37
mathematics, physics, medicine, astronomy, geography, history, psychology,
pedagogy and natural science and their role in the history of world civilization.
Keywords:
Eastern Renaissance, cultural development, civilization, al-
Mamun, science, “Bayt al-Hikma”, “Mamun Academy”, encyclopedists,
observatories, mudaris, types of education, religious knowledge, secular
knowledge, “Fundamentals of Astronomy”, “Zij Mamuna”, “Seven climates”,
“Hajib”, “Alfraganus”, “The first Arab astronomer”, Regiomontanus,
Christopher Columbus, European scientists.
УДК 82
Tarixga
nazar tashlasak, ajdodlarimizdan bizga yuksak ma’rifat, ulkan
madaniy-ma’naviy meros qolganki, ular bugun ham beqiyos qadr-qimmatga ega.
[2] Ezgu maqsad va tafakkur bilan yashagan xalqimiz jahon taraqqiyotiga ulkan
hissa qо‘shgan. Sharq-u G‘arbni о‘zaro bog‘lagan, buyuk sivilizatsiyalar tutashgan
yurtimiz hududida ilm-fan, madaniyat azaldan rivojlangan.
Ma’lumki IX asrda Sharq mamlakatlarida boshlangan va madaniy xayotda
yuz bergan kо‘tarinkilik ma’naviy xayotda ham о‘zgarishlar bо‘lishiga olib keldi.
Ana shu kо‘tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va о‘rta sharqni qamrab
olganligi uchun xam Sharq Uygonish davri deb ataldi. [7.43.]
Bu uygonish
jarayoni IX asrlardan boshlanib XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Bu jarayonda arab xalqlari bilan birga Eron, Kavkazorti, Shimoliy Afrika,
Markaziy Osiyo olimlari ham ishtirok etdilar. Chunki Arab xalifaligida IX asrda
vujudga kelgan uygonish davri xalifaligning Bag‘dod, Damashk, Xalab
shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy xayotiga tarqaladi, bu esa u
davlatlarda xam madaniy rivojlanishga zamin tayyorlaydi va bu jarayonni boshlab
beradi.
Buni biz xalifa Xorun ar-Rashid va uning о‘g‘li al-Ma’mun
davrida
Bag‘dodda (813-833 yy) «Baytul xikma» («Donishmandlik uyi»), hozirgi davrda
Akademiya ma’nosida tashkil etilganidan ham bilsak bо‘ladi. “Mazkur Akademiya
barcha ilm sohiblari tо‘plangan markazga aylanadi. Uning qoshida jahon
kutubxonasi tashkil etilgan, rasadxona ham bо‘lgan, keyinchalik yangi kutubxona
qurilgan. Bag‘doddagi mazkur ilm markazi, о‘z navbatida Sharq va G‘arbda ilm-
fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy xayotning rivojlanishiga ta’sir etgan”. [9.64]
Bu о‘rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida kо‘rsatgan homiyligini
alohida ta’kidlash joiz.
Zero, xalifa al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida
xalifalikning Xurosondagi noibi bо‘lib turganda
ham Movarounnaxr va
Xurosondagi olimlarni tо‘plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular
orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javxariy, al-Farg‘oniy, al-Marvaziy kabi
vatandosh olimlarning barchasini Bag‘dodga chaqirib oladi va «Baytul xikma»
donishmandlik uyi («Ma’mun akademiyasi»)da arab
olimlari bilan xamkorlikda
38
ilm-fan ravnaq topadi. Shuni ta’kidlash joizki, Sharq uyg‘onish davri madaniy
rivojlanishida ilm-fan shartli ravishda uch yо‘nalishda rivojlanganini kо‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: