Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

Narxni erkinlashtirish.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq 
narxlar erkinlashtirildi. Bujarayon ijtimoiy larzalarsiz o'tdi. Negaki, davlat turli 
kompensatsiya jamg'armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish 
haqi, pensiya, nafaqalar vastipcndiyalar muntazam ravishda oshirib borildi. 
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujud-ga keltirish 
bilan bevosita bog'liq. 1992— yil avgust oyida O'zbekiston Respublikasining 
«Monopol faoliyatni cheklash to'g'risida»gi qonuni kuchga kirdi. Bu qonun asosida 
raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab 
chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vaziri tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-
navo siyosatini o'tkazish Bosh Boshqarmasi monopoliya mavqeyidagi korxonalarni 
belgilab, ularning mahsulotlari bo'yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib 
turibdi. 
Bozor infratuzilmashi.
Iqtisodiy islohotlarning muhim yo'naIishlandan bin 
bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat bo'ldi. 
Shu boisdan, respublikamizda bozor munosabatlarini shakllan,-tirish va 
rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo'g'inlari - turli 


86 
muassasalar, tashkilotlar va korxonalar raajmuasi yaratildi. Awalambor, ishlab 
chiqarishga xizmat qiiuvchi transport, aloqa, suv va energetika ta'minoti, yo'l va 
ombor xo'jaligi tuzilmalari yaratildi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun xizmat 
qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta 
auditorlik va konsalting firmalari, ko'plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik 
idoralari, reklama firmaiari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat 
muassasalari tashkil etildi. 
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida 
ahamiyatga ega. Shu boisdan, iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo'lgan axborotlar, 
xabarlar va ma'lumotlarni to'plovchi, umum-lashtiruvchi vositalar, firmaiar 
vujudga keldi. 
Xo'jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizniat 
qiluvchi infratuzilma - yangi banktizimi, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta 
kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg'armalari 
yaratildi. 
Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002— 
yilda 37 ta bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat ko'rsatdi. Banklarning 
17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o'rnatgan. 
Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat 
qiluvchi «Kafolat», «Agrosug'urta», «O'zbekinvest» kabi yirik sug'urta 
kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ko'plab xususiy sug'urta kompaniyalari, 
shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo'shma sug'urta 
kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko'rsatmoqda. 
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy 
muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o'zgarayotgan payt-da malakasiz 
kishilargina emas, ma'lum ixtisosga ega bo'lgan xodim-larga ham talab cheklanadi, 
ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko'payishiga yo'l 
qo'ymaslik tadbirlari ko'rildi. Respublika bo'yicha 225 dan ortiq mehnat birjasini 
o'z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil 
etildi. Ishsizlarni ro'yxatga olish, ularning kasbini o'zgartirish mexanizmi yaratildi, 


87 
ishsizlik bo'yicha nafaqa to'lash yo'lga qo'yildi. Yangi ish o'rinlarini tashkil etishga 
e'tibor berildi. 1993— yilda respublikada 185,1 ming yangi ish o'rinlari tashkil 
etilgan bo'lsa, 1998— yilda bu ko'rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta 
ko'p ish o'rinlari yaratildi. 2000— yilda faqat kichik va xususiy biznes rivoji 
hisobiga 192,5 ming yangi ish o'rinlari yaratilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2004— 
yilda 425 mingdan oshdi. 2006— yil 1-yanvarda iqtisodiyot sohasida band 
bo'lganlarning 77 foizi nodavlat sektor hissasiga to'g'ri keldi. 
Iqtisodiy islohotlar borasida qo'yilgan yana bir muhim qadam -1994 yil 1 
iyuldan milliy valyutamiz-so'mnmg muomalaga kiritilishi bo'ldi. Bu tadbir katta 
siyosiy ahamiyatga, e'tiborga molik, chunki o'z milliy valyutasiga ega bo'lmagan 
davlat chinakam tnustaqil bo'la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta 
qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga 
oshirib bordi. 2003 — yil 15 – oktabrdan boshlab so'm qisman 
konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko'tarildi.. 
Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy 
islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllandi. Ko'p ukladli 
iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa 
amalda ro'yobga chiqdi. 2004— yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning 
nodavlat sektori xususiy mulk egalari, fermer, shirkat va dehqon xo'jaliklari, 
aksiyadorlik jamiyatlari, qo'shma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, 
mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari ulushi 90,2 foizga yetdi. 
Davlat tasarrufidagi korxonalar ulushi esa 9,2 foizga tushdi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish