A fg i oniston arab xalifaligi tarkibida
IX asrga kelib ham Xuroson hududida hali ham arablar
hukmronligi davom etardi. Ammo ushbu hududda mustaqil
markazlashgan davlat barpo etishga bo'lgan intilishlar kuchayib
bordi. Bunday harakatlar arab istilochilarini har doim tahlika va
qo‘rquv ostida saqlab turdi. Arablar joylardagi hatto o'zlaridan
chiqqan hukmdorlarga ham shubha bilan qarar va ishonmas edilar.
Arablaming
Xurosondagi
boshqaruviga
chek
qo‘yish
tarafdorlaridan biri Xolid ibn Barmoq edi. Arablar bosqinining
dastlabki bosqichida ularga xizmat qilgan
Barmoqiylar
Xuro-
sonni idora qilish bilangina cheklanib qolmadilar. Ulaming ta’siri
markaziy arab xalifaligida ham kuchli bo‘lgan. Abbosiylar hukm
ronlik qilgan davrda qariyb ellik yil mobaynida davlatni idora
qilishning mas’ul lavozimlari Balxdan chiqqan Barmoqiylaming
qo‘lida bo‘lgan. Abbosiylar bunday mas’uliyatli lavozimlami
barmoqiylar qo‘liga berishga majbur bo‘lsalar-da, biroq ulaming
kuchayib borayotganligidan qo‘rqar edilar.
786-809-yillarda xalifalik qilgan Xorun ar-Rashidning
barmoqiylar xonadoniga qaqshatqich zarba berganligi buning isbo-
tidir. Xorun Ar-Rashid barmoqiylarga qarshi kurashda hatto o‘ziga
yaqin bo‘lgan qishloqlar aholisini ham qirib tashlagan edi. Natijada
Xurosonda Barmoqiylar o‘miga hokimiyat tepasiga
Tohiriylar
keladi.
Tohiriylar ham Xurosonning yirik oqsuyak yer egalaridan
bo‘lib, bu sulolaning asoschisi Tohir ibn Husayn edi. Bu sulola asli
Hirot viloyatining Bushang shahridan edi. Kuchli lashkarboshilik
qobiliyatiga ega Tohir ibn Husayn 809-813-yillarda Xorun ar-
Rashidning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida hokimiyat
uchun bolgan kurashda Ma’mun tomonida bo‘ldi hamda unga
Bag‘dodni va xalifalik taxtini egallashda yordam berdi.
813-yilda Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach, Tohir ibn Husayn
katta hurmat va e’tiborga loyiq, nufuzli kishi bo‘lib qoldi. 821-yilda
u Xurosonning noibi etib tayinlandi. Uning qarorgohi Nishopur
shahrida edi.
Arab xalifaligi tarkibidagi eng katta viloyatlardan bo‘lmish
Xuroson viloyatining noibi bo‘lib olgach, Tohir o‘z qo‘l ostidagi
katta mulkni mustaqil davlatga aylantirish uchun ochiqdan-ochiq
harakatni boshlab yubordi. U noiblikka tayinlangan kundan bir
yil o‘tar-o‘tmas, jom e’ masjidida o‘qiladigan juma nomozidagi
xutbadan xalifa nomini chiqarib tashlashga buyruq berdi. Bu o‘sha
davr uchun xalifaga qarshi ko‘tarilgan isyon bilan teng edi. Bu
voqeadan ko‘p vaqt o‘tmay Tohir ibn Husayn to‘satdan vafot etdi.
Shundan keyin Tohiming har bir qadamini kuzatib yurgan
xalifa uni zaharlab o‘ldirgan degan gap tarqaldi. Xalifa bunday
mayda-chuyda gaplarga asos qoldirmaslik maqsadida Xuroson noib-
ligi taxtiga Tohir ibn Husaynning o‘g‘illari Talxa va Abulabbos
Abdullohni navbat bilan noiblikka tayinladi va shundan so‘ng
Tohiriylar sulolasiga asos solindi.
Abulabbos Abdulloh noibligi davrida (830-844) Xuroson arab
xalifaligiga rasman qaram - vassal bo‘lsa-da, amalda mustaqil
davlatga aylanib poytaxtni Marvdan Nishopurga ko‘chirdi. Buning
asosiy sabablaridan biri sifatida xalifalik hukmronligini xavf ostida
qoldirgan va tez-tez ko‘tarilib turadigan xalq qo‘zg‘olonlari edi.
Ana shunday qo‘zg‘olonlardan biri 806-yilda isyonkor arab
lashkarboshisi Rofi’ ibn Lays boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Xalifa-
likni zirqiratgan ushbu qo‘zg‘olon Movarounnahr va Xuroson
hududlarini qamrab oldi. Qo‘zg‘olonchilar Muqanna boshchiligida
769-783-yillarda bo‘lib o‘tgan isyon an’analarini davom ettirishdi.
Ushbu qo‘zg‘olonni har galgidek turklar yana qo‘llab-quvvatladilar.
Qo‘zg‘olonchilar Samarqandni egalladilar. Xalifa Ma’mun bu
harakatning xalifalik uchun o‘ta xavfli ekanligidan tashvishda edi va
uni bostirish uchun turli vositalami ishga soldi. Nihoyat qo‘zg‘olon
810-yilda bostirildi. Uni bostirishda Somon ibn Asad hamda uning
o‘g‘illari Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyoslar katta hissa qo‘shdilar.
Ular aslida Balx viloyatining Somon qishlog‘i oqsoqoli Somon Xu-
dotning avlodlari boMganlar.
Somoniylar xonadoni Balx xalqidan bo‘lib, zardushtiylik
diniga mansub edilar. Bu xonadonning ulug‘i bo'lgan Somonxudot
Balxning hokimi edi. Arablardan Xuroson hokimi etib tayinlangan
Asad VIII asming o‘rtalarida Somon bilan do‘st tutindi va So
mon islom diniga kirib, o‘z o‘g‘liga Asad ismini qo‘ydi. Ana shu
Asadning o‘g‘illari mashhur shaxslar bo‘lib yetishdilar va IX asrda
Abbosiy Ma’mun hukmronligi davrida Movarounnahr va Hirotning
mahalliy hukumatlarini boshqardilar.
819-820-yillarda arab xalifasi Ma’mun Somon ibn Asad va
uning farzandlari xizmatlari evaziga Nuh ibn Asadni Samarqandga,
Ahmad ibn Asadni Farg‘onaga, Yahyoni Shosh va Ustrushonaga,
Ilyosni esa Hirotga noib etib tayinladi. Shu tariqa Movarounnahr va
Xurosonning bir qismida Somoniylar sulolasi qaror topdi. Albatta
bu yerda Tohir ibn Husaynning Somon ibn Asad o‘g‘illarini yaxshi
bilganligi va ularga xayrixohlik qilgani ham katta rol o‘ynagan. So
mon hali Marvda noib bo‘lib turgan paytida Tohir ibn Husayn va
xalifa Ma’munningdiqqatinio‘zigatortgan edi. Somon Ma’munning
ta’sirida otashparastlik dinidan chiqib, islom dinini qabul qilgan edi.
IX asming o‘rtalariga kelib Movarounnahming deyarli barcha
hududi Ahmad va uning o‘g‘illari ta’siri doirasiga kirdi. Bu ishga
Xurosonda hukmronlik qilayotgan Tohiriylar sulolasi vakili Tohir
ibn Abdulla (844-862) qarshilik qilmadi. Chunki endi
Do'stlaringiz bilan baham: |