66
Незомноме-йе Асоси-йе Доулат-е Олийа-йе Афгонестон (Афгонистон
Олий давлатининг асосий тартиблари). 1923 йил 9 апрель. http://www.
afghan-web.com/history/const/constl923.html
ravishda tartibga solinishi muhim voqea bo‘ldi. Asossiz tarzda
yig‘ib olinadigan bir qator soliq yig‘imlari, jumladan “davlat
amaldorlarining xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtida ichadigan
choyi va iste’mol qiladigan shirinliklari uchun yig‘iladigan soliq”,
“boqiyat - yuqori martabali amaldorlar va ulaming vorislari
tomonidan davlatdan olingan mablag‘laridan voz kechish” kabi
xalqning noroziligini keltirib chiqaruvchi hamda davlat g‘aznasiga
zarar keltimvchi soliq va to‘lovlar bekor qilindi.
Iqtisodiy islohotlar jarayonida amalga oshirilgan eng ta’sirli is-
lohot bu qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlardan olinadigan
soliqqa oid bo‘lib, yangi o ‘matilgan tartibga ko‘ra endilikda soliq
mahsulot-natura shaklida emas, balki naqd pul shaklida olinadigan
boMdi. Bunday tartib mahsulotni yetishtirgan oddiy dehqonda
birmuncha jiddiy muammolaming kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Chunki, oddiy dehqon endi mahsulotini sotib pul qilishi uchun
bozorga chiqishi, bozorda band bo‘lgan chog‘ida esa ekin-tikinga
qarashdek qimmatli vaqtidan ajralib qolishi, bu esa yakuniy hosilga
salbiy ta’sir qilishi mumkin edi. Shuningdek, dehqonlarda pulga
ehtiyojning ortishi qishloq joylarida mahsulotlami arzon-garovga
xarid qilib oluvchi chayqovchilar qatlamini yuzaga keltirdi.
1923-yilda qabul qilingan “Davlat yerlarini sotish to‘g‘risida”gi
Qonunga ko‘ra, har bir fuqaro xohlaganicha davlat ixtiyorida
boMgan yerni xarid qilib olish imkoniyati yaratildi. Qayd etish joiz-
ki, Omonullaxonning bobosi Abdurahmon va otasi Habibullaxon
hukmronligi davrlarida ham yer davlat mulki hisoblanib, uni so
tish taqiqlangan edi. 1923-yilda A fg‘onistonda yangi valuta
muomalaga kiritildi va u “afg‘oniy” deb atala boshlandi. Afg‘on
valutasi ichki hamda tashqi savdoning o ‘sishiga turtki berdi va
tezda Britaniya Hindistoni bilan boMadigan savdo munosabatlarida
ham o ‘z o ‘miga ega boMdi.
Amir Omonullaxonning Afg‘onistonda amalga oshirmoqchi
boMgan keng koMamli islohotlaridan yana biri - harbiy sohaga te-
gishli boMib, bu yo‘nalishda islohotni amalga oshirishda afg‘on
amaldorlari ikki guruhga boMinib ketadilar. Birinchi guruh
tarafdorlari afg‘on armiyasini Usmonli turklar armiyasi andozasida
yangidan barpo etish tarafdori bo'lishsa, o ‘sha paytda Harbiy vazir
Iavozimida faoliyat yuritgan Muhammad Nodirxon yetakchiligidagi
ikkinchi guruh vakillari esa an’anaviy tarzda afg‘on qabilalaridan
yig‘ilib kelgan tartib - “hasht nafari”, y a’ni qabilalardagi har sakkiz
nafar erkakdan bir nafari armiyaga jalb etilishi tartibini saqlab qo-
lishni yoqlab chiqishadi.
Harbiy islohotni amalga oshirishdagi yuqoridagi kabi bo‘linish
oqibatida armiya yanada parokanda holiga keldi va bu 1924-yilda
Xostda ro‘y bergan qo‘zg‘olonni bostirish chog‘ida yaqqol
namoyon bo‘ldi. 0 ‘sha paytdagi Harbiy vazir M.Nodirxon esa
Omonullaxonning armiyani turklar andozasi bo‘yicha qayta tashkil
qilishga bo‘lgan rag‘batini ko‘rgach, o ‘z lavozimidan iste’foga
chiqadi va Afg‘onistonning Fransiyadagi elchisi lavozimiga
tayinlanib mamlakatni tark etadi.
Bu davrda A fg‘onistonda amalga oshirilgan islohotlardan
eng samaralilaridan biri sifatida ta ’lim va m aorif sohasida amalga
oshirilgan islohotni ta ’kidlab o ‘tish joizdir. Hokimiyatga kelgan
dastlabki vaqtidanoq Omonullaxon ta ’limga alohida e ’tibor
qaratadi. A fg‘on yoshlariga zamonaviy bilim lardan ta ’lim berish
uchun chet ellardan - Turkiya, M isr va Fransiyadan bir necha
o ‘qituvchilar tak lif etildi. Kobulda faoliyat ko'rsatib kelayotgan
amir Habibullaxon sharafiga “Habibiya” deb ataluvchi litsey bilan
bir qatorda, “O m oniya” deb ataluvchi ta ’lim maktabi ham barpo
etildi (Amir Omonullaxon hukm ronligiga barham berilgach,
“Omoniya” maktabining nomi “ Istiqlol” deb o'zgartirildi).
Shuningdek, ingliz va nemis tillarida ta ’lim beruvchi hamda
xotin-qizlar uchun alohida “M alalay” deb ataluvchi litseylar ham
ochildi.
Afg‘onistonda shu davrdan boshlab boshlang‘ich va o‘rta ta’lim
olish bepul ekanligi belgilab qo‘yildi. Bu davrda afg‘on matbuoti
ham birmuncha rivojlandi va 1925-yilda qabul qilingan “Matbuot
to‘g‘risida”gi Qonun ham bunga birmuncha turtki berdi. 0 ‘tgan asr
20-yillarida Afg‘onistonda “Omon-i Afg‘on” (“A fg‘on tinchligi”,
muharriri Mahmud Tarziy), “Anis” (“D o‘st”, muharriri G ‘ulom
Muhiuddin Anis) va shu kabi gazetalar chop etilar edi67.
Omonullaxon Afg'onistonda kuchli ta ’sir va obro‘-e’tiborga
ega bo‘lgan islom dini peshvolari, yetakchilari va ruhoniylar bilan
kelishmovchilikka boradi. Amirning o ‘z fuqarolari ustidan aynan
din ruhoniylari boshqaruvini cheklash bo ‘yicha olib borgan ulkan
sa’y-harakatlari hech qanday samara bermaydi, balki amir bilan din
vakillari o ‘rtasiga sovuqchilik tushishiga olib keldi. Shundan kelib
chiqib, Omonullaxonning din va davlat ishlarini ajratishga b o ‘lgan
intilishlari ham besamar ketdi.
Omonullaxonning din vakillariga nisbatan bunday munosabati
natij asida 1924-yil boshida Xostda markaziy hokimiyatga qarshi xalq
qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Ushbu qo‘zg‘olonga Abdulla (laqabi “Mulla-
ye Lang” - “Oqsoq Mulla”) va Abdurashid ismli mahalliy mullalar
boshchilik qilishdi. Ushbu mullalaming da’vati bilan mangal, vazir
va momand qabilalari Omonullaxonning islohotlaridan norozi bo‘-
lib bosh ko‘tarishdi. Amir ushbu mullalami mavjud muammolami
muhokama qilish uchun Kobulga taklif etgan bo ‘Isa ham, ular ushbu
taklifni rad etib qo‘zg ‘olonni davom ettirishdi. Hukumat tomonidan
jo ‘natilgan qo‘shin qo‘zg‘olonni bostira olmadi.
Shundan so‘ng amir tomonida bo ‘lgan yetakchi diniy ulamo va
ruhoniylaming o ‘rtaga tushib, vaziyatni yumshatishga qilgan sa’y-
harakatlari birmuncha samara berdi. Shuningdek, diniy masalalar
bilan bog‘liq muammolami 1924-yilning yozida Kobul yaqinidagi
Pagman shahrida o‘tkazilgan Loyya Jirg‘ada muhokama qilinishi
va tegishli qarorga kelinishi ham qo‘zg‘olonchilami birmuncha
vaziyatni yumshatishga undadi. Mazkur Loyya Jirg‘ada kelishilgan
qarorga ko ‘ra, Omonullaxon konservativ mhda bo‘lgan hamda
o ‘tkazilayotgan islohotlarga qarshi bo ‘lgan diniy ruhoniylaming
talablarini inobatga olishga majbur b o ‘ldi.
1925-yil boshida bir qator kuchli sa’y-harakatlardan so‘ng
Omonullaxon Xostdagi qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |