Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva


partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi


partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati 


hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, 
tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning 
yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi 
tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p 
partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir. O‘zbekistonning eng yangi tarixini 
o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-
iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, 
davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan 
bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga 
yetkazish burchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti 
mamlakat milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi 
tarixini o‘rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni 
tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. 
Institutda O‘zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “Yangi va 
eng yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va 
manbashunoslik” bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni 
o‘rganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, 
etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi 
fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. Yana ahamiyatli jihati, 
institutning olti nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir. 
Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning eng 
yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va uslublar”, 
“O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “O‘zbekistonning 
eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy 
transformatsiya 
jarayonlari 
(1991-1996-yillar)” 
kabi qator to‘plam va 
monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga 
oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin. Institutda xorij 
davlatlari bilan hamkorlikda ishlash yanada takomillashib borayotir. Bugun “Yangi 
va eng yangi tarix” bo‘limi xodimlarining ilmiy ishlanmalarini chet elda nashr 
etilgan yigirmadan ortiq monografiyada o‘qish imkonimiz bor ekanligi quvonarli. 


Bundan tashqari, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, 
Xitoy, Hindiston, Shveytsariya, Shvetsiya, Gollandiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 
Turkmaniston kabi davlatlar ilmiy nashrlarida yuzdan ortiq maqola chop etilgan. 
Bo‘lim xodimlari eng yangi tarixning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan va 
jahonning turli mamlakatlarida o‘tkazilgan o‘nlab nufuzli xalqaro konferensiyalarda 
faol 
qatnashib 
kelmoqda. 
Jamoamiz O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi, 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi bilan hamkorlikda ishlab, 
ularga doimiy amaliy ko‘mak berib kelmoqda. Shu bilan birga, institutimizning 
xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib 
borayotir. 
Bu kabi sa’y-harakatlar albatta e’tiborli. Lekin shu kungacha O‘zbekistonning 
eng yangi tarixini o‘rganish chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan emas. 
Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar to‘laqonli bajarilmaganligi 
sababli ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi 
mexanizmlari yetarli darajada faollashmadi. Kengashning ishchi organi – 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik 
markaz cheklangan imkoniyatlari sabab bu davr bo‘yicha mavjud adabiyotlarni 
qayta ko‘rib chiqishni talab darajasida amalga oshirmadi. Ayniqsa, O‘zbekiston 
tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganish va tahlil 
etish mohiyat jihatidan qoniqtirmaydi. Bundan tashqari, bizda, afsuski, 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan 
mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi 
olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular faoliyatini muvofiqlashtirish talab 
darajasida emasligi yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat 
vakillarining hamkorligisiz va birgalikda sarflanadigan kuch-g‘ayratisiz hozirgi 
zamon tarixining mazmunini tushunish murakkabligi barchaga ayon. Ana shunday 
bir paytda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi 
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori kengash va tarixchilarga muhim 


yo‘riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini qayta 
ko‘rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, monografiya 
va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini qo‘ymoqda. Mazkur 
qarorda belgilanganidek, institut va kengash a’zolari qator rejalar, amalga oshirilishi 
zarur bo‘lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, madaniyat
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan voqealar asosida 
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha kompleks yondashuvni 
ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi va hal qilinishi 
muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik arsenalining tanqidiy 
tahlili va tegishli tarzda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid turli voqealarni 
tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan barcha ilmiy yo‘nalishlarning nazariy salohiyati 
yangilanishi bilan bog‘liqdir. Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini 
o‘rganish va uni o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning 
zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa 
vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda 
faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning 
yaqin o‘tmishini tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom 
etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga, uni 
to‘laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani 
amalga oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir. 



Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish