A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

PANOYAN 
_ ШЛ1
_ _
KINGDOM C H 0 L A S
Kushon imperiyasi hududi


Miloddan avvalgi II asrdan boshlab Afg'oniston hududiga 
bostirib kirgan ko‘chmanchi qabilalar orasidan yirik birlashma 
sifatida yue-chjilami ko‘rsatib o ‘tish mumkin. Xitoy manbalarida 
yue-chji nomi bilan mashhur b o ‘lgan ushbu qabilalar Afg'oniston 
hududidan o'zlari uchun qulay yaylovlar va keng qir-adir hamda 
dalalami topishdi.
Taxminan mil. aw . 130-yildan so‘ng Baqtriya hududiga ko‘chib 
kelgan hamda beshta tarmoqqa bo ‘linib ketgan yue-chji qabilalari 
orasidan Guyshuan qabilasi qo‘l ostida boshqa qabilalar ham bir- 
lashtirildi. Barpo etilgan yangi davlat yue-chji qabilalari orasidan 
yetakchi qabila bo‘lmish Guyshuan qabilasiga nisbat berilib, Ku­
shon nomini oldi. Kudzula Kadfiz Kushon sulolasi asoschisi bo‘lib, 
u bir necha qabilalar o‘rtasidagi mustahkam ittifoqning yuzaga 
kelishiga munosib hissa qo‘shdi.
Yue-chji qabilalariga Afg‘oniston hududida o ‘zaro urush olib 
borish taqiqlangan edi. Kushon davlati hukmdorlari o ‘z yerlarini 
kengaytirish siyosatini olib bordilar va parfiyaliklar tomoni­
dan boshqarib kelingan Seyistonni (hozirgi Eron va A fg‘oniston 
o ‘rtasidagi chegara hudud) va Qandahor shahri atroflarini o‘z 
mulklariga qo‘shib oldilar.
Kushon davlati hukmdorlarining dastlabki qarorgohi Baqtriya 
shimolidagi Dalvarzin qal’asi (Surxondaryo viloyati)da joylashgan 
edi. Keyinchalik Kushon hukmdorlarining olib borgan bosqinchilik 
urushlari natijasida hozirgi Afg'oniston hududi, Pokiston hududi va 
Hindistonning m a’lum bir qismi zabt etildi. Bunday ulkan davlat- 
ning poytaxti sifatida Taksila shahri (hozirgi Peshovar) tanlandi.
Milodiy I asr davomida Parfiya imperiyasidan va hozirgi 
Eron hududidagi saklar ittifoqi tomonidan berilgan jiddiy harbiy 
zarbalarga bardosh bergan Kushonlar o ‘z davlati chegaralarini 
mustahkamlab oldi.
M ilodiy II asr boshlarida Kushon davlati podsho Kanishka 
(m ilodiy 78-123-yillar) hukm ronligi davrida o ‘z qudratining 
cho‘qqisiga erishdi. D avlat hududlarini kengaytirish siyosatini 
olib borgan K anishka hind zam iniga yurishlari davomida


buddaviylik dini bilan tanishadi va ushbu dinni o ‘z davlati d i m
sifatida e ’lon qiladi.
Milodiy III asrga kelib Kushonlar Eron forslarining Sosorjjy. 
lar sulolasi tomonidan ancha kuchsizlantirildi va Kushon d av latig a 
tegishli ko‘pgina hududlar Sosoniylar tomonidan tortib olindi. S o- 
soniylar sulolasi asoschisi Ardasher I (224-241) Parfiya davlatini 
milodiy 224-yilda qulatdi. Ardasher g‘arbiy va shimoliy Afg‘o n isto n
hududlarini o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi.
Kanishka boshqaruvi davrida Kushon davlati hududida o ‘z a ro
tovar aylanmasi o ‘sdi va chet mamlakatlar bilan savdo-sotiq 
ishlarini olib borish rivojlandi. Bu davrda Buyuk Ipak y o ‘li gullab- 
yashnadi va Kushon davlati tranzit savdodan juda katta foyda o la r 
edi. Xususan, Xitoy hamda Hindistonda ishlab chiqarilgan m ah - 
sulotlaming Yevropaga yetkazilishida va aksincha Rim im periya_ 
si hududida ishlab chiqarilgan mahsulotlaming Xitoyga yetka^ib 
berilishida Kushon davlatining vositachilik о ‘m i benihoya katta 
bo‘lgan edi. Rim imperiyasidan qimmatbaho metallar (Suriya Va 
Misrda ishlab chiqarilgan), jun va surp matolar, shisha mahsulotlar 
va vino Sharq mamlakatlariga yetkazib berilgan bo‘lsa, Xitoyning 
ipak mahsulotlari, Baqtriyaning uchqur otlari va Badaxshonning 
bir qator qimmatbaho tosh (la’l, marjon, qahrabo hamda dur)l^ri 
xalqaro savdo-sotiqda qadrlanar edi.
Hindistondan paxta hamda nil bo‘yog‘i, dorivor o ‘simliklar, 
marvarid va yarim nodir toshlar, Kashmir juni, po‘lat qilichlar va 
m o‘yna keltirilgan bo‘lsa, Sibir va Manjuriyadan m o‘yna, ot va 
chorva mollari olib kelingan.
Hozirgi Afg‘onistondagi Bagrom shahri Kanishkaning yoz- 
gi qarorgohi bo ‘lib, Kushon hukmdori o ‘zining ulkan saltana% i 
shu yerdan turib boshqarishni m a’qul ko‘rgan. Bu yerdan 

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish