Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

5.1.
 
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va
uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. 
Demokratiyaning eng muhim tamoyili odamlarning saylov 
huquqlarini amalga oshirish, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash 
uchun zarur huquqiy shart-sharoit, qonuniy asos yaratishdir. Shu 
bois mamlakatimizda mustaqillik yillarida xalqimizning o‘z hohish-irodasini erkin 
ifoda etishni ta’minlovchi saylov tizimini shakllantirish va uni qonun bilan 
mustahkamlash borasida talay ishlar qilindi.
1991-yil noyabrida Parlament “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
saylovi to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonun bilan birga Oliy Kengash 
1991-yilda “O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida”gi Qonunni ham 
qabul qildi. 1991-yil 29-dekabrida muqobillik asosida O‘zbekiston tarixida birinchi 
marta respublika prezidentligiga saylovlar o‘tkazildi. 
Konstitutsiyamiz asosida 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, 1994-yil 5-mayda qabul qilingan 
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, 
“Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun va nihoyat 
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlari 
o‘zbek saylov qonunchiligi tizimini huquqiy asoslarini tashkil qiladi. 
Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi alohida qonun qabul qilinganligi 
saylovlarni to‘g‘ri tashkil qilish, saylov qonunlarini to‘la ishlashiga imkoniyat 
yaratadi va qonunlarni nazorat qilishni kuchaytirishda hamda saylovlarni tashkil 


62 
etish va uni o‘tkazishda davlat hokimiyati organlarining ortiqcha aralashuvini 
cheklaydi. 
Saylov to‘g‘risidagi qonunlarni tahlil qilsak, unda jahon saylov tajribasida 
erishilgan eng demokratik tartiblarning huquqiy jihatdan mustahkamlanish bilan 
birga, O‘zbekiston saylov tizimiga xos bo‘lgan xususiyatlarning ham 
belgilanganligini ko‘ramiz. Bu O‘zbekiston saylov tizimigagina xos xususiyatdir. 
Saylov tizimini isloh qilish O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 
I.A.Karimovning “O‘zbekiston-kelajagi buyuk davlat” degan siyosiy dasturida 
asoslanib berilgan maqsad tomon harakatning yana bir muhim bosqichi, deb 
tushunmoq kerak. 
Bizning saylov qonunchiligimiz ko‘pgina xalqaro tashkilotlar, xorijiy 
davlatlar tomonidan o‘rganilmoqda. 
Xususan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining tegishli 
ekspertlari ham O‘zbekiston saylov qonunchiligi mohiyati demokratik ekanligini, 
uning saylovlarni tashkil etish sohasidagi xalqaro huquqni tan olingan 
tamoyillariga mos kelishini ta’kidlaydilar. 
Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi qoshidagi ilmiy-metodik 
kengash a’zolaridan biri: 
“Men keyingi yillar davomida O‘zbekistonda qabul qilingan saylov 
to‘g‘risidagi qonunlarni o‘rganib chiqdim. Shuni alohida ta’kidlashim lozimki, 
amaldagi saylov to‘g‘risidagi qonunlaringiz jahon andozalari darajasida ishlab 
chiqilgan bo‘lib, bu qonunlar amaliyoti o‘z oldiga huquqiy davlat barpo etishdek 
ulkan vazifa qo‘ygan davlat uchun tayanch bo‘la oladi”,-deydi. 
O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik, insonparvar fuqarolik 
jamiyatida fuqarolar o‘zlarining siyosiy huquqlari va erkinliklarini davlat va 
jamiyat ishlarini bajarish ularni idora etishda faol qatnashish orqali amalga 
oshirilmoqda. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga 
kelishi davlat hokimiyati oliy va mahalliy organlarining takomillashishida katta 
ahamiyat kasb etmoqda. Istiqlol yillari vujudga kelgan siyosiy partiyalar o‘z 


63 
faoliyatida o‘zbek xalqining eng yaxshi demokratik an’analariga, adolat, ezgulik, 
tenglik va inson erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlar hamda g‘oyalarga, axloqiy 
va odamiylik qoidalariga suyanadi. Ular o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” O‘zbekiston 
Respublikasi 1996-yil 26-dekabr qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, 
shuningdek o‘z dasturlariga asosan amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 60-moddasida siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi aniq va 
ravshan belgilab berilgan. 
Ko‘ppartiyaviylik demokratik taraqqiyot yo‘lida erishgan muhim 
yutuqlardan biridir. 
Birinchidan, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishida siyosiy partiyaning 
o‘rni va roli muntazam ravishda yoritib boradi; ikkinchidan, fuqarolik jamiyati 
asoslarini shakllantirish jarayonida O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining 
manfaatlarini ifoda etishda ko‘ppartiyaviylik tizimi muhim demokratik institut 
hisoblanadi; uchinchidan, davlat bosh islohotchi sifatida siyosiy partiyalarining 
faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega; to‘rtinchidan, siyosiy 
Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish