-^9
t x a n d i l a
F E R G H A N A
T i ll *
*p e B A C T R E S
•
«
rm az
9 T a k h t - I- S a n g ln
E S
•
У
• K u m lu l
S u r k h K o t a l
¥ •
O U N D H A R A
Baqtriya-yunon bosqinidan keyin
Iskandar So‘g ‘diyonadagi qaqshatqich muvaffaqiyatsizlikdan
keyin ona yurtidan qo‘shimcha madad kuchi sifatida 22 ming nafar
yunon askarlarining yetib kelishini kutdi.
Mil.avv. 328-yilning erta bahorida Iskandar veteran qo‘shini
va yangi kelgan kuchlari vositasida Baqtriyani butkul zabt etishga
yana urinib ko‘rdi. Xavfning kengayib borishi Iskandaming yorqin
strategiyalar orqali katta muvaffaqiyat qozonishiga bo'lgan umidini
chippakka chiqardi. Q o‘zg‘olonchilami yo‘q qilish maqsadida bir
joy dan boshqa joyga ко‘chib yurgan uning ulkan qo‘shini Markaziy
Osiyoda maqsadsiz harakat qilardi.
Qo‘zg‘olonlami bostirish maqsadida Iskandar o ‘z kuchlarini
bir necha qismga taqsimladi. Oks daryosining janubida joylashgan
Baqtriyani boshqarish maqsadida Iskandar o ‘z harbiy qo‘mondoni
Krater boshchiligida qo‘shin qoldirdi. So‘g ‘diyonaga qarshi yurish-
da esa qo‘shinni Iskandaming o ‘zi boshqardi9.
Kurashdan
charchagan
mahalliy
aristokratiya
vakillari
Spitamenni xoinlarcha o ‘ldirib, boshini Iskandarga yubordilar.
Aksiart yetakchiligidagi Baqtriya mahalliy aristokratiyasi Iskandar
hokimiyatini tan oldilar.
Mil.avv. IV asrda Makedoniyalik Iskandar bilan janglarda
baqtriyaliklami o ‘z satrapi qo‘shinga boshchilik qilgan. Iskandar
Baqtriyada satraplikni butunlay tugatgan emas. Sug‘diyona egallan-
gach, Baqtriyaga 10 ming kishilik piyoda va 3500 suvoriydan iborat
katta qo‘shin bilan makedoniyalik Aminta ismli odamni hokim qilib
qoldiradi.
Makedoniyalik Iskandar davrida bosib olingan 0 ‘rta Osiyo va
A fg‘oniston hududlarida harbiy manzilgohlar va shaharlar: polislar,
urbislar, oppida, koloniyalar tashkil etilgan edi.
Mill.avv. 327-325 va 323-yillarda Baqtriya va Sug‘diyonada
q o ‘zg‘olonlar bo‘lib o ‘tdi. Diadoxlar tomonidan qo‘zg‘olonlar
bostirilgach, o ‘sha hududlardagi barcha harbiy kuchlar qirib tash-
langan.
9
Tanner, S. Afghanistan. A Military History from Alexander the Great to the
Fall of the Taliban. - Cambridge (Massachusetts): Da Capo Press, 2003. - P. 47.
Makedoniyalik Iskandar Hindiston safari oldidan 30 ming nafar
cronliklami o ‘z qo‘shini tarkibiga kiritish va ularga jang san’atini,
yunon tilini o‘rgatishga buyruq bergan.
Nihoyat Iskandar Hindiston yo‘nalishi bo ‘ylab yurishni maqsad
qildi. Hindistonga yurishning dastlabki bosqichida yunonlar va
mukedoniyaliklar qish faslida Hindikush tog‘ini kesib o ‘tishdi va
bunda juda katta qiyinchiliklarga duch kelishdi. Iskandar o ‘z ha-
yotining ancha qismini Fors saltanatining boshqa qismlariga qara-
gunda So‘g ‘diyona va Baqtriyani zabt etish bilan o ‘tkazdi. Biroq,
bu kurash hali yakunlamagan edi. Baqtriya urushini tugatish uchun
Iskandar zamonaviy Kobul shahrining sharqiy chegaralarini bosib
olishi zarur edi.
Mil.avv. 329-yilda Iskandar hozirgi A fg‘onistondagi Bag-
rom shahri yaqinida o‘z nomi bilan ataluvchi yana bir Iskandariya
shahriga asos soldi va bu shahar uning Hindistonga yurishi yo‘lida
tayanch baza vazifasini o ‘tashi lozim edi.
Iskandar afg‘on zaminini vodiyma vodiy kezib zamonaviy
Afg'oniston-Pokiston chegaralaridan o ‘tdi va Federal M a’muriy
Qabilalar Hududi va Pokistonning Shimoli-G‘arbiy Chegara
Viloyati hududlarigacha kirib bordi.
Buyuk Iskandar shundan so‘ng boshqa hech qachon Afg'oniston
zuminiga oyoq bosa olmadi. U Hindistonning m a’lum qismini zabt
ctgach, Bobilga qaytib ketdi va bu shahami ulkan saltanatining
poytaxti sifatida e ’lon qilib, shu shaharda yashadi.
Mil.avv. 323-yilning 10-iyunida Iskandar Bobilda 33 yoshida
va lot etdi. Uning oMimidan so‘ng, Iskandaming ulkan saltanati uch
qismga - Yunoniston, Misr va Sharqdagi katta hududlami o'zida
mujassam etgan Suriyaga boMinib ketdi.
Uzoq kurashlardan so‘ng Iskandaming mohir lashkarboshi-
laridan biri bo'lgan Salavk I Nikanor mil.avv. 312-yilda hozirgi
■
Afg'oniston, Markaziy Osiyo, Eron, Iroq va Suriya hududlarini o 'z
ichiga oluvchi ulkan davlat hukmdoriga aylandi10. Ushbu davlat
10
Runion, M.L. The History of Afghanistan. - London: Greenwood Press,
2007.
P. 41.
hududlari ham ulkan bo ‘lganligi sababli Salavk sharqiy hududlami
boshqarish uchun o‘g ‘li Antioxni noib etib tayinlaydi. Antioxning
onasi mahalliy aholi orasidan bo ‘lib, hozirgi Afg'oniston hududida
tug‘ilgan edi.
Yunon muarrixlari Salavk I va Antioxlar Afg'oniston
hududlariga juda katta e ’tibor berganliklarini yozadilar. Ular davrida
75 ta shahar qurilganligi manbalarda qayd etiladi. Bu shaharlar
Salavkiya, Antioxiya va boshqa nomlar bilan atalgan.
Strabon bergan m a’lumotlarga qaraganda Antiox M arg'iyonada
o‘z nomiga qurdirgan shahar - Antioxiyani ko‘chmanchilaming
tinimsiz hujumidan himoya qilish maqsadida Murg‘ob vohasi
atrofini 250 km.li devor bilan o ‘rab olishga ko‘rsatma beradi. Ammo
ko‘chmanchilaming hujumlari bu bilan to‘xtamagan. Ular u yoki bu
shahar devor lari ostida yoki ekinzor dalalar hamda voha bog‘larida
kutilmaganda paydo b o ‘lar va yana tezda ko‘zdan g ‘oyib bo ‘lar
edilar. Ana shunday og‘ir bir vaziyatda Salavk I Hindistonga qarshi
urush boshlaydi. Bu urush uning mag'lubiyati bilan yakunlanadi.
Natijada Salavkiylaming Afg‘onistondagi obro‘siga putur yetadi,
ularga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlanadi. Salavkiylar og‘ir ahvolga
tushib qoladilar. Antiox Baqtriyadagi mahalliy aslzodalarga bir
qadar yon bosib og‘ir vaziyatning oldini oladi.
Antiox Baqtriyada saltanatning sharqiy viloyatlari uchun o ‘z
pullarini zarb etishga kirishadi. Antiox nomi bilan Baqtriyada pul
zarb etilishi uning mustaqil davlat siyosatini olib borayotganligini
ko‘rsatar edi. Baqtriyada Salavk I ning o ‘g‘li Antiox otasining
maqsadlarini amalga oshirish uchun mamlakatni taxminan mil.avv.
293-yildan 281-yilgacha boshqardi.
Miloddan avvalgi 280-yilda Salavk I vafot etadi. Otasi vafot
etgandan keyin esa Antiox ulkan saltanatning hukmdoriga aylandi.
Ana shu davrdan boshlab sharqiy viloyatlar Antiox I faoliyatidan
chetda qoladi. Chunki G ‘arbiy viloyatlardagi harbiy vaziyat uning
qo‘shin bilan birga bo ‘lishini taqozo etar edi. Ayni paytda G'arbiy
viloyatlarda ham vaziyat ko‘ngildagidek emas edi. Xullas, Salavk I
vafotidan so‘ng davlatning zaminiga putur yetadi.
,,
Antiox I ning vorislari Antiox II (261-246) va uning o ‘g‘li
Salavka II (246-225), uning o ‘g ‘li Salavka III (225-223) davrida
mamlakatda tarqoqlik jarayoni kuchaydi. Ushbu hukmdorlar Aha
moniylar va Iskandar tuzgan satrapliklarga tayangan holda hozirgi
Suriya hududidan turib mamlakatni idora qilishdi. Bizga m a’lumki,
Sulavkiylar Baqtriyada ham satrapliklami saqlab qolishdi.
Mil.avv. 250-yilda Salavkiylar imperiyasidan Yunon-Baqtriya
vu Parfiya davlatlari ajralib chiqishdi.
Baqtriya hukmdorlari faqatgina mil.avv. Ill asming o ‘rtalariga
kclibgina hozirgi Afg‘oniston hududida mustaqil davlat tuzdilar.
Bundan oldin Ahamoniylar davrida Bess o ‘zini shoh Artakserks deb
o'lon qilishi ortidan Makedoniyalik Iskandar davridagi mustaqillik-
kn intilish harakatlari ko‘zga tashlangan edi. Biroq Yunon-Baqtriya
Nhohligi Diodot I davriga kelibgina, Salavkiylarga qarshi kurashlar
nalijasida mustaqillikka erishdi.
Mil.avv. 250-yilda Diodot Afg'oniston hududidagi Baqtriya
vlloyatida boshqaruvini o ‘z q'oMiga oldi va uni Salavkiylar imperi-
yHNidan mustaqil deb e ’lon qildi. Afg'oniston tarixidagi qisqa vaqt
mobaynida Baqtriya mustaqil, ellinistik davlat sifatida taraqqiy
etdi. Yunon-Baqtriya davlati boshqaruvi haliyam yunonlar qo‘lida
bo'lganligi, biroq davlatning o ‘zi Baqtriya hududida b o ‘lganligi
boiw duvlat nomi Yunon-Baqtriya deb ataladi.
Yunon-Baqtriyaning mustaqillik uchun kurashi bilan bir vaqtda
Hozirgi I iron hududida ham mustaqillikka bo‘lgan kurash boshlanib
kddi va bu yerda ham Salavkiylardan o ‘zini mustaqil deb e ’lon
(|llgun Parfiya davlati vujudga keldi. Parfiya davlati Seiston viloyati
Do'stlaringiz bilan baham: |