AFG‘ONISTON MO‘G‘ULLAR BOSQINI DAVRIDA
1219-yilning oxirlarida Chingizxon Xorazmshoh Muhammad-
ga qarshi urush harakatlarini boshlaydi. Bu paytda Chingizxon
lashkarlarining umumiy soni to‘g‘risida adabiyotlarda turlicha
raqamlar keltiriladi. Jumladan, tarixchi A.R.Muhammadjonov
“Chingizxonning jam i askari 200 mingdan oshmas edi”, desa,
M.Ivanin: “...Muhammadga hujum boshlashdan aw al Chingizxon
ning qo‘shini 250 ming nafar jangchidan oshishi mumkin emas edi”
deydi. Ba’zan esa hatto 600 ming raqami ham uchraydi, ammo bu
raqam haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Chingizxonga uyg‘ur xoni Ediqut ham qo‘shiladi. Chingiz
xon Irtish qirg‘oqlaridan to Sayxun sohillarigacha bo‘lgan harakati
davomida hech qanday qarshilikka duch kelmaydi. Hujumning
dastlabki zarbasi 0 ‘trorga qarshi qaratiladi. Shu yerda Chingizxon
o‘z lashkarlarini to‘rt qismga bo‘ladi va Movarounnahr hamda
Xorazmni tezroq zabt etish maqsadida ulami to‘rt yo‘nalish bo‘yi-
cha yalpi hujumga tashlaydi.
1220-yilda Chingizxon Samarqandni qo‘lga kiritish uchun bu-
tun vujudi bilan qamal qilib jang qilayotgan vaqtda Xorazmshoh
Muhammad batamom umidsizlikka tushib, davlat va xalq
manfaatlaridan umuman uzoqlashib, faqat o‘z jonini qanday qilib
bo‘lsa-da, saqlab qolishni o‘ylar edi.
Xorazmshoh Muhammad o‘z vazirlari va lashkarboshilari bilan
davlatni halokatdan qutqarish choralari to‘g‘risida maslahatlashadi.
Tajribali va tadbirkor jangchilar hozir Movarounnahmi himoya
qilish payti emasligini aytib, Xuroson va Iroqni himoya qilishga
asosiy diqqatni qaratish lozimligini maslahat beradilar. Boshqa
birlari esa Xorazmshohlaming qolgan barcha qo‘shinini G ‘aznada
to‘plab shu yerda dushmanga qarshi jang qilish va agar zaruriyat
bo‘lib qolsa, Hindistonda yashirinishni taklif qiladilar. Iroqlik bir
vazir esa Iroqi Ajam yurtiga chekinishni maqsadga muvofiq deb
m a’qullaydi. Xorazmshoh Muhammadga so‘nggi taklif ma’qul
tushadi va u Iroqqa yurishga qaror qiladi.
Xorazmshohning katta o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi otasi bilan
birga edi. U barcha harbiy kuchlami to‘plab Jayhun daryosi bo‘yini
himoya qilishni va dushmanni daryoning chap sohili, ya’ni hozir-
gi Afg‘oniston va Turkmaniston hududiga o‘tkazmaslik bo‘yicha
maslahat beradi. Biroq Muhammad Iroq tomon chekinishga
qat’iy qaror qilgach, Jaloliddin otasining qarorini inkor etib yurt-
ni dushmandan himoya qilish zarurligini ta’kidlaydi. Ammo bu
gaplar Xorazmshoh qulog‘iga kirgan ham emas. U o‘z bilganidan
qolmaydi.
Xorazmshoh Muhammad Buxoro va Samarqandning dushman
tomonidan zabt etilganligini Balxda eshitadi. Uni battar vahima
bosadi. Xorazmshohning qo‘shinlari asosan turk va turkmanlardan
tashkil topgan, boshliqlari o‘z onasi Turkon xotunning odamlaridan
iborat edi. Ular o‘z sultonlariga qarshi suiqasd uyushtiradilar. Buni
sezib qolgan Muhammad kechasi yotar joyini o‘zgartirib boshqa
chodirga kirib yotadi. Ertalab turib qarasa, u yotishi kerak bo‘lgan
chodir o‘qlar bilan ilma-teshik qilib tashlangan. Dahshatga tushgan
Xorazmshoh shoshilinch suratda Nishopur sari otlanadi. U yerda
ko‘p vaqt o‘tmasdan ov qilishni bahona qilib Iroqqa jo ‘naydi.
Xorazmshoh Muhammadni ta’qib qilib kelayotgan Jebe va
Subutoy Termiz yonida ko‘priksiz va kemasiz Jayhun daryosini ke-
chib o‘tadilar va tezda Balx orqali Nishopurga yetib keladilar.
1220-yilning yozida Xorazmshoh Nishopurdan Qazvin
shahriga o‘tadi. Bu yerda 30 ming lashkar to‘plangan bo‘lishiga
qaramay mo‘g‘ullarga qarshi turishga ju r’at qila olmaydi.
Qazvindan u Bag‘dod, G ‘ilon va Kaspiy dengizi qirg‘oqlari
bo‘ylab Mozandaronga yuradi. Xorazmshoh bu shaharda turib
Mozandaron viloyatining savdo-sotiq shahri Astrobod va asosiy
shaharlardan bo‘lgan Amoyni mo‘g‘ullar bosib olgani va talon-
taroj qilganligidan xabar topadi. Chorasiz qolgan va baxti qaro
Xorazmshoh Muhammad viloyat amirlari maslahatiga ko‘ra Kaspiy
dengizining Obeskun oroliga borib yashirinadi va u shu yerda 1221-
yil fevralida vafot etadi.
Yozma manbalaming guvohlik berishicha, Xorazmshoh o‘limi
oldidan Xorazm saltanatini faqat sulton Jaloliddin saqlab qola
olishiga nihoyat ko‘zi yetadi hamda to‘ng‘ich o‘g‘lining beliga
qilich taqib, Jaloliddinni taxt vorisi va valiahd deb e ’lon qiladi.
Qolgan farzandlariga Jaloliddinning izmidan chiqmaslikni vasiyat
qiladi.
Chingizxon Movarounnahr va Xorazmni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-
da, sulton Jaloliddin hayot ekan tinchlik yo‘q edi. Go‘yo uning
toju-taxtining shavkati va borligi, istiqboldagi muvaffaqiyati-yu,
o‘zining ham taqdiri sulton Jaloliddin qo‘lida-yu, uning ixtiyorida.
Ayniqsa, 1221-yilda Jaloliddinning mo‘g‘ullar ustidan Niso, Nisho-
pur va G ‘azna atroflarida qozongan g‘alabalari Chingizxon oromini
buzmoqda edi19.
1221-yilning bahorida Sulton Jaloliddin G‘aznaga yetib
kelganda Xorazmshohning tarqalib ketgan qo‘shinlari uning
atrofida to‘planadilar20. Chingizxonning kenja o‘g‘li Tuluxondan
mag‘lubiyatga uchrab G‘azna tomon ehekingan Hirot kuchlari
ham Jaloliddinning kuchlariga qo‘shiladilar. Qabaqliyon qavmidan
bo‘lgan 40 ming qo‘shin Xorazmdan yetib keladi. Xullas,
dushmanga qarshi tura oladigan katta kuch to‘planadi. Jaloliddin
bu kuchlar bilan G‘aznaga yaqin bo‘lgan Valiyon qal’asi atrofida
Chingizxonning Bekchak va Timkur ismli lashkarboshilari boshliq
qo‘shinini yakson qiladi. Dushman to‘qqiz ming jangchisidan judo
bo‘lib juda ko‘p o‘lja, boyliklami tashlab qochadi. Chingizxon bu
19 Tanner, S. Afghanistan. A Military History from Alexander the Great to the
Fall of the Taliban. - Cambridge (Massachusetts): Da Capo Press, 2003. - P. 93-97.
20 Sykes P. A History of Afghanistan. Vol. 1. - London: Macmillan & Co.
Ltd, 1 940.-P. 223.
shum xabami Taluqonda turganida eshitadi va Jaloliddinni tezda
daf qilish uchun eng ishonchli va dongdor lashkarboshisi Qayqur
nuyon boshchiligida 30 ming kishilik qo‘shinni yuboradi.
Ikki o‘rtadagi jang 1221-yilning yozida Parvona dashtida
bo‘ladi. Jaloliddin janglar tarixida birinchi marta mo‘g‘ullarga
qarshi kurashda yangi taktik usulni qo‘llaydi, ya’ni jangchilarga
otdan tushib, jilovlami bellariga bog‘lashni va kamon bilan jang qi-
lishni buyuradi. Tun qorong‘usiga qadar davom etgan jangda ikki to-
monning birortasiga ham zafar kulib boqmaydi. Ertasi kuni Qayqur
nuyon harbiy hiyla ishlatmoqchi bo‘ladi. U dushmanni yangi
qo‘shinlar kelib qo‘shildi, deb ishontirish maqsadida kigiznamat va
choponlar orasiga poxol xashaklar solib sun’iy boshlar yasab, ulami
otlar ustiga o‘tqizib qo‘yadi. “Soxtajangchilar”ni tuyalar karvoni va
aravalar orasiga joylaydilar. Bu hiyla Jaloliddin askarlarini dastlab
ancha dovdiratib qo‘yadi. Ulaming ba’zilari hatto chekinishga
maslahat ham beradilar. Ammo sulton og‘ir va bosiqlik bilan
awalgi kundagi taktika asosida otdan tushib kurashni davom et-
tirishni tavsiya qiladi. Dushmanning bir necha hujumi qaytarilgach,
sulton buyrug‘i asosida chalingan kamay sadolari ostida Jaloliddin
askarlari otlarga minib, shovqin-suronlar bilan mo‘g‘ullar ustiga
tashlanadilar. Dushman tilka-pora qilinadi va juda katta talafot
ko‘radi. Qayqur nuyon ozgina qo‘shin bilan Chingizxon huzuriga
kirib boradi. Bu xabami eshitgan Chingizxon dahshatga tushadi. U
shu zahotiyoq o‘zining barcha kuchlarini jamlab, sulton Jaloliddinni
daf qilish maqsadida shaxsan o‘zi otlanadi.
Parvona dashtidagi g‘alaba sulton Jaloliddinga qimmatga
tushadi. Mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonilgandan so‘ng qo‘lga
kiritilgan o‘ljani taqsimlash paytida nizo kelib chiqadi. 0 ‘ljaga
tushgan bir arabi ot uchun Xorazmshohning mo‘tabar amirlaridan
Sayfiddin 0 ‘g‘roq bilan Hazora maligi Amin Malik janjallashib
qoladilar. Qizishib ketgan Amin Malik tortishuv paytida
0 ‘g‘roqning boshiga qamchi bilan tushiradi. Sulton Jaloliddin
bu nizoni bartaraf qilmaydi. Xafa bo‘lgan Sayfiddin 0 ‘g‘roq 30
ming askari bilan ketib qoladi. Qabakli turkman va xalaj sipohlari
ham sultondan yuz o‘giradilar. Natijada Jaloliddinning qo‘shinlari
yarmiga kamayib kuchsizlanib qoladi.
Chingizxon ikki o‘rtadagi masofani juda tez fursatda bosib o‘tib
G‘aznaga yetib keladi va Jaloliddinni 1221-yilning kuzida ta’qib
qila boshlaydi. Jaloliddin Chingizxonning ko‘p sonli qo‘shinlariga
qarshi tura olmasligini payqab, avval G ‘aznaga, so‘ngra Sind (Hind)
daryosiga chekinadi. Chingizxon Sind daryosiga yaqinlashganda
Jaloliddinning keyingi kuni daryoni kechib o‘tmoqchi ekanligini
eshitib shu kechaning o‘zidayoq daryoning kechuv yo‘lini to‘sadi.
U sulton qo‘shinining orqadagi qismiga yetib olib uni tor-mor qiladi.
1221-yil 9-dekabrda Jaloliddinning yarim oy shaklida joy-
lashtirilgan hamda qanotlari bilan Sind daryosiga tiralgan oz sonli
qo‘shinini o‘rab oladi. Sulton Jaloliddin uchun hech bir tomondan
chiqib ketishning iloji yo‘q edi va u noiloj jangga kirishdi.
Chingizxon Jaloliddinni tiriklayin qo‘lga olishga farmon beradi.
Xorazm bahodiri yetti yuzta mard yigitlari bilan jang maydoni
o‘rtasida arslonlardek jon berib jon olardi. Ammo Chingizxon
lashkari hisobsiz edi. Uning jang maydonidagi asosiy kuchlari
parokanda bo‘lish arafasida turgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming
nafar saralangan lashkar jang oqibatini Chingizxon foydasiga hal
qiladi. Sulton Jaloliddin vaziyatning g‘oyat og‘ir va mushkulligini
hisobga olib, rafiqasi, onasi va farzandlarining dushman qo‘liga
tushishini istamay ulami Sind daryosiga cho‘ktiradi. Chunki o‘sha
kuni mo‘g‘ullar Jaloliddinning qo‘lga tushirilgan yetti yoshli
o‘g‘lining yuragini tiriklayin sug'urib olgan edilar.
Jaloliddinning o‘zi esa qora to‘riq otiga minib, so‘nggi bora
mo‘g‘ullarga hamla qilib, so‘ng oti jilovini orqaga tortadi. Sovutini
yelkadan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan
o‘zini Sind daryosiga otadi. Jaloliddin daryoning narigi sohiliga
o‘tib oladi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Daryo qirg‘og‘iga kelib bu
voqeani kuzatib turgan Chingizxon taajjub va hayratdan yoqasini
ushlaydi va “Otadan dunyoda hali bunday o‘g‘il tug‘ilmagan. U
sahroda sher kabi g‘olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi
botir”.
Dushmandan omon-eson qutulgan Jaloliddin o‘zining oz
sonli askari bilan Shimoliy Hindistonning bir chekkasiga o‘tib
omonatgina jon saqlashga majbur bo‘lgan edi. Bundan xabar
topgan Shatra viloyatining podshosi chaqirilmagan mehmonlar-
ning og‘ir ahvolidan foydalanib, ulami daf qilmoqchi bo‘ladi va
hujum uyushtiradi. Ahvolining tangligini hisobga olgan Jaloliddin
tavakkal qilib Shatra podshosini yakkama-yakka jangga chorlaydi.
Bu jangda g‘alabaga erishgan sultonga Shatra podshosining mingta
otliq va besh mingta yaxshi qurollangan jangchilari taslim bo‘ladilar
va uning tomoniga o‘tadilar. Bu muvaffaqiyatdan so‘ng tevarak-
atrofdagi yangi-yangi kuchlar Jaloliddinga kelib qo‘shiladilar.
Hindiston shimolida o‘z davlatini barpo etgan musulmon
lashkarboshisi Shamsiddin Eltutmish ham umumiy dushman -
mo‘g‘ullarga qarshi kurashmoq maqsadida 30 ming nafar otliq va
100 ming nafar piyoda askarlarini olib Jaloliddin huzuriga keladi.
Shamsiddin Eltutmish ixtiyorida 300 ta fil ham bor edi. Shu tariqa
Jaloliddin Hindiston shimolida katta davlat barpo etadi, o‘z nomidan
kumush va tilla tangalar zarb ettiradi hamda bir qator islohotlami
amalga oshiradi. Shundan keyin Kavkaz va Iraq hududlarida
mo‘g‘ullarga qarshi qattiq kurash olib borgan Jaloliddin bu yerlarda
ham kuchli davlat barpo etadi va uning davlati 1231-yilgacha, ya’ni
Jaloliddinning fojiali o‘limiga qadar mavjud bo‘ldi.
Mo‘g‘ullar bosqini davrida boshqa joylarda bo‘lgani kabi
Afg‘oniston hududi ham butkul vayron etildi. Xo‘jalik hayoti,
savdo-sotiq va madaniyat tamomila inqirozga uchradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |