan samarali parlament nazoratini olib borish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
Innovasion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari 
qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlantirish 
vazirligining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi 
o‘rnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti 
eshitildi. 
Ta'kidlash joiz, Jahon iqtisodiy forumi tahliliy guruhi har yili global 
raqobatbardoshlik indeksini e'lon qiladi. Ushbu tadqiqot qaysi mamlakatlarda 
biznes eng yaxshi rivojlanganligini va bozor mavqei va potensial investisiyalar 
uchun boshqa mamlakatlar bilan raqobatlasha olish qobiliyatini namoyish etadi. 
2020 yilning 2 sentyabrida Global innovasiyalar indeksining 2020 yilgi hisoboti 
e'lon qilindi. Ushbu hisobotga ko‘ra, so‘nggi yillarda statistik ma'lumotlarning 
ochiqligi va nashr etilishi uchun infratuzilmaning sezilarli yaxshilanishi tufayli 
2016 yildan buyon O‘zbekiston birinchi marta indeksga kiritilgan. Respublika 
dunyoning 131 mamlakati orasida 93 ball bilan 24-o‘rinni egalladi. 
Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan har ikkala indeks bo‘yicha mamlakat 
reytingini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va amalga 
oshirilgan. 
Avvalombor, sohaning huquqiy bazasini takomillashtirish, xususan Innovasion 
g‘oyalar va loyihalarni joriy qilish hamda amalga oshirish uchun qulay sharoitlar 
yaratish, ishlab chiqaruvchilar va investorlar xuquqlarini himoya qilish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasining “Cheklangan sherikliklar to‘g‘risidagi” qonun 
loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga taqdim etilgan. 
2020 yildan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida yillik Moliyalashtirish 
hajmi 425,0 mlrd. so‘mlik 1313 ta milliy va xalqaro loyihalar amalga 


oshirilmoqda. Innovasion kompaniyalarni moliyalashtirish – kraudfanding 
platformasi tashkil etilgan va bugungi kunda platformaga 10 ta, shu jumladan 
ijtimoiy sohada 3 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 2 ta, axborot texnologiyalar 
sohasida 2 ta, zamonaviy texnologiyalar sohasida 2 ta va qishloq xo‘jaligi sohasida 
1 ta loyiha joylashtirilgan. Biroq, sohada olib borilayotgan ishlarga qaramasdan 
yuqorida aytilganidek ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston 
Respublikasi quyi pog‘onalarda qolmoqda. To‘g‘ri, global pandemiya boshqa 
davlatlar qatorida bizning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga xam o‘zining 
ma'lum bir salbiy ta'sirini ko‘rsatdi. Biroq, global iqtisodiy inqiroz davrida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari bilan sohani rivojlantirishga 
keng imkoniyatlar yaratib berildi, sohani moliyalashtirishga alohida e'tibor 
qaratildi. Bu esa o‘z navbatida barcha mas'ul davlat organlari qatorida Innovasion 
rivojlanish vazirligiga samarali ishlash imkoniyatlarini yaratadi. 
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xayotida sohaga oid 
masalalarni tizimli tahlil qilib borish, yurtimizning investisiyaviy jozibadorligi va 
xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida 
xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarni joriy qilish 
samaradorligini oshirish imkonini beradi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish